ÒZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ÒRTA MAXSUS TÀLIM
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
Fizika – astronomiyani o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishining 1-,,v’’
kurs talabasi Abdiqodirov Shahbozning
Ekologiyaliq taza energiya derekleri fanidan
MUSTAQIL ISHI.
Topshirdi: Abdiqodirov Shahboz
Qabulladi: Ametov Ruslan
Nukus 2021 y
ELEKTR ENERGIYASINI OLISHNING AN’ANAVIY VA
NOAN’ANAVIY USULLARI.
Energiya olishning an’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirishda eng
ko’p ishlatilayotgani issiqlik elektr stansiyalaridir (I.E.S.). Issiqlik elektr
stansiyalari o’z tarkibiga ko’ra gaz, ko’mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi
elektr stansiyalarini
hamda uran yadrosi bo’lishida ajraladigan issiqlik hisobiga ishlovchi atom
elektr stansiyalari (AES)ni o’z ichiga oladi. Birinchi tur elektr stansiyalarining
ishlashi yoqilg’i zahiralarining kamayishi va yonish mahsulotlarining
ekologiyaga ta’siri bilan chegaralangan. Atom elektr stansiyalarining ishlashida
xomashyo resursi deyarli chegaralanmagan. Lekin AESlari ishlatilishi bilan
bog’liq quyidagi muammolar mavjud:
1. Radiatsiya ta’sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va
radioaktiv moddalarning tashqariga chiqib ketishi.
2. Radioaktiv chiqindilarni saqlash muammosi.
3. Yadro reaktorlarida mukammal xavfsizlik tizimini yaratish qiyinligi.
4. Hozirgi kunda ko’p ishlatilayotgan tez neytronlarda ishlovchi
briderlarda ko’p miqdorda plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy
xomoshyo bo’lgan plutonning yomon niyatli kishilar qo’liga tushish
ehtimoli mavjudligi.
Bugungi kunda AQSHning Texas universitetida Mayk Kotschenreyter
boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid ko’rinishidagi sintez – parchalanish
qurilmasini yaratdilar. Markazida neytron manbai mavjud bo’lgan va sintez
reaksiyasiga asoslanib ishlovchi CFNC(Compakt Fusion Neutron Source)
reaktori yengil suv bilan faoliyat yurituvchi odatiy AES lardan ajralib
chiqadigan transuran chiqindilar yordamida ishlaydi.
Elektr energiyasi olishning noan’anaviy usullarini o’quvchilarga
tushuntirganda energiya resurslari uchun xomoshyoning chegaralanmaganligi,
ekologik tozaligi va qayta tiklanishi bilan an’anaviy usullardan farq qiladi. Bu
usullar ichida oxirgi yillarda eng yaxshi o’rganilganligi va keng
qo’llanilayotgani Quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida elektr
energiyalarini olish yo’lga quyildi.
Bu sohada O’zbekistonda ham ancha ishlar amalga oshirilgan. Masalan
Quyosh fizikasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida Quyosh batariyalarini
ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. O’zbekiston energitika vazirligi tashabbusi
bilan
Danyadan shamol generatorlari Farg’ona viloyatining Bekobod tumaniga keltirib
o’rnatilmoqda.
Bizning Respublikamiz uchun istiqbolli noan’anaviy usullardan biri
bioenergetikadir.
Hozirgi kunda biogaz olish uchun mo’ljallangan
qurilmalarning juda ko’p loyihalari ishlab chiqilgan. Bu qurilmalar birdaniga
ikki vazifani, biogaz yoqilg’isini olish va sifatli chirindi o’g’it ishlab chiqarishni
amalga oshiradi.
Geotermal, vulqon energiyasidan foydalanishda turli xildagi gazlar ajralishi
bilan bog’liq bo’lgan ayrim ekologik masalalarni ham hal etish lozim bo’ladi.
Dengiz suvini ko’tarilishi va to’lqinlar energiyasidan foydalanishning
effektiv qurilmalari ishlab chiqilgan va kichik quvvatli iste’molchilarni
ta’minlash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Noan’anavuy energiya olish usullari qanchalik tabiiy va ekologik jihatdan
maqsadga muvofiq bo’lmasin ular energiyaga bo’lgan ehtiyojni to’la
qanoatlantirmasligi mumkin.
Shuning uchun ham kelajakning asosiy energiyasi sifatida atom
energiyasi qaralmoqda. Atom energiyasidan foydalanishning birinchi usuli uran
yadrosi bo’linishi energiyasi va uning muammolari haqida yuqorida aytib
o’tildi.
Yadro energiyasidan foydalanishning ikkinchi usuli – termoyadro sintezi
energiyasidir. Bu borada salkam 70 yildan buyon ishlar olib borilayotgan
bo’lsada boshqariladigan termoyadro sintezi haligacha amalga oshmadi. Bu
yerdagi asosiy muammolarga issiqlikka chidamli yangi materiallar yaratish,
kuchli bir jinsli magnit maydonlar va yuqori haroratli o’ta otkazuvchan
materiallar hosil qilish masalalarini keltirish mumkin. Ushbu ma’lumotlarni
yuqorida zikr etilgan mavzularda tushuntirib o’tilganda o’quchilarda fanga
qiziqishi ortishi bilan birga tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda
bo’lish, ekologik xafni oldini olish tushunchalari shakllantiradi. Dunyoda
energetika muammosi dolzarb masalalardan biri bo’lib, bugungi kunda
energetika sohasi bo’yicha shug’ullanayotgan olimlarning kun tartibida turibdi.
XXI asr fan taraqqiyoti yuksalib texnik - texnologiyalarning rivojlanishi bilan
birga insonni normal yashash imkoniyatini yaratish, uni yetarli energiya, oziq-
ovqat bilan ta’minlash asosiy masalalardan biridir. Hammaga ma’lumki, yer
qazilma boyliklarining energetik zahirasi kamayib bormoqda. Ammo, unga
bo’lgan ehtiyoj ortib, hozirgi kunda yer yuzida aholi soni yetti milliardga yetdi.
Insoniyat foydalanayotgan
energetika manbalarining quyidagi turlari mavjud:
neft, ko`mir, gaz, atom, biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal
energiyalar. Bu energiya manbalarini o`z navbatida ikki turga bo`lish mumkin.
Biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiya – yangilanuvchi; neft,
ko`mir, gaz, atom energiyasi – yangilanmaydigan. Bu resurslardan olingan
energiya elektr energiyasi, kommunal xizmatlarga (binolarni isitish, issiq suv
bilan ta`minlash) sarflanadigan energiya kabi ko`rinishlarda bo`ladi. 2008-yilda
jahon bo`yicha energiya iste`moli 15 TW (terawatt, 10
12
w) ga teng bo`ldi, buni
ta`minlashda har yilgidek yangilanmaydigan energiya resurslari katta ahamiyat
kasb etib kelmoqda. Lekin keyingi 10-20 yil ichida yangilanadigan
resurslarning ham ulushi ortib borayotganligini ko`rishimiz mumkin.
Quyidagi diagrammada jahon energiya ta’minoti keltirilgan.
Yangilanmaydigan resurslarning tanqisligi va narx jihatdan qimmatligi
sababli, ko`pgina davlatlar yangilanadigan resurslar orqali o`zlarining energiya
iste`molini ta`minlashga harakat qilishmoqda. Shu boisdan quyosh energiyasini
rivojlantirish ham dolzarb masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Yer
atmosferasiga yiliga quyoshdan 120 000 TW (terawatt, 10
12
w) energiya
kelib tushadi. To`g`ri, bu energiyaning hammasini ham o`zlashtirish mumkin
emas, lekin uning 0,002% i ham jahonning energiyaga bo`lgan ehtiyojini
butunlay qoplashga yetadi
da keng ommalashayotgan hamda 70 dan ortiq mamlakatlarda foydalanib
kelinayotgan energiya turlaridan yana biri bu – geotermal energiyadir. 2007-
yilda 10 GW elektr energiyasi va 270 PJ issiqlik energiyasi geotermal energiya
hissasiga to`g`ri keladi. Energiyaning bu turi bir qator afzalliklarga ega: tekin,
quruqlikning istalgan maydonidan olinishi mumkin, suv va havoni
ifloslantirmaydi hamda energiyaning bu turi kichik turdagi korxonalar
tomonidan olinadi.
Energiya iste`moli jahon bo`yicha turlicha taqsimlangan. Yaponiya va
Germaniyada har bir kishiga 6 kW, AQSH da 11,4 kW, Hindistonda esa 0,7kW.
Bangladeshda esa bu ko`rsatkich eng past – 0,2 kW ni tashkil etadi. Rivojlangan
mamlakatlar butun dunyo energiyasining asosiy iste`molchisidir. Xususan,
AQSH jahon energiyasining 25 % ini iste`mol qiladi. Lekin keyingi 10-20 yil
ichida rivojlanayotgan mamlakatlardagi energiyaga bo`lgan iste`molning
o`sishini kuzatishimiz mumkin. Birgina Xitoyda energiyaga iste`moli yiligi
o`rtacha 5,5% lik ko`rsatkich bilan o`smoqda:
Dostları ilə paylaş: |