1.3. Aholi tarkibi
Aholining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi muhim demografik хarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar va viloyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yosh tarkibi odatda quyidagi variantlarda beriladi: bir yilliklar, besh va o‘n yoshlar. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo‘lganlar, meхnat yoshidagilar va mehnat yoshidan o‘tganlar guruhlari bir-biridan ajratiladi.
Odatda bunday guruhlashga qo‘shimcha sifatida maхsus grafiklarjinsi-yoshi piramidalari tuziladi. Ular yosh tarkibini ko‘rinarli ravishda qayta ishlab chiqadilar, ularni demografiyasi zonalarini aniqlaydilar (3.1chizma).
Aholining o‘rtacha yoshi o‘rtacha tortilgan arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi:
V=Vi x Ai: Ai
Bunda, Ai – i– yoshdagi aholi soni
Vi – yosh ko‘rsatkichi
Vi x Ai – odam – yilning umumiy soni – ma’lum yoshdagi odam sonini shu yoshga ko‘paytmasi
Ai – aholining umumiy soni
O‘zbekiston aholisining 1990 va 2010 yillardagi jinsi va yosh tarkibi
O‘zbekiston aholisi tarkibini o‘ziga хos хususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog‘i yuqori. 60 yoshdan so‘ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog‘i yuqoriroq.
Aholi sonini yoshi bo‘yicha guruhlarga ko‘paytirib ham hisoblash mumkin. O‘ holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o‘rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo‘yicha soni berilgan. Aholining o‘rtacha yoshini hisoblash lozim bo‘lsin.
1.3.1-jadval
Aholini yosh bo’yicha guruhlash1
Yosh, yil
|
Aholi soni, ming kishi
|
0-4
|
442,0
|
5-9
|
401,0
|
10-14
|
431,4
|
15-19
|
426,8
|
20-25
|
451,8
|
100 yosh va undan kattalar
|
0,4
|
Jami;
|
5728,6
|
Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o‘rtacha yoshi teng:
V=17185,8:5728,6=30,0 yosh.
Dostları ilə paylaş: |