Mavzu: O‘SIMLIKLARNI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH USULLARI.
Topshiriq. Bug‘doy namunalarining qorakuya kasalligi bilan kasallanishini tahlil qilish.
Zarur jixoz va materiallar. Bug‘doy, arpa, so‘li o‘simliklarining qorakuyali infeksion muhitlarda o‘stirilgan turli navlarining namuna bog‘lari, namunalarni o‘rash uchun qog‘oz, etiketka uchun qog‘oxz, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynachalar.
Topshiriqning qisqacha mazmuni.Har bir bug‘doy namuna bog‘lari alohida ko‘rib chiqilib, ularning boshog‘ini qattiq qorakuya kasalligi bilan kasallanish darajasi hisoblanadi; hisoblash natijasiga asosan navlarning chidamlilik darajasi aniqlanadi; kasallik qo‘zg‘atuvchisintng turini aniqlash uchun zamburug‘ teleytosporalaridan preparat tayyorlab, mikroskopda ko‘rish.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Bug‘doy, namuna, bog‘lar, etiketkadagi yozuvlar asosida ishchi daftarga namunaning raqami, navning nomi, tajribaning qaytariq raqami va yig‘ishtirib olingan vaqti yoziladi.
Bog‘langan ip echib olinib, namunadagi o‘simliklar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Sog‘lom o‘simliklar;
Poyasi qattiq qorakuya bilan kasallangan o‘simliklar;
Poyasi chang qorakuya bilan kasallangan o‘simliklar.
Har bir guruhdagi namunalar sanab chiqilib, ish daftarga yoziladi va o‘simlik namunalari alohida-alohida qaytadan bog‘lanadi. Navlarning qattiq qorakuya kasalligi bilan kasallanish darajasi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
R = __n_
N
Bunda: R- kasllikning tarqalishi;
N - namuna bog‘larining umumiy soni;
n - bog‘lardagi kasallangan o‘simliklar soni.
Olingan ma’lumotlar 13-jadvalni to‘ldiriShda foydalaniladi.
17-jadval.
Bug‘doy navlarining qattiq qorakuya kasalligiga c hidamliligini aniqlash natijalari.
Tamaki va tomat navlari
|
Belgilarning namoyon bo‘liShi
|
Chidamlilik darajasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |