Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
UY XO’JALIGI. Jaxon statistikasida «Oila» tushunchasi bilan birga «uy xo’jaligi»
tushunchasidan xam foydalaniladi. Unda aholining oilaviy xolati xaqidagi
ma’lumotlar uy xo’jaliklari bo’yicha to’planadi. «Uy xo’jaligi» birga xo’jalik
yurituvchi,
birga
yashovchi
kishilarni
biriktiruvchi
ijtimoiy
iqtisodiy
yacheykadir1.Uy xo’jaligi tushunchasi oiladan farq qilib, unda faqat qarindoshlik
munosabatlari asosida birikkan kishilargina emas balki, ijtimoiy- iqtisodiy
munosabatlar asosida birga yashovchi begona kishilar ham, alohida mustaqil xo ’jalik
yurituvchi yolg’iz kishilar xam kiritiladi.
Uy xo’jaligi tushunchasi hamma davlatlarda xam bir xil emas. U xar bir
davlatning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitiga, unda istiqomat etuvchi xalqning turmush
tarziga, urf- odatlariga bog’liqdir. Ba’zi davlatlarda uy xo’jaligi uchun kishilarning
birga yashashi asos qilib olinsa, boshqa bir davlatda esa ularning birga ovqat
tayyorlashi, birga ovqatlanishi asos qilib olingan.
Uy xo’jaligi ikki turga bo’linadi: shaxsiy va jamoa xo’jaligi. Shaxsiy uy
xo’jaligida bir uyda yashovchi, birga xo’jalik yurituvchi va o’zlariga o’zlari ovqat
tayyorlovchi kishilar guruhi kiradi. Bunday guruhlarda bir uyda, yoki bir nechta uyda
yashovchi yoki uyi bo’lmagan kintilar ham yashashlari mumkin. Bunday uy
xo’jaligida, bir uyda yashovchi ota-ona, bola, qarindoshlardan tashqari ikki yoki
undan ortiq bir xo’jalikda yashovchi, lekin qarindosh bo’lmagan yolgiz kishilar,
xizmatkorlari bilan yashovchi yolg’iz ayol yoki erkaklar xam kiradi. Qarindosh
bo’lmagan ikki yoki undan ko’p kishnlar yashovchi shaxsiy uy xo’jaligi 1980-1985
yit^larda AQSh dagi uy xo’jaliklarning 10% yaqinini Kanadada-5,6, Yangi
Zerlandiyada -7,5, Belgiyada -3,6, va Yaponiyada 0,2% ni tashkil etgan1.
Jamoa xo’jaliklariga bolalar, qariyalar nogironlar uylari, qamoqxonalar,
kazarmalar, surunkali kasallar yashovchi kasalxonalar va boshqa shunga o’xshash
muassasalar kiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, juda ko’p davlatlarda uy xo’jaligining asosiy
qismini nikoh va qon-qarindoshlik asosida tashkil topgan oilalar tashkil etadi. Bunday
uy xo’jaligi fanda «Oilaviy uy xo’jaligi» deyiladi. Demografiya ana shu oilaviy uy
xo’jaligini, aniqrog’i – oilani o’rganadi.