Gurux immuniteti
|
|
|
Ba’zi tur va navlarning ko‘p patogenlarga chidamliligi
| | |
Generativ yadro
|
-
|
Chang donachasining yadrosidan mitoz yo‘li bilan hosil bo‘ladigan ikkita yadroning biri, u qo‘sh urug‘lanishni ta’minlaydi
|
Genom
|
-
|
Xromosomalarning bir hissalik (gaploid) yig‘indisi, har bir somatik (tana) hujayrada ikkita genom bo‘ladi. Biri organizmning onasidan, ikkinchisi otasidan olingan. Poliploid organizmlarning hujayrasida bir necha genom bo‘ladi
|
Genotip
|
-
|
organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarini rivojlantiradigan genlarning yig‘indisi
|
Geterozigota
|
|
irsiyati har xil bo‘lgan gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan zigota
|
Geterozis
|
-
|
birinchi bo‘g‘in (F1) duragayining ota va ona organizmlarga nisbatan kuchli, hayotchan va mahsuldor bo‘liShi
|
Gomozigota
|
-
|
irsiyati bir xil (o‘xshash) bo‘lgan gametalarning qo‘shilishi-dan hosil bo‘ladigan zigota
|
|