- 36 -
jinsiy farq.
Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iktisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish
maqsadida aholining yosh guruhlarga bo’tshnishidir. Aholi yosh guruhlari va
demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar
(0-9, 101-19,20 - 29 yoshida) salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish kabi
demografik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Ayni paytda tug’ilish yuqori bo’lgan
hududlarda bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ilish darajasi past bo’lgan
hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i yuqori va
o’lim hollari ko’proq sodir bo’ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda
aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo’lishining natijasi va
kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Aholi yosh tarkibini o’rganganda aholining alohida har bir yoshlarga
(0,1,2,3,4,5 . . .100 va undan yuqori) besh yillik yosh guruhlariga (10-14 , 15-19...) va
uch yirik-yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60 va undan yuqori) ajratiladi.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o’rganish ob’ekti sifatida o’z kelib
chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo’nalishlarga ajratish
mumkina) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili: b) aholi yosh
tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishning omili
sifatidagi o’rni: v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’zaro
bog’liqligi.
Aholi sonining o’sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX
asrning o’rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo’lishi
tug’ilish darajasiniig nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog’ining
kamligi bilan harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan
yuqori tug’ilish va aholi tarkibida bolalar salmog’ining yuqoriligi harakterli edi.
Tug’ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo’lgan sharoitda aholining yosh
tarkibi, aholi soni o’sib borishiga bevosita ta’sir etadi.
XX asrning boshlarida shved olimi G.Sundberg tomonidan aholi yosh
tarkibining uch turi ajratilgan 1) Progressiv yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar (0-14
yosh) salmog’i yuqori bo’ladi va aholi o’sishiga olib keladi.
2) Statsionar yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar va qariyalar (60 yosh va undan
yuqori) salmog’i deyarli teng bo’ladi, bunday yosh tarkibi aholi o’sishida asosiy omil
bo’la olmaydi. 3) Regressiv yosh tarkibi-aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i
bolalarga nisbatan yuqori bo’ladi, aholi takror barpo bo’lishi qisqarib aholining qarish
jarayoni ro’y beradi.
Aholining qarish jarayoni-tug’ilishning kamayib ketishi va aholi o’rtacha umr
ko’rishi muddatini uzayish hisobiga aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan
yuqori) salmog’ini oshib borishidir.
Dostları ilə paylaş: