8 Fransiyada tanqidiy realizm adabiyoti 1. Pyer Ogyusten Karon Bomarshening
ijodiy merosi.
2. Frederik Stendal ijodi.
3. Onore de Balzak ijodi.
4. Prosper Merime novellalarining
fransuz tanqidiy realistik adabiyotidagi
o‘rni.
5. Gyustav Flober ijodi.
Fransuz adabiyotida tanqidiy realizmning vujudga
kelishi. Pyer Ogyusten Karon Bomarshe (1732-
1799)ning ijodiy merosi. „Seviliyalik sartarosh“,
„Figaroning uylanishi“ komediyalari.
XIX asrning 1- yarmida yuz bergan fransuz
inqiloblarining badiiy adabiyotga ta'siri. Frederik
Stendal (1783-1842) ijodi. „Qizil va Qora“ romani
davrning realistik xronikasi ekanligi. Asarning siyosiy
ahamiyati.
Onore de Balzak (1799-1850) ijodi. „Insoniyat
komediyasi“ turkumining yaratilish tarixi. „Gorio ota“,
„Yevgeniya Grande“, „Gobsek“ asarlarida burjua
axloqining va boylikka hirs qo‘yishning tanqid
qilinishi.
Prosper Merime (1803-1870) novellalarining
fransuz tanqidiy realistik adabiyotidagi o‘rni. Adib
hikoyalarida real hayot va ijtimoiy masalalar talqini.
Gyustav Flober (1821-1880) ijodi. Floberning
siyosiy-ijtimoiy va estetik qarashlaridagi ziddiyatlar.
„Bovari xonim“ romanida X1X asr Yevropa jamiyati
ijtimoiy- siyosiy, estetik xomxayollarining fosh etilishi.
2
9 Ingliz tanqidiy realizm adabiyoti 1. Valter Skott – Yevropa tarixiy
romanchilik maktabining asoschisi.
2. Charlz Dikkens tanqidiy realizmning
yirik vakili.
3. Vilyam Tekkerey hayoti va ijodi.
XIX asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi.
Chartistlar harakati va matbuoti. Valter Skott (1771-
1832) -
Yevropa tarixiy romanchilik maktabining
asoschisi.
Charlz Dikkens (1812-1870) ijodi. Dikkens tanqidiy
realizmning yirik vakili. «Oliver Tvistning boshidan
kechirganlari» asarida bolalar tarbiyasi va boshqa
ijtimoiy-siyosiy masalalarning aks etishi.
Vilyam Tekkerey (1811-1863) hayoti va ijodi.
„Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi“ asarida satira va hajv.
2