Ahmad yassaviyning pedagogik g‘oyalari ma’mura Xangilova


www.scientificprogress.uz



Yüklə 495,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü495,78 Kb.
#116262
1   2   3   4
ahmad-yassaviyning-pedagogik-g-oyalari

www.scientificprogress.uz
 
Page 335
xalqchilligiga borib tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib 
borish, she’rxonni ham ma’naviy ham badiiy tarbiyalashda ko‘zga tashlanadi. 
Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma’rifatga chorlash yetakchilik 
qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo‘lishi bot-bot uqtiriladi: 
Ey do‘stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar, 
Ul suhbatda ma'rifat durlarini sochorlar. 
**************************************** 
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur, 
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?! 
Olimlardin omilar ko‘b foyda olur, 
Bu dunyoda yaxshi otin qo‘llar, do‘stlar.[3]
3
 
Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya'ni ilmi g‘aybu haqoyiq va 
ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ega. Ahmad Yassaviy aynan shu kashfiyotni qila 
olgan va bu yo‘lda uchragan har qanday adolatsizlik, riyokorlikni keskin qoralagan. 
Xususan, uning “Rasoil” asarida quyidagi jumlalar uchraydi: shunday osiy va xofiy 
shayxlar chiqadurki, alar shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga 
(ipsiz) bog‘lanurlar va alar firibgarlik ila muridlarni ovlayurlar. Ushal osiy shayxlar 
muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko‘ngillari kufru zalolatdan qutulolmas. 
Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo‘lurlar va sovg‘a-salom bermaganlarni 
pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo‘lmas. 
Yuqoridagi fikrlar ,o‘z davrining shayxlarigagina tegishli bo‘libgina qolmay, har 
qanday davr pedagoglarini tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham 
taalluqlidir. 
Yassaviy ayrim shayxlar kabi mol-dunyo to‘plashga mutlaqo qiziqmaganini
kambag‘alparvar va g‘aribparvar bo‘lib yashaganligini uning ba'zi bir hikmatlaridan 
ham bilsa bo‘ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, 
xasis va ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi: 
Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o‘taro, 
Ishonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketoro,
Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil,
To‘rt oyoqlik cho‘bin ot bir kun sango yetoro. 
Yuqoridagi misralarga uyg‘un ravishda shoir insondagi ruhiy boylikni muqaddas 
tutadi. Illatlar ichida eng xavflisi nafsdir, deydi: 
Nafsim meni yoʻldan urib xor ayladi, 
Termultirib xaloyiqgʻa zor ayladi. 
3
Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар.-Тошкент: Ғафур Ғулом , 1993 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 495,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin