Ahamiyati, maqsad va vazifalari



Yüklə 234,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.10.2023
ölçüsü234,91 Kb.
#156470
  1   2
boshlang ich sinflarda matematika fanini o qitishning ahamiyati



BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING 
AHAMIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Shahlola Choriyevna Mirzoyeva 
Buxoro viloyati, Romitan tumani, 22-maktab 
 
Annotatsiya:
Bugungi kunda o‘quvchilarda hisob-kitob ko’nikmalarini 
shakllantirish, ularni kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni 
davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini 
shakllantirish va rivojlantirish boshlang’ich ta’limdagi matematika fani 
o’qituvchilarining asosiy vazifalardan biridir. Shu bois, ushbu maqola boshlang’ich 
sinf o’quvchilariga matematika fanini o’qitishning ahamiyati, maqsad va vazifalariga 
bag’ishlangan.
Kalit so’zlar:
intellekt, tartib-intizom, fanlar integratsiyasi, umumiy 
kompetensiya, kognitiv kompetensiya.
 
IMPORTANCE, GOALS AND OBJECTIVES OF TEACHING 
MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS 
 
Shakhlola Chorievna Mirzoyeva 
School №22, Romitan district, Bukhara region 
 
Abstract:
Begin today to form and develop a system of mathematical 
knowledge and skills necessary for the formation of calculation skills in students, 
their application in daily activities, the study of sciences and the continuation of 
education is one of the main tasks of mathematics teachers in internal education. 
Therefore, this article is devoted to the importance, goals and objectives of teaching 
mathematics to primary school students. 
Keywords:
intelligence, discipline, integration of sciences, general competence, 
cognitive competence. 
 
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich 
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. 
Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari 
birlashadi. 
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi 
bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy va 
o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda 
shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o‘qitiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
347


Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining 
mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning tuzilishi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega: 
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar 
arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik 
kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan qo‘shib 
o‘qitiladi. 
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni 
raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish 
o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali 
sonlar ichida. 
Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va 
geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi. 
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarakterga ega. 
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish kursda o‘zaro 
bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. 
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, 
keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish, keyin amal 
natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi. 
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda berilgan. 
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan. 
Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan, arifmetik, 
algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni . 
Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi 
saqlanadi. 
Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik, 
minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta 
guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash 
vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan. 
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir 
vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar ochib 
beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi 
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik 
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi. 
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan 
o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi 
tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
348


1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 2<3, 6+1>5, 8-
3< 8-2 va hokazo) qaraladi. 
Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni 
chuqurroq ochib berishga yordam beradi. 
2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi. 
Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra amallarning natijalari 
bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. 
O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvurlarini 
egallashlariga imkon beradi. 
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, 
ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, 
bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to‘g‘ri 
to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan ko‘paytirishning 
o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...). 
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularning 
elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan. 
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli 
qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va 
siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va 
umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab 
olishlari kerak. 

Yüklə 234,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin