13
36. Hoshimov, O‘. Ikki eshik orasi : roman / O‘. Hoshimov. – Тоshkent: Sharq,
2016. – 624 b.
Ushbu asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va
murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti,
qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
37. Hoshimov, O‘. Ajdarning tavbasi : Hajviy qissa va hikoyalar / O‘. Hoshimov. –
Toshkent: O'zbekiston, 2016. – 424 b.
O‘tkir Hoshimov serqirra adib. Uning o‘nlab hajviy hikoyalari, komediyalari,
ichakuzdi hangomalarini o‘qiganda, dilingiz ravshan tortadi, beixtiyor qah-qah urib
kulasiz. Mazkur to‘plamda yozuvchining eng sara hajviy asarlari jamlangan.
38. Hoshimov, O‘. Nur borki soya bor : roman / O‘. Hoshimov. – Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2016. – 288 b.
O‘tkir Hoshimovning e’tiboringizga havola etilayotgan navbatdagi “Nur borki, soya
bor” asari nashriyotimizning sevimli kitobxonlariga taqdim etayotgan yangi
tuhfasidir. Asarda jamiyat hayotidagi illatlar, turg‘unlikning mohiyati, inson hayotida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammo va qadryatlar, insonlar o‘rtasidagi sevgi va
xiyonat, bir so‘z bilan aytganda, “nur” va “soya”lar orasidagi azaliy kurash mavzusi
qalamga olingan.
39. Hoshimov, O‘. Tushda kechgan umrlar : roman / O‘. Hoshimov. – Toshkent:
Yangi asr avlodi, 2016. – 272 b.
Romanda keltirilgan voqealar qamrovi juda keng: 30-yillarning mash’um “qatag‘on”
qilish manzaralarini, 80-yillardagi ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan Afg‘oniston
urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan “o‘zbek ishi”… Insonlar hayotida sodir
bo‘ladigan bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda
yozuvchi mahoratiga tan bermaslikning iloji yo‘q. Voqealar yoki qahramonlar haqida
gapirib o‘tmoqchi emasmiz. Yaxshisi, o‘zingizni mutolaaga chorlaymiz.
Dostları ilə paylaş: