Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qoʻllaniladi.

Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga maʼlum bir belgilar yordamida belgilangan tartib boʻyicha oʻtkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, yaʼni maʼlumotlarni maxsus algoritm boʻyicha oʻzgartirib, shifrlangan matnni yaratish yoʻli bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga toʻsiq qoʻyish usuliga aytiladi.
3. Kriptografik axborot xavfsizligi usullarini qo`llash
Kriptografiya atamasi dastlab yashirish, yozuvni berkitib qoʻymoq maʼnosini bildirgan. hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, yaʼni diskda saqlanadigan sonlar koʻrinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar koʻrinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Boshlangʻich axborotga taʼsirni koʻrinishi boʻyicha kriptografik oʻzgartirishni quyidagi usullari mavjud: shifrlash, stenografiya, kodlash, zichlashtirish.
Shifrlash jarayoni boshlangʻich axborot ustida orqaga qaytadigan matematik, mantiqiy, kombinatorlik va boshqa oʻzgartirishlarni oʻtkazishdir, buning natijasida shifrlangan axborot harflarning, raqamlarning, boshqa belgilarning va ikkilik kodlarining tartibsiz toʻplami koʻrinishiga egadir.

Axborotni shifrlash uchun oʻzgartirish algoritmi va kalit ishlatiladi. Odatda, maʼlum bir shifrlash algoritmi uchun oʻzgartirish algoritmi oʻzgarmas hisoblanadi. Shifrlash algoritmi uchun boshlangʻich qiymatlar boʻlib shifrlash uchun axborot va shifrlash kaliti xizmat qiladi. Kalit boshqaruvchi axborotni oʻz ichiga oladi, u shifrlash algoritmini amalga oshirishda ishlatiladigan operandlar kattaliklarini va algoritmning maʼlum qadamlarida oʻzgartirishlarni tanlashni aniqlaydi.