Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti


EKOLOGIK  DUNYO  QARASHNING  SHAKILLANISHI



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#42716
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
ABDIQODIROV SHAHBOZ

  

EKOLOGIK  DUNYO  QARASHNING  SHAKILLANISHI. 

 

Ekologik  dunyoqarash  deganda,  avvalo  tabiatga  mehr  bilan  munosabat 

tushuniladi.  Aslida  ekologik  dunyoqarash  tabiatni  muhofaza  qilish  haqidagi 

ilmiynazariy  bilimlar  majmuasi,  hukmron  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy 

qarashlarni va  oddiy kundalik tasavvurlarni o’z ichiga oladi.  

Ekologik  dunyoqarash  insoniyatning  tarixiy  rivojlanish  jarayonida 

vujudga  kelgan  ilmiy-nazariy  g’oyalarning  muayyan  majmuasi  bo’lmasdan, 

jamiyatda  yashayotgan  shaxslarning  ruhiy  holatlarini,  hissiyotlari  kayfiyatlari 

va  intilishlarini  ham  o’z  ichiga  oladi,  hamda  turli  ijtimoiy  ong  shakllarining 

ekologiya nuqtayi nazaridan baholanishini mushtaraklashuvini ifodalaydi.  

Umumiy  dunyoqarashning  tarkibiy  qismi  bo’lgan  ekologik  madaniyat 

keng  va  tor  ma’nolarda  insoniyatning  ijtimoiy-tarixiy  amaliyoti  jarayonida, 

atrof-muhitni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlar 

majmuasidir. Tor ma’noda esa kishilarning amaliy va nazariy faoliyati tabiatni 

muhofaza qilish to’g’risidagi madaniyati deb qarsh mumkin.  

Insoniyatning  atrof-muhitga  munosabati,  madaniyatini  faylasuflar  shartli 

ravishda moddiy va ma’naviy madaniyat yo’nalishlarga ajratadilar.  

Insonning moddiy va ma’naviy madaniyati o’rtasidagi dialektik bog’lanish 

va aloqadorlik tarixiy taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchlaridan biridir.  

Umuman  olganda  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatlarning  nisbatan 

mustaqil majmualari hamma tarixiy rivojlanish bosqichlarida tabiatni muhofaza 



qilish  ehtiyoji  ziddiyatli  bo’lib  kelgan.  Aynan  shu  ziddiyatning  kuchayishi 

ekologik  vaziyatni  keskinlashtirib  olamshumul  muammoga  yalantirgani  sir 

emas.  

Ekologik vaziyatni xolisona baholash rejali boshqarish va oqilona tashkil 

qilish  uchun  birinchidan  ekologik  madaniyatning  moddiy  hamda  ma’naviy 

yo’nalishlari  ya’ni  ekologik  madaniyatni  muayyan  tarzda  namoyan  qiladigan 

faoliyat doiralari o’zaro bog’liq holda rivojlanishi zarur.  

Ikkinchidan  ekologik  vaziyat  haqidagi  ta’rifga  ega  bo’lishning  o’zi 

“Tabiat jamiyat inson” munosabatlarini muqobillashtirish uchun yetarli emas. 

Uchinchidan 

tabiat 

muhofazasida 

amaliy 

va 


nazariy 

tadbirlarning 

muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim sabablar ekologik madaniyat majmuasi 

bo’lib u yuqorida qayd etilgan faoliyatlarning asosi hisoblanadi.  

Moddiy ishlab chiqarish o’z mohiyatiga ko’ra ekologik madaniyatdir. Bu 

faoliyatda tabiiy boyliklarni oqilona iste’mol qilish madaniyatini rivojlantirish 

oddiy  jarayon  emas,  aksincha  ommaning  amaliy  tashabbuskorligi  g’oyaviy-

siyosiy ongliigiga amaliy tashabbuskorligiga bog’liq.  

Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning vazifasi muayyan ekologik vaziyat har 

bir  kishining  tabiatiga  shaxsiy  munosabatiga  muvofiq  ekanligini  anglatishga 

qaratilgan  bo’lishi  mumkin.  Tabiat  qonunlarini,  biosferaning  ichki  murakkab 

bog’lanishlarini, jamiyatning tabiatga ta’sir qilish istiqbollarini anglamay turib 

tabiatni muhofaza qilishga oid zarur amaliy tadbirlarni, undan foydalanishning 

maqbul  yo’llarini  belgilab  bo’lmaydi.  Shu  munosabat  bilan  ekologik 

madaniyatni  shakllantirishga  yo’naltirilgan  ta’lim-tarbiyaning  yangi  sifat 

darajasiga  ko’tarish,  nazariy  tadqiqotlarni  amaliy  tadbirlardan  ildamroq 

rivojlantirishni taqozo etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotning turli bosqichlarida 

insoniyat tabiiy atrofmuhitga turlicha munosabatda bo’lib kelgan. Dastlab inson 

paydo  bo’lib  tabiatga  mutlaqo  qaram  bo’lgan  davrda  uning  yashash  uchun 

kurash bilan bog’liq iqtisodiy manfaatalri tabiatni muhofaza qilishga nisbatan 

birinchi  o’rinda  turgan.  Keyinchalik  ishlab  chiqarish  vositalari,  mehnat 

qurolarining  takomillashuvi  bilan  insonning  tabiat  ustidan  hukmronligi 

kuchayib borgan.   

Natijada  “Jamiyat  tabiat  majmuasi  o’rtasidagi  mutonisiblik  buzilib 

tabiatni  muhofaza  qilish  orqali  insonning  o’zi  muhofaza  qilish  zaruriyati 

vujudga keldi”. Bu ayni zaruriyat o’z novbatida ayni shu masalani hal qilishning 

nazariy yo’nalishlarini mukammallashtirishni taqozo qildi.   

Ijtimoiy  ekologik  ong  insoniyatning  ijtimoiy,  tarixiy  amaliyoti  jarayonida 

atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar majmuasidir.   

O’ziga  xos  ekologik  ongni  kishilarning  muayyan  amaliy  va  nazariy 

faoliyat  maqsadini  tabiatni  muhofaza  qilish  manfaatlari  bilan  bog’lanishning 

inikosi deb qarash mumkin.   




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin