«aholi statistikasi» fanining predmeti, uslubiyati va vazifalari «Aholi statistikasi»


«Aholi statistikasi» fanining asosiy vazifalari



Yüklə 32,16 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü32,16 Kb.
#167257
1   2   3
«aholi statistikasi» fanining predmeti, uslubiyati va vazifalari-fayllar.org

1.2. «Aholi statistikasi» fanining asosiy vazifalari
Aholi statistikasi ma’lumotlari iqtisodiyotni boshqarish va rejalashtirishda foydalaniladigan qator masalalarni, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni raqamlarda aks ettirishda foydalaniladi. Bunda oddiy arifmetika emas, balki alohida statistik hisob – aholi kategoriyasining hisobi amalga oshiriladi. Birinchi masala, tug‘ilganlar soni, vafot etganlar, nikohdan o‘tgan va undan o‘chganlar soni, ko‘chib kelgan va ko‘chib ketganlar soni statistik tomondan aniqlanadi, binobarin, to‘plam hajmi aniqlanadi. Ikkinchi masala – aholi tarkibini, demografik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor aholining jinsi, yoshi, ma’lumotlilik darajasi, kasbiy belgisi bo‘yicha, shahar va qishloq aholisiga bo‘lib o‘rganishga qaratiladi. Uchinchi masala – aholining har xil guruhlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, aholi tarkibida yuz berayotgan jarayonlarni va bu jarayonlar amalga oshayotgan sharoitlarni o‘rganishga qaratiladi. To‘rtinchi masala – demografik jarayonlar dinamikasini o‘rganishdan iborat bo‘lib, bunda aholi sonining o‘zgarishi va jarayonning intensivligini aniqlash ma’lum vaqt va hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
1.3. Aholini statistik o‘rganishning amaliy ahamiyati
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, aholi moddiy ne’matlar ishlab chiqaradi, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladi. Shuning uchun aholi tarkibi va sonida yuz berayotgan o‘zgarishlar iqtisodiyotga, jamiyatga, mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Lekin mahsulot barcha aholi tomonidan emas, balki mehnat resurslari, ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Aholi mahsulot resurslarini to‘ldiruvchi sifatida, inson esa, ishchi kuchining egasi, shaxsiy va ijtimoiy manfatlarini aks ettiruvchi sifatida yuzaga keladi. Shu bois aholini boshqarish va rejalashtirish uchun, uni statistik o‘rganish lozim. Statistika mehnatga layoqatlilar soni, ularni xalq xo‘jaligi tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha taqsimlash haqidagi ma’lumotlarni beradi.

Yüklə 32,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin