4.2.3 Sektorlar va sohalar o‘rtasidagi qiyosiylik Statistik ma’lumotlar sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Davlat statistika
qo‘mitasiga bevosita sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan kelib tushadi.
4.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish 4.3.1 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish jadvali Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning yillik hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillik statistika
dasturida nazarda tutilgan muddatlarda aniqlanadi.
Statistik ma’lumotlar sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasiga
bevosita sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan kelib tushadi.
4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni aynan shu toifasi bo‘yicha belgilash Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillik statistika dasturida
belgilangan muddatlarda yangilangan yillik hisobotlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Dastlabki
va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni nashr etishda tegishli yozuv (havola) amalga
oshiriladi.
4.3.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqishni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalarni tarqatish Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ilgari e’lon qilingan ma’lumotlar aniqlangan
taqdirda, keyingi nashrlarda yangilangan ma’lumotlar keltirilgan. Qayta ko‘rib chiqilgan
(yakuniy) ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasining nashrlari orqali tarqatiladi.
5. Qulayligi 5.1 Ma’lumotlar 5.1.1 Statistik ma’lumotlarni taqdim etish Ma’lumotlar foydalanuvchilarga elektron shaklda “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy holati”, “O‘zbekiston Respublikasining statistik sharhi”, “O‘zbekiston Respublikasining
milliy hisoblari” nashrlari, oylik Press-relizlar orqali taqdim etiladi, foydalanuvchilarning
iltimosiga binoan, va boshqalar.