Qiz: Endi Ulug` Vatan urushi qatnashchilaridan urush haqidagi xotiralarini tinglasak .(Ularning xotiralari tinglanadi).
Yigit: Aziz o`quvchilar ,qadrli mehmonlar!Bugun biz xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda ishtirok etdik va xotiralar ummonida olis-olislarga ,tariximizning o`chmas sahifalariga birozgina bo`lsa-da ,nazar tashladik.Shu munavvar kunlarning bizga naqadar azizligini o`sha muqaddas xotiralar yana bir bor eslatdi.Tinchlikni,ona zaminni asrash lozimligini yodga soldi.
Qiz: Shu musaffo osmon ,shu yoriq kunlar haqqi-hurmati,tinchligimiz barqaror bo`lsin!
Ozod va obod Vatanimiz kundan-kunga gullab yashnasin.Barchalarimizga baxt-saodat doim yor bo`lsin!
Qiz: Qalblardan o`chmagay o`tganlar yodi,
Onalar ko`z yoshi,achchiq faryodi.
Ko`kda so`nmas yulduz bo`lib nur sochar,
El-yurtga baxshida mardlar hayoti.
Yigit: Xotira muqaddas, xotira aziz,
Yaxshilarni eslash naqadar laziz!
To olamda mehr-oqibat bordir,
Chin insonlar nomi o`chmagay hargiz!