“Ajdodlar xotirasi muqaddas”


Endi qatag`on yillari hayotini aks ettiruvchi sahna ko`rinishini e`tiboringizga havola etamiz



Yüklə 73,11 Kb.
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü73,11 Kb.
#179962
1   2   3   4   5   6   7   8
“Ajdodlar xotirasi muqaddas”

Endi qatag`on yillari hayotini aks ettiruvchi sahna ko`rinishini e`tiboringizga havola etamiz.

(Muhammad Yusuf qalamiga mansub,,Qora quyosh,,asari asosida tayyorlangan kichik sahna ko`rinishi namoyish etiladi.Sahnada Abdulla Qodiriy,Tergovchi va boshlovchilar chiqadi).


Boshlovchi: Mana ,Qodiriyni qilishar so`roq:


Tergovchi (g`azabga to`lib):


- “O`tgan kunlar” degan she`r siznikimi?
Qodiriy: Ha,ammo u she`r emas...
Tergovchi:Jim bo`ling,axir she`rmi yo boshqami ,avtori siz-da!
Boshlovchi:Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi – payg`ambar ,
Tergovchi – Xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq-ijozat.
O`zbek yana bitta o`gilidan judo.
(Xazin kuy yangraydi.Sahnaga o`quvchilar chiqishadi).


1-o`quvchi :

Tushimga kiradi Qodiriy bobom , Bemador,bemajol,beorom,behol.


Egniga eski bir to`n kiyib olgan,
Shneldir-u,balki birovdan qolgan.
O`sha to`n egnida,paxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.
Yo`q,yuzi somonga o`xshaydi uning,
Charaqlab turguvchi ko`zi to`la mung.


2- o`quvchi :

Rutubatli shimol o`rmonlarida,.


Qayinlar ho`ngrab quyoshni uyg`otar.
Qarang,Cho`lponingiz so`nggi makonda,
Beqasam to`nini yopinib yotar.
3- o`quvchi :
Yotar alpqomatli bahodirlar qator,
Usmonlar,
Qodiriylar,
Shokirlar qator
Yotar Fayzullolar,
Yotar Ahmadlar,
Xudo rahmat qilgur, xudo rahmatlar...
4- o`quvchi :

Ularning sanog`i yulduzdan ham ko`p,


Yurtim,dilbandingiz har giyoh,har cho`p,
Fidolaring bo`lgan farzandlaringiz
Nomdor-u nomsizin hoki poyin o`p.


1-boshlovchi:

Istiqlol fidoyilaridan Abdullo Qodiriy, Abdulhamid Cho`lpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy,Botu , Elbeklarning aziz va tabarruk nomlari yana qaytadan tiklandi.


2-boshlovchi:

Yunusobodda, Bo`zsuv bo`yida , mash`um qatag`on yillari shahidlar qabristoniga aylantirilgan maydonda yodgorlik majmuyi va muzey barpo etilishi ham qatag`on qurbonlarining nomlarini abadiylashtirishda eng savobli ish bo`ldi,deya olamiz.Asosiysi ,yurtboshimizning 2001-yil 1-maydagi farmoniga ko`ra ,31-avgust- ,,Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni” deb e`lon qilinishi ham ularga bo`lgan cheksiz hurmat natijasidir.





Yüklə 73,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin