Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


-chizma. Lorents egri chizig`i



Yüklə 35,91 Kb.
səhifə8/10
tarix11.05.2023
ölçüsü35,91 Kb.
#111710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI

1-chizma. Lorents egri chizig`i.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta`minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta`minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizig`i bilan mutloq tenglik chizig`i o’rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya`ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a`zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol`)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo’yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan O’zbekistonda o’rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining o’zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi.


5-jadval. Respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida oylik nominal ish haqi nisbatlarining o’zgarishi (o’rtacha ish haqi –100%)1


Yillar

Sanoat

Qishloq xo’jaligi

Transport

Qurilishi

Maorif

Bank sohasi

1994

148,2

85,4

126,6

153,6

60,9

189,4

1996

139,2

54,4

136,0

166,7

70,4

184,9

1998

155,3

46,1

152,8

152,3

68,2

210,7

1999

165,2

51,6

143,3

162,3

57,2

227,6

2000

189,6

60,9

174,0

164,4

71,3

257,1

Daromadlar tengsizligida katta farqlari mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o’z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko’chmas mulk, aktsiya va boshqalar)ga ega bo’lish omili o’ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o’n baravar yuqori daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o’tishi bilan oilalarning to’plagan mol-mulki meros qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro’y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste`mol muhit yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlikni ta`minlab berishning muhim muammolari kelib chiqadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta`lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a`zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta`minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.



Yüklə 35,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin