Aholini ish bilan ta’minlashga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tahlili


Raqobatli bozor sharoitida hududlarda aholi ish bilan bandligini oshirishda tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari



Yüklə 41,03 Kb.
səhifə4/6
tarix11.10.2023
ölçüsü41,03 Kb.
#153505
1   2   3   4   5   6
Aholini ish bilan ta’minlashga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

3. Raqobatli bozor sharoitida hududlarda aholi ish bilan bandligini oshirishda tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes fan-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg’or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalari, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizasiyalash bilan ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya innovasiyalarni joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga nisbatan ishni tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda fan-texnika tarvqqiyotini rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta’minlash, tovar va xizmatlar yetishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:  erkin mehnat resurslari, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi;  aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma’naviy va kasb darajasini ko’tarish;  milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek kichik va o’rta korxonalar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g’oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas.
Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan davridagina faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun zarur sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, turli jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo’lishlari, subsidiyalar, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun manba bo’lib xizmat qilishlari lozim. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishi, iste’mol bozorini tovar va xizmat turlari bilan to’ldirish, shuningdek xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda respublikada quyidagi masalalarni hal etish lozim:
 aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf etish, alohida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish itstagini uyg’otish;
 qishloq xo’jaligida iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash. Dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash;
 ko’rsatiladigan xizmatlar turi va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, kansalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini xozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash;
 joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini mollar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy etish. Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan vaqtincha ishchi kuchlarni xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlik, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu masalalarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal etish lozim:
 bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
 hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llabquvvatlash;
 kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy bazasini mustahkamlash;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini texnologik jihozlash bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;
 islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga yetkazish. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikasiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarini modernizasiya qilish va texnik yangi jarayonlarini tezlashtirish, ya’ni mamlakatimizda diversifikasiya va modernizasiya qilish strategiyalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 2018 yil yakunlariga ko’ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 6,9 foizga, qurilish ishlari hajmi – 10,8 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi – 14,3 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profisit bilan bajarildi. Mamlakat iqtisodiyotining dinamik rivojlanishi aholi daromadlari va xayot darajasi yanada oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlamoqda. 2018 yilda byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori o’rtacha 23,2 foizga, aholining real daromadlari – 10,2 foizga o’sdi. 2012 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish



Yüklə 41,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin