O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Ro‘yxatga olingan:
№ BD-5111200-3.13
JAHON ADABIYOTI
fanining
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti
Nukus – 2019
2
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2016- yil 25-avgustdagi 355- sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan o‘quv
dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
S.Matyakupov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi.
H.Allambergenov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Taqrizchilar:
K.Quramboyev – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori,
filologiya fanlari doktori
K.Tashanov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi.
3
Kirish
„Jahon adabiyoti“ fani o‘quv dasturida antik jamiyat va uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni
haqida ma’lumot beriladi. Yunon adabiyoti, uning mifologik asosi, qahramonlik eposi, yunon
tragediyasi va komediyasi haqida tushuncha beriladi. Rim, Provans adabiyoti va uning ritsar
lirikasining rivojidagi o‘rni tushuntiriladi.
O‘rta asrlar shahar adabiyoti, klassitsizm, sentimentalizm – XV-XVII asrlardagi asosiy adabiy
yo‘nalishlar ekani, ma’rifatparvarlik adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, romantizm – XVIII asr
oxiri va XIX asr boshlaridagi adabiy oqim ekani haqida ma’lumot beriladi. Jumladan, janrlar rivoji,
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida realizm oqimining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi, shu asr
yozuvchilarining ijodi bo‘yicha tushunchalar taqdim etiladi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi
jahon adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, adabiy yo‘nalishlarning turli-tumanligi: naturalizm,
impressionizm, simvolizm, modernizm, postmodernizm va boshqa yo‘nalish hamda oqimlar
yuzasidan tasavvur uyg‘otiladi. Talabalar jahon adabiyotdagi so‘nggi yangiliklarni aks ettiruvchi
O‘zbekiston Respublikasi matbuoti – „Jahon adabiyoti“ jurnali bilan tanishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |