Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifasi


I.2 Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə5/9
tarix04.10.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#152040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifasi-hozir.org

I.2 Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifalari
Tarbiyaning asosiy vazifasiyosh avlodni xalqning hayotini yaxshilashga, Vatanining gullab-yashnashiga sarflashni biladigan, istaydigan a’zolari qilib tayyorlashdir.Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun shaxsdagi rivojlanish mohiyatini tushunish, uning bilish va aloqa boshlash faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlashi zarur. Tarbiyachi shaxsni rivojlantiruvchi eng muhim omilni ham bilishi, stixiyali ta’sir ko’rsatayotgan faktorlarni bartaraf etishi, shaxsda dunyoqarashni shakllantirish, uning o’sishi va rivojlanishining muayyan yosh bosqichlariga oid tarbiya qonunlarini aniqlashi kerak. Tarbiyaning shaxsni rivojlantirishdagi roli to’g’risida turli xil nuqtai nazarlar bo’lganligi Kasbiy pedagogika fanining taraqqiyoti tarixidan ma’lumdir. Kasbiy pedagogika tarbiya omiliga aktiv rol ajratadi va shaxsning jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik rivojlanishiga to’g’ri tashkil etilgan tarbiyagina yordam beradi. Shu bilan birga tarbiyaga ikki yoqlama jarayon deb qaraladi, unda faqat katta yoshdagilar emas, balki kattalar tajribasini o’zlashtiruvchi shaxslar ham aktiv rol o’ynaydilar.Tarbiyaviy ishda talabaning kuchi va qobiliyatlarini hisobga olmaslik kabi jiddiy kamchilik ham uchrab turadi. Har bir shaxsning o’z ehtiyoj va qiziqishlari bor. U aqlli tarbiyachining izidan borishi yoki belgilangan yo’nalishdaaktiv harakat qilishi, ba’zan esa tarbiyachiga e’tiroz bildirishi, kattalar bilan turli xil aloqada bo’lishi yoki boshqalarga qo’shilmay, passiv holda yurishi mumkin. Tarbiyalanuvchi o’z rivojlanishining ob’ekti va sub’ekti sifatida harakat qilganda bu jarayon eng muvaffaqiyatli boradi. Shu bilan birga shaxsning aktivligi, tashabbuskorligi, mustaqilligi ancha oshadi va uning o’zini o’zi tarbiyalashida namoyon bo’ladi.Kasbiy pedagogika fanining asoschisi YA.A. Komenskiy: «Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o’rgangani singari, o’z oldiga insonnini barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday xislatlargaega ekanligini bilishi kerak» - degan edi. Albatta pedagog qaysi fandan dars bersa o’sha fanni talabalarning shu fanni to’g’ri o’zlashtirishlariga yordam beradigan uslublarni yaxshi bilishlari lozim. Ammo talabaning ehtiyojlari, qobiliyatlari qiziqishlari va ularning chin ko’ngildan xohlab chidam va matonat bilan o’qishga tayyormi-yo’qmi ekanligini hisobga olinmasa, o’qish qoniqarli natija bermaydi, pedagogning mehnati og’ir kechadi. Shaxsning fikrlash qobiliyati va xarakter hususiyatlarini nazarda tutgan holdaolib borilgan ta’lim talabalarni bilim olishga rag’batlantiradi, o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, pedagog va talabalar faoliyatini zavqli ijodiy ishga aylantiradi.
Masalan, pedagog tarbiyalanuvchiga biror bir vazifani topshirdi. O’z navbatida bu vazifani bajarish uchun ko’rsatmalar beradi. Bu ko’rsatmalar va tushuntirish maxsus holda metodik usul sifatida namoyon bo’ladi. Tarbiya usullari va vositalari o’zaro mustahkam bog’liqdir. Tarbiya usullari shaxsga ta’sir ko’rsatishdan iborat emas. Tarbiya ikki tomonlama jarayon bo’lib pedagog tarbiyachi faoliyati bilan talaba faoliyatini birlashtiradi.Talabalarning tarbiyaviy ta’sirga faol tayyor bo’lishiga erishish uchun buni muayyan sharoitga qo’yish, uning faol faoliyatini tashkiletish lozim. U yoki bu tarbiyaviy vazifalarni hal etishning muvofiq tashkil etilgan me­todik yo’llari tarbiya vositalari deb yuritiladi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan vositalar bunda televidenie, radio, kitoblar shaxslar jalb qilinadigan faoliyat turlari tarbiya vositalari bo’la oladi.Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o’yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to’garaqlari tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni hal etish uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish kerak. Tarbiya natijasining samarali bo’lishi tarbiyaviy jarayonnitashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularni qo’shib olib borishga bog’liq.Tarbiya usulini tadbiq etish muayyan yoshdagi shaxs faoliyatiga mos kelsa muvaffaqiyatli bo’ladi. Tarbiyaning umumiy usullari asosan 4 gruppaga bo’linadi.
1. Ijtimoiy ongni shakllantirish usuli.
2. Ijtimoiy ahloqni shakllantirish usuli.
3. Rag’batlantirish usuli.
4. O’z-o’zini tarbiyalash.Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari -talabalarning ongli, his tuyg’usi va irodasiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish usullarini umuman shaxs ongiga ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi.Ijtimoiy ongni shakllantirish usullaritushuntirish, suhbat va o’rnak ko’rsatishqismlardan iboratdir.Tushuntirish- talabalarda e’tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan usulidir. Tushuntirish usulidan ko’zlangan maqsad shaxsga hatti-harakatlar, voqealar va hodisalarga u yoki bu talablarning ma’naviy, estetik, mazmunini ochib berish, unga hulq atvorga va insoniy munosabatlarga to’g’ri baho berishni shakllantirishda ko’maqlashishdan iboratdir.Hikoya va suhbatpedagogning jonli so’zi asosida shaxsni g’oyaviy va ma’naviy shakllantirishning ta’sirchan usuli hisoblanadi. Hikoya qilinadigan mavzu talabalar uchun dolzarb, shaxslarni ma’naviy ishonch, ijobiy his tuyg’ular vujudga keltirishga olib kelishi kerak. Masalan, pedagog boshqa guruh jamoasi metallom yig’ishda yordam berganligini maroq bilan gapirib bersa, buning samaradorligi talabalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar talabalar “Biz ham metallom terishda yordam beramiz”-degan umumiy istak bildirsa, demak, pedagogning hikoyasi shaxslar ongiga etib borgan va bunga javoban biron maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatishga tayyorgarlik tuyg’usini keltirib chiqaradi.Suhbat xilma-xilmavzularda olib boriladi, masalan etika- estetika mavzusida ya’ni insonni yurish-turishi, atrofdagi voqealar, hulqatvor, go’zalligi, davlatning ichki va tashqi siyosati, bilim olishi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish va boshqa mavzularda olib boriladi. Suhbat vaqtida talabalar passiv tinglovchilar emas, balki muhokama qilayotgan faol ishtirokchilarga aylanadi. Suhbat vaqtida pedagog, tarbiyachilar tarbiyalanuvlarni tajribasiga, ularning bilimigatayanishi lozim. O’tkazilayotgan suhbat talaba uchun ahamiyatliligini hisobga olish zarurdir. Yangi materiallarni tanlash, tarbiyalanuvchini o’ylashga, mazkur masala bo’yicha o’z bilimlarini orttirishga yordam beradi. Pedagogning o’ziqanchalik kam gapirsa, talabalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi.Suhbat natijasida qabul qilingan ahloqiy me’yor keyinchalik talabalar hulq atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Va keyingi davrga mo’ljallangan o’z hulq atvorini kuzatishlar bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar berish imkoniyati tug’iladi.Tarbiyalanuvchi xayotiy faoliyatga intilar ekan, kattalar hurmat qiladigan kishilarni o’ziga namuna qilib oladi, ularga taqlid qiladi. Taqlid qilishga moyillik ko’p sabablar bilan izohlanadi. CHunonchi, tarbiyalanuvchilarning hayotiy tajribasi hali kam, barqaror hulq atvor ko’nikmasi yo’qligidadir. Tarbiyalanuvchilarning aktivligi taqlid xarakteriga ega. Talaba kattalar tarjibasini o’zlashtira borar ekan, ko’pincha o’zi hurmat qiladigan, o’ziga yoqtiradigan kishilarning hulqatvori obrazlarida foydalanadi, ulardan nusxa ko’chiradi. Taqlid ularda bir muncha tanlash xarakteriga ega. Ularni boshqa kishilarning xarakteridagi ma’lum xislatlar jalb qiladi.Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namunalar yordamida kengayib boradi. Taqlid qilish uchun ijobiy namunalar tanlashda ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy omillarning ahamiyati kattadir. Tarbiyalanuvchilar va o’smirlarning taqlid qilishga moyilligi ko’pincha salbiy odatlarni ham o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba’zan tarbiyalanuvchilarni O’quv muassasasi tartibini buzuvchilar, ularning qo’polligi soxta jasurligi jalb qiladi. Ota onalar va pedagoglar farzandiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan o’rtoqlari bilan aloqa qilishinita’qiqlasa bu aksincha tarbiyalanuvchining haligi tarbiyalanuvchi bilan birga bo’lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi yomon ta’sirga ijobiy namunani qarama-qarshi qo’yish, oilada va O’quv muassasasida faoliyatni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat unga zerikarli, mazmunsiz, majburiy bir narsa bo’lib tuyulmasin.Tarbiyalanuvchi bo’ladigan muhitga ham imkoni boricha ijobiy ta’sir ko’rsatmog’i zarur.Tarbiyada taqlid qilish va nusxa ko’chirish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Har bir shaxsning o’ziga xos tarzda alohida takrorlanmaydigan shaxs bo’lib uyg’onishiga erishmoq kerak. Namuna onglilikni, ijobiy faollik va mustaqillikni rag’batlantirib turgandagina bunga erishsa bo’ladi. Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun oilada ota-ona, aka-uka, sevimli pedagog namuna bo’la olishi mumkin.Rag’batlantirishuslubi biron-bir omilning tarbiyalanuvchiga ta’sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-harakatlarini aktivlashtirish maqsadida qo’llaniladi.Rag’batlantirish harakat qilishga ilhomlantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ishlarning formasi har qaysi tarbiyalanuvchining hususiyatiga qarab o’zgaradi. Istiqbolga doir talablar tarbiyalanuvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Istiqbolni qo’yish har xil insonning ulg’ayishiuchun ham, jamoa uchun ham muhimdir. Rag’batlantirish usullari orasida musobaqa katta o’rin tutadi. O’quv muassasasi hayotida musobaqa ishlarini ommaviylashtirish muhimdir. Musobaqaning mohiyati qoloqlarniilg’orlar darajasida etkazish ishning umumiy yuksalishiga erishishdir. Musobaqa har bir talabaning imkoniyatlarini ko’ra olish va baholashda olg’a harakat qilishda, kuch etadigan istiqbolni belgilashda iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi.Rag’batlantirish talabaga shunday ta’sir ko’rsatsinki, bunda tarbiyachi alohida bir talabaning xatti-harakatiga, xulq-atvoriga ijobiy baho bera olsin. Jamoa talablarining bajarilishini rag’batlantirishi uchun asos deb hisoblash kerak. Rag’batlantirish insonga yashayotgan va ishlayotgan jamoaning undan mamnunligini ko’rsatadi. Jamoa to’g’ri xulq–atvor ko’nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko’nikmalariga barham berishi mumkin. Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining takomillashuviga, xulq atvor va xatti–harakat bobida qanday yo’l tutish keraqligini anglab olishga imkon beradi.Talabani qanday va nima bilan rag’batlantirishni pedagog bilmog’i lozim.Masalan, o’quv yili oxirida yakun yasaladi va baholash nimaga asoslanishi kerak, o’qish natijasigami, yoki talabaning o’quv mehnatiga, munosabatigami?Istiqbolni tasvirlash talaba faoliyatini rag’batlantiradi, bu narsa quvonch bilan kutish kayfiyatini oshirib, qo’ygan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga beradi.Istiqbolni tasvirlash har bir tarbiyalanuvchining rivojlanishi uchun ham, jamoa uchun ham zarur.Maqtovrag’batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyachining alohida olingan shaxs hususiyatlariga ijobiy baho berishidir. Talaba tarbiyalanishida maqtovning o’rni muhimdir. Maqtov shaxsni ijobiy xislatlarini tarkib topishga yordam beradi. Lekin maqtov ham talaba xissiyotlari rivojlanishi tezlashtirib yuboradi,unda manmanlik, xotirjamlik tuyg’ularini keltirib chiqaradi.Jazolash usuliJamoa talabaning ahloqidan uning ishga munosabatidan, muomalasidan mamnun bo’lmasa, shaxsning o’z hulqini tuzatib olishda yordam ko’rsatish uchun jazo usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham talabaning o’zini noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi.Tarbiyalanuvchilarni yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda jazolash ham me’yor darajasida bo’lishi shart. CHunki buning natijasida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning bir qator usullarini ishlab chiqilishi lozim.14O’z-o’zini tarbiyalash usullariTarbiya jarayonida talaba o’z-o’zini tarbiyalashi, ya’ni o’z ustida ishlash, aktiv ish olib borsagina tarbiyani samarali deb aytish mumkin.Talaba o’z-o’zini tarbiyalash borasida istiqbolini yaratishga intilishi, hayotda ma’lum mustaqillikka intilishda namoyon bo’ladi. O’z-o’zini tarbiyalash oilada va O’quv muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning ta’siri ostida ro’y beradi. O’z-o’zini tarbiyalash jamoadagi shaxslarda faolroq amalga oshishimumkinligi ularda iroda, tirishqoqlik intizomni tarbiyalaydi. O’z-o’zini tarbiyalash shaxslarning o’z oldida muayyan vazifa qo’ya olishini, uni bajarishida ichki ishtiyoq bilan bajarish jarayonida shu vazifani bajarishi mumkinligini anglashni, nima qilganligi haqidahisobot berilishini nazorat qilishni va to’plangan vazifalarning aniq natijalariga baho berishni o’z ichiga oladi. O’z-o’zinitarbiyalash shaxsiy majburiyat, o’z ishi haqida hisobotlarni tahlil qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’ziga baho berish usullariga bo’linadi.5.Tarbiya turlariHar bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, inson tarbiyasining hamo’ziga xos bir qator muhim tamoyillari, qonun-qoidalari mavjud, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi:Tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilar:*.tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;*.tarbiyaning hayot, mehnat bilan O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanishi;*.shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;*.tarbiyada shaxsni hurmat qilish va unga talabchanlik;*.tarbiyaviy ishlarning izchilligi,muntazamligi hamda birligi;*.tarbiyada shaxsning yoshi va o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olish kabilardir.YUqoridagi tamoyillar va qonun va qoidalargaamal qilib, yangi ijodiy uslublarni qo’llab, rivojlantirib tarbiyaviy jarayonni tashkil etish maqsadga erishishning eng samarali yo’lidir.Aqliy tarbiyaBozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o’rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o’zi etarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, hulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni hamfaol qo’llash lozim bo’ladi. Bularning hammasidars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to’g’ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni to’g’ritashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo’lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o’quvchilarda aqliy mehnatni to’g’ri tashkil etish, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish, malakasini hosil bo’lishiga ko’maqlashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish hususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o’tkazish kabi malakalarni o’stiradi.Aqliy tarbiyasi etuk, o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas», - deyiladi.Axloqiy tarbiya«Ahloq», «hulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosidaqo’llaniladi. Ayrim odatlarda «ahloq-kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui» desa, boshqalar esa «ahloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funktsiyasini bajaradi» deyishadi.Ahloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-harakat ahloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi hamborki, huquq majburiy bo’lsa ahloq ixtiyoriydir.Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli,adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo’lishga o’rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Ahloqiy tarbiyada yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o’qitish tarbiyalanuvchilarning ahloqiy mukammallashish bilan bog’liq bo’ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o’z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o’z aksini topgan:a)jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatnitarbiyalash;b)mehnatga ahloqiy munosabatni tarbiyalash;v)atrofdagi kishilarga ahloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish;g)shaxsning o’ziga, o’z hulqiga, ahloqiy munosabatni tarbiyalash.Dars va darsdan tashqari tarbiyaviyishlar jarayonini Alpomish, To’maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo’ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o’zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo’ladi. Bu motivlar esa o’sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag’batlantiradi.YOsh avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina o’quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin