SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 333
AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI
Ma’mura Xangilova
ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti sirtqi (ikkinchi mutaxassislik)
bo‘limi 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta’limotining
mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g‘oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan
fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi.
Kalit so‘zlar: Tasavvuf, so‘fiy, tariqat, pir, murid, mutasavvif, Yassaviy.
AHMAD YASSAVI'S PEDAGOGICAL IDEAS
ABSTRACT
The article examines the activities of Ahmad Yassawi, the essence of Sufi
teachings, his pedagogical views and ideas. The above ideas are based on examples
from the works of Yassawi.
Keywords: Sufism, sufist, tarikat, pir, murid, Yassawi.
Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh
buyum bo‘lsin, xoh yirik ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka
chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin mohiyatan pedagogikaga uyg‘un
hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, Sharq
pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad
Yassaviydir.
Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning
2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan.
Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan.
Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot
etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz
mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob
bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»).
Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilm-
ma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli
tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham
Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy
bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini
ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
Dostları ilə paylaş: |