Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan



Yüklə 453 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix15.02.2023
ölçüsü453 Kb.
#84425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-курс-Жахон-адабиёти

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan
uzviyligi va ketma-ketligi
„Jahon adabiyoti“ fani o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichining
3- kurs 5-6 semestrlarida o‘qitiladi. Mazkur fan „O‘zbek adabiyoti tarixi“, „Adabiyot nazariyasi“,
„O‘zbek xalq og‘zaki ijodi“ singari fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda, uzviylikda va ketma-ketlikda
o‘qitiladi.
Fanning ta'limdagi o‘rni
„Jahon adabiyoti“ fani yuzasidan beriladigan ma’lumotlar yetuk filolog-pedagoglarni
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur fanni o‘qitish orqali talabalarda jahon adabiyoti
durdonalarini o‘qishga, uqishga, idrok etishga, tushunishga intilishni kuchaytirish mumkin. Fanni
o‘rganish talabalarda insonparvarlik, vatanparvarlik va gumanistik tuyg‘ularini shakllantiradi,
dunyoqarashini kengaytiradi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar
„Jahon adabiyoti“ fani bo‘yicha dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar
mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida
o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi.
Fanni o‘qitishda ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash maqsadga muvofiq. Xususan, „Bumerang“, „Fikrlar hujumi“, „Tarozi“, „Slayd-shou“,
„Qanday?“, „FSMU“ singari pedagogik texnologiyalarni, „Munozarali dars“, „Debat“ kabi
metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshiradi. Shuningdek, „Jahon adabiyoti“ fani bo‘yicha
yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua va slaydlar, tarqatma materiallar, ko‘rsatmali qurollardan
foydalanish, didaktik o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Fan yuzasidan pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda test usuli, og‘zaki so‘rov va
yozma ish turlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Reyting tizimini izchil tatbiq etish orqali talabaning fan
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayoni muntazam nazorat qilib boriladi.

Yüklə 453 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin