Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/2
tarix06.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#108548
  1   2
jfIgIG3lkEsdwAqVcFgR l96p3ixpJD- (1)


AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI.
Salimjonov Samandar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Har bir inson farovon hayot kechirishni va turmush darajasi sifati yaxshi bo'lishini xoxlaydi. Bu hohish istaklarni amalga oshirishda aholi daromadlari asosiy ro'l o'ynaydi. Daromadlar asosan mehnat va tadbirkorlik faoliyatlari orqali olinadi. Mehnatga layoqatli har bir kishi o'z mehnati bilan oilaning iqtisodiy farovonligini ta'minlashga harakat qiladi. Bu o'z navbatida mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydi. Bu maqolada aholining turmush darajasini obyektiv statistik ma'lumotlar asosida iqtisodiy tashkil qilish, davlatning ijtimoiy siyosatini o'rganib chiqamiz.
Kalit so'zlar:Aholi turmush darajasi, obektiv statistik ma'lumotlar iqtisodiy tahlil, davlatning ijtimoiy siyosati.


Kirish. Birinchi navbatda biz "daromad" va "boylik" tushunchalarini farqlarini va aloqasini tushunib olaylik. Daromad ja'miyat a'zolarining shu paytdagi pul boylik va xizmatlar zaxiralaridan tarkib topadi. Darmodad boylik yuzaga kelishining asosini tashkil qiladi. Uning boylikdan yana bir farqi u ma'lum bir vaqt oralig'ida, odatda bir yil ichida belgilanadi. Aholi daromadlari pul tushumlari yoki naqd pul yig'indisi sifatida belgilanadi.


Aholining pul daromadlari - bu ish haqqi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul ushumlari mulkdan foiz, dvident renta qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlari hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishdan kelib tushadigan daromadlardir.
Barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi[1]. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatiladi.



Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlanib bormoqda[3]. O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishini belgilaydi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uyjoylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llabquvvatlashga qaratilmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori[4], deb biladi.Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llabquvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda[5]. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda[6]. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda[7]. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda[8]. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda[9]. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda[10]. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda[11]. Ta’kidlash joizki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan[12]. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridanto‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli choratadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam ta’minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda[13]. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi. Bizga ma’lumki, bundan 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi[14]. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda[15]. Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish boshlandi[16]. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi. Yurtimizda otaonasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.“Mehribonlik uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tizim – “Mehr daftari” joriy etildi. Shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi[17]. Unga ko‘ra, o‘ziga biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtoj sifatida hisobda turgan ana shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holatlarda esa 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda[18]. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan “Yagona ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda[19]. Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali ma’lumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi[20]. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, olingan kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining to‘liq ishga tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir[21]. Odatda kambag‘allikka tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan[22].
Xulosa va takliflar. Maqolamizga xulosa yasaydigan bo'lsak, bizning ulug' ajdodlarimiz ham necha asrlar kuchli ijtimoiy davlat siyosatini olib borgan. Birgina
Amir Temur bobomizni oladigan bo'lsak, mamlakat aholisi ahvolidan xabardor va ogoh bo'lib turish haqida bunday amrlar bergan: "Amir qildimki har yerda, viloyatu shahar va lashkar o'rdusida kundalik voqealarni tayin qilsinlarki hokimlar raiyat, spoh, o'z lashkari va yot lashkarlarining xatti-harakati haqida meni habardor qilsin", "Amir ettimki, roiyatdan mol-xiroj yig'ishda ularni og'ri ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlansinlar. Negaki roiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag'allashuviga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa spohning tarqoqligiga o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi"[2]. Hozir ham mamlakatimizda daromadlarini oshirish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda[23].
2015-yil BMT bosh assambleyasining 70-sessiyasida 2030-yilgacha barqaror rivojlanishning 17 maqsadi qabul qilindi[24]. Ushbu maqsadlarning eng birinchi va dolzarbi "Kambag'allikni yo'qotish (No Poverty) deb nomlangan bo'lib shu asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi "2030yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berilmoqda. Buning kichik bir misolini bizning Zarbdor tumanimizdan oladigan bo'lsak mahallalarda aholi turmush tarzi va hamda tomorqadan samarali foydalanish, baliq va parradachilikni yetishtirish ishlari amalga oshirilmoqda bu o'z navbatida aholi daromadining oshishiga, aholining turmush darajasi yanada yaxshilanishiga sabab bo'ladi[25].
Yana bizni tumanimiz geografik jihatdan juda qulay bo'lib, aholini ko'p qismi yerdan ko'plab daromadlar olmoqda[26]. Men shuni taklif qilardimki agar tumanimizda foydalanilmay turgan ko'plab maydon yerlardan issiqhonalar tashkil qilinsa, ko'plab fuqarolar bandligi ta'minlanib, daromadi ortadi[27]. Yana shu taklifni kiritgan bo'lardimki, Biz mehnat migrantlarni emas, balki mehnat mahsuli eksport qilsak daromadimiz ancha yaxshi bo'ladi[28].
Inson qadri-qimmatini yanada yuksaltirish borasida yurtimizda ko'plab ishlar, sa'y-harakatlar ko'lami oshib bormoqda.[29] Agar berilgan taklif va fikrlar ham aholi daromadini oshirishda asqotsa biz bundan mamnunmiz.
Aholisi bilimli, tadbirkor bo'lgan xalq qudratli bo'ladi. Jahon iqtisodiyotida ham o'z o'rniga ega bo'ladi[30].

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin