“Ajdodlar xotirasi muqaddas”


Yigit: Urush g`alaba bilan tugadi-yu,uning jarohati hamon qalbimiz yarasiga aylanib qolmoqda. Qiz



Yüklə 73,11 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü73,11 Kb.
#179962
1   2   3   4   5   6   7   8
“Ajdodlar xotirasi muqaddas”

Yigit:
Urush g`alaba bilan tugadi-yu,uning jarohati hamon qalbimiz yarasiga aylanib qolmoqda.
Qiz:
Urush natijasida ne-ne shaharlarimiz yonib kul bo`ldi.
Yigit:
Ne-ne o`g`il qizlarimiz zolimlarga qul bo`ldilar.
Qiz:Dorga osilganlar-u ,pechkada tiriklayin kuydirilganlar,esda tursin!


Yigit: Ko`ziga cho`g` bosilganlar,esda, xotirada tursin!


Qiz:Quloqlariga qo`g`shin quyilganlar esda tursin!


Yigit: Beomon so`yilganlar esda tursin!
Hamma: Hech kim! Hech narsa! Hech qachon unutilmaydi!
Qiz:
Qariyib 4 yil davom etgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga juda ko`p kulfatlar soldi.Urush yillari 1,5 million yurtdoshimiz shiddatli janglarda ishtirok etdi.450 mingdan ziyod mard yigitlar tinchlik, osuda turmush uchun bo`lgan qonli janglarda halok bo`ldilar.Urushda yetim qolgan 200 mingdan ortiq bolani o`zbek xalqi o`z tarbiyasiga oldi.Toshkentlik Shoahmad Shomahmudov va Bahriniso opalar oilasi 14 nafar,Hamid Samatovlar oilasi esa 13 nafar,samarqandlik Fotima Qosimovalar oilasi esa 10 nafar yetim bolani o`z qaramog`iga olib,bor mehrini,qalb qo`rini berib,ularni voyaga yetkazdilar.


Yigit:
Bu fidoyi insonlar xotirasiga Toshkent shahrining “Xalqlar do`stligi “maydonida yodgorlik majmuyi ham o`rnatildiki,u bizlarni har doim tinchlikning qadriga yetishga,yurtimizga,millatimizga munosib farzand bo`lishga undaydi.
(“Hazrati inson” asari asosida kichik sahna ko`rinishi ko`rsatiladi).


1-o`quvchi:
“Xotira muqaddas qadriyatdir”,-deyishadi ko`pni ko`rganlar.O`tganlarning xotirasi aziz bo`lib,ularni eslab , ziyorat qilish ota- bobolardan qolgan ,ularning qon-qoniga singib ketgan eng yaxshi odatlardan biridir.Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlar xotirasiga atab mamlakatimizning turli burchaklarida ularga bo`lgan chuqur ehtiromning ramzi sifatida yodgorliklar o`rnatildi.Bu kuni “Motamsaro Ona“haykali yonidagi“Xotira xiyoboni”dan ziyorat qiluvchilarning qadami uzilmaydi.


2-o`quvchi :
Frontdan omon qaytgan va front orqasida o`z mehnatlari bilan g`alabaga hissa qo`shgan yurtdoshlarimiz,urush faxriylari bu kun e`zozda. Shunday baxtli, saodatli kunlarda yashash nasib etgani uchun ham biz ular bilan faxrlanamiz .


3-o`quvchi:
Har birimiz keksa ota –onalarimiz ,bobo-buvilarimizning issiq –sovug`idan xabardor bo`lib turaylik.Ulardan mehr- muruvvatimizni ayamaylik.


4-o`quvchi:
Har birimiz shu aziz Vatanimizni avaylab- asraylik. Kelajagi buyuk Vatanning munosib egalari bo`laylik.Uning sarhadlarida hech qachon o`q ovozi eshitilmasin.

(O`quvchilar ijrosida “Tinchlik” qo`shig`i tinglanadi).



Yüklə 73,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin