O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O’zbek tilshunosligi kafedrasi
O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIYASI
ma’ruza matnlari
2
Terminologiyaning obyekti, maqsadi va vazifalari
Reja
1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3. Terminologiyaning boshqa sohalar bilan aloqasi.
Adabiyotlar
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv.
– T.: 1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.
– M., 1977.
8. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
-T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan
ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat
sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va
tterminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi. Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan
atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas.
Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa
arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya
masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan.
Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini
belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
3
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan,
nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus
so‘zlardir” degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda
ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi.
1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi.
2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham
kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi
farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi
tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror
tushunchaning
ifodasidir,
nomidir,
professionalizm
esa
biror
kasb,
mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning
qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda,
tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak,
xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi.
H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi:
“Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan,
qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan
nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat
(geometriyada);
ega,
kesim
(tilshunoslikda);
qofiya,
turoq,
vazn
(adabiyotshunoslikda) kabi ”
Qoraqalpoq tilshunosi professor Esemurat Berdimuratov “Qaraqalpaq
terminologiyasi” (1989) kitobida termin va professionalizm haqida qarashlarini
quyidagicha bayon qiladi: “Haqiyqatinda termin menen professionalliq so‘z
birligi ajiralip turadi. Professionalliq so‘zler sol kasip tarawinda tariyxiy
dawirler dawaminda payda bolg’an, sol kasiptin’ talabina xizmet etedi, sol
ortaliqta jiyi qollaniladi… Al terminler bolsa, belgili turmis tarawinda, aytayiq,
ilim, texnika, ma’deniyat, ja’miyetlik–siyasiy turmis, sanaat ha’m awil xojalig’i
4
h.t.b boyinsha ug’imlardi ataydi ham definitivlik jaqtan aniqlaydi, yag’niy
ug’imdi tusindiredi. Terminler rasmiylestirilgen til birligi. Olar barliq waqitta
ja’miyetlik baqlawda boladi» .
Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima ) yoki turg’un
birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi.
Haqiqatan ham, terminlarga munosabatda soha mutaxassislari va
terminshunos olimlar hamkorlikda ish olib borib, o‘zgartilayotgan yoki
alamashtirilayotgan terminlarning sodda, ixcham, eng muhimi, xalqqa
tushunarli bo‘lishini ta’minlash ishiga bosh qo‘shishlari ayni muddao bo‘lur
edi. Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi
lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga
etkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda
etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”
1
da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni,
atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy
tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning
o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”
2
deb ko‘rsatilgan
terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama
sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z
tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng
muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni
o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi.
Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali
kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va
fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi. Masalan, bankrot
– sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi),
1
Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – B. 19.
2
Potebnya A. A. Iz zapisok po russkoy grammatike. – M.: Uchpedgiz., 1958. T.I. – S. 19.
5
jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub -
tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet –
kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh,
omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va h. Ma’lum bir terminni
o‘zgartirish uchun uning keyingi taqdirini ham hisobga olish kerak-ku. Kurs
terminini bosqich deb oladigan bo‘lsak, kurs asosidan hosil qilinadigan
yasalmalarning taqdiri nima bo‘ladi? Unda kursdoshni bosqichdosh, kurs ishini
bosqich ishi deyish kerakmi? Yoki omonim termini bilan bog‘liq omofon,
omograf, omonimiya terminlariga nima deb nom beramiz. Achinarlisi, sinonim,
omonim, antonim terminlari 5-sinf Ona tili darsligiga yuqorida aytganimizdek
kiritib yuborilgan. Bunday holni ijobiy baholab bo‘lmaydi. Aksincha, u soha
xodimlarini, o‘quvchini, qolaversa, xalqni chalg‘itadi. Oxir-oqibat adabiy
me`yor buziladi. Shuning uchun ham terminlarni, sohalar terminologiyasini
tartibga keltirish, ya’ni unifikatsiya qilish kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, sohalar terminologiyasining matnini
ham adabiy orfografik, lug‘aviy-uslubiy mezon talablariga mos holda bayon
qilinishiga alohida diqqat qaratmoq lozim. Chunki ommaga taqdim qilinayotgan
matnlar ixcham, sodda va tushunarli bayon qilinishi kerak. Bu borada biz
ko‘proq to‘qnash keladigan sohalardan biri ijtimoiy-siyosiy hujjatlar va boshqa
terminologik qatlamlardagi turli yo‘riqnomalar va tavsiyalar tilidir. To‘g‘risi,
ba’zi bir matnlarda bayon qilingan ifodalarni birinchi o‘qishda uqib olish qiyin.
Uni qayta-qayta o‘qib zo‘rg‘a o‘zingizga kerakli ma’lumotni tushunib olasiz.
Terminlarga munosabatda, terminologik tizimini yangilash, o‘zgartirish
va takomillashtirishda tilning rivojlanish qonuniyatlariga, uning lug‘aviy
tizimini me`yorlashning o‘ziga xos ob`ektiv talablariga, mezon, ilmiy o‘lchov
hamda tamoyillariga amal qilgan holda ish tutish g‘oyat muhimdir.
Filologiya
fanlari
doktori,
G‘.Abdurahmonov
shunday
yozadi:
«Atamalarning aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati
darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil
sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot
6
to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi
ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi,
tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib
borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va
tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi». Demak,
terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda
ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.
H.Bektemirov va E.Begmatovlar o‘zlarining “Mustaqillik davri
atamalari” kitobida shunday yozadi: “Tilga xohlagan so‘zni kiritaverish, undan
xohlagan so‘zni xohlagan paytda chiqarib yuborish mumkin deb hisoblash xato
fikrdir...Til hayotiga, nutqiy amaliyotga aralashishning o‘rni, me`yori va buning
darajasini bilish hamda o‘sha asosda ish ko‘rish ilmiy terminlarni tartibga solish
va takomillashtirishning eng to‘g‘ri yo‘lidir”
Kursning maqsadi talabalarni terminologiyadagi – norma (meyor)
masalalariga, adabiy til va funktsional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga
oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga
o‘zbek terminologiyasining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari
haqida ma’lumot berish.
Kursning vazifalari: a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy
tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish; b)
terminologiyadagi me`yor (norma) bo’lgan va meyor bo’lmagan belgi-
xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali
nuqtalarni aniqlash va h.
Terminologiya lingvistik va nolingvistik sohalarning barchasi bilan
chambarchas bog’liq deyish mukin. Fanning biror tarmog’ yo’qki, unda maxsus
so’zlar, yani terminlar uchramasa.
7
Savollar
1. Tilda chegaralangan qatlamga nimalar kiradi?
2. Termin nima?
3. Terminologiya nimadan bahs yuritadi?
4. Termin leksemadan qanday farqlanadi?
5. Kasb-hunar so’zlari nima?
6. Terminlashish hodisasini qanday tushunasiz?
7. Determinlashish hodisasini qanday tushunasiz?
8. Terminologiya qanday sohalar bilan aloqador?
8
Termin va terminologiyaning o‘rganilish tarixi
Reja
1. Termin va terminologiyaning o‘rganilish tarixi.
2. O‘zbek terminologiyasi bo‘yicha maydonga kelgan ishlar.
Adabiyotlar
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv.
– T.: 1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya
– M., 1977.
8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
-T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
O`zbek tili terminshunoslik sohasining hozirgi darajasi, ilmiy qiymati
bevosita rus hamda boshqa xalqlar terminshunoslarining ishlari bilan
chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan qaraganda, N.A.Baskakov, L.A.Bulaxovskiy,
G.O.Vinokur, V.V.Vinogradov, A.A.Reformatskiy, D.S.Lotte, S.A.Chapligina,
T.L.Kandelaki, V.P.Danilenko kabi o`nlab terminshunos olimlarning ishlari
o`zbek terminshunosligining qaror topishiga o`zining katta hissasini qo`shdi.
Turkiy
xalqlar
tilshunoslarining,
jumladan,
M.Sh.Gasimov,
B.U.Oruzbaeva, R.A.Urekenova, F.S.Faseev kabi olimlarning ishlari ham
o`zbek terminologiyaning rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi.
Ma’lumki, tilshunoslikning eng dolzarb, g‘oyatda murakkab, ham nazariy,
ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi terminologiyadir.
9
XX asrning 30-yillari o‘zbek tilining ko‘plab terminologik lug‘atlari
tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma’no va
mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va yasalishi, taraqqiyot yo‘li va boyish
manbalari haqida nazariy masalalari ham ishlab chiqildi.
Ulug‘ Tursunov, birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tili terminologiyasi
masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va ushbu masalaga bag‘ishlab
asarlar yozdi: «Til-terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi», «O‘zbek
terminologiyasi masalalari», «Terminologiya masalalari», «O‘zbek adabiy tilida
so‘z-terminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil qilish,
to‘plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr etish sohasidagi turli xil
qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari,
terminologiya sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol
ko‘zga tashlana boshlashi ta’kidlanadi. Masalan, bir tushunchaning turlicha atala
va yozila boshlashi; aniq va ixcham terminlar o‘rniga uzundan uzoq izohlarning
berilishi; termin yaratishda ona tili imkoniyatlaridan kam foydalanish; o‘zbek
terminologiyasini boyitishdagi manbalardan biri tashqi omilga turlicha
yondashish faktlari mavjudligi ko‘rsatildi.
Prof. U.Tursunovning terminologiya masalalariga baqishlangan asarlarida
ikki muammo alohida o‘rin tutadi: 1. Terminlarning qo‘llanilishi. 2.
Terminologiyaning boyish manbalari.
Terminlar qo‘llanilishi haqida fikr yuritar ekan prof. U.Tursunov ularni
uch guruhga ajratib tahlil qiladi: a) bir sohada qo‘llaniladigan terminlar; b) har
xil sohada qo‘llaniladigan terminlar; v) termin ham oddiy so‘z sifatida
qo‘llaniladigan terminlar.
Prof. U.Tursunov asarlarida o‘zbek tili terminologiyasining boyish
manbalari batafsil yoritilgan. O‘z asarlarida U.Tursunov o‘zbek tili terminologik
tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot
beradi. O‘zbek tili terminologik tizimlarining rivojlanishi, shakllanishi va
takomillashuvida shu tilning ichki imkoniyatlari asosiy rolni o‘ynaydi. Chunki
10
hayotda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarinshlar, fan va texnika hamda
madaniyatning
rivojlanishi
tilning
ichki
imkoniyatlaridan
maksimal
foydalanishni taqozo etadi. Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham u yoki
bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular
quyidagilardan iborat:
1.
Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi.
2.
Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3.
Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi.
Qator terminologik sistemalarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan
unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so‘z yasash terminologiyada amal
qilinadigan doimiy va an`anaviy yo‘ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator
leksik qatlamlar semantik o‘zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi
mumkinligini ko‘rsatdi. Ular biror ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan
o‘zbek tilining odatdagi so‘zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:
1.
Ro‘zg‘or buyumlari nomlari: qozon, cho‘mich, quti, kurak, panjara,
pichoq kabilar.
2.
Odam yoki hayvon a’zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq,
bo‘g‘iz, qanot kabilar.
3.
Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‘zgu, qalpoq kabilar.
4.
Texnikaga oid bo‘lmagan so‘zlar: kalit, burqi, pona, payvandlash
kabi texnik termin sifatida qo‘llaniladi.
Sanab o‘tilgan odatdagi so‘zlarni termin deb qabul qilinar ekan, o‘sha so‘z
ifodalaydigan tushuncha belgilari yoki ma’nolaridan bittasi termin anglatishi
lozim predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim. Bunday so‘zlar
termin bo‘lishi uchun ular olimlar tomonidan ta’riflanadi va mantiqan qanday
ma’no anglatishi chegaralab ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng qaysi sohaning termini
ekanligi qayd etiladi.
So‘zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‘zning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi va util terminologiyasini boyitishga xizmat qiladi. Morfologik usul bilan
11
termin yasashda o‘zak-negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday
termin yasash o‘zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish),
-lash, -cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, em buqlatgich;
mashinasoz, asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burq’ilash,
payvandlash; bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabilar.
O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik
usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi
shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek,
o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi.
Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish
ko‘radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qanday so‘zlardan tashkil topganiga
qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin:
Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‘ mashina, shamol tegirmon,
moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, samolyotning
parragi kabilar.
Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot,
magnitli diska, tirkama plug, halqasimon zichlagich kabilar.
Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‘ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‘zi
yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha
kabilar.
O‘zbek terminologiyasining tashqi manbalar hisobiga boyishi.
Hozirgi o‘zbek terminologiyasini yaratishda boshqa tillardan olib
foydalaniladigan leksik material etimologik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
1.
Arab va fors-tojik so‘zlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub
bo‘lgan so‘zlar yordamida termin yasash ko‘proq davlatni boshqarish, ta’lim-
tarbiya va fan, madaniy qurilish sohalariga oid bo‘lib, ular XX asrning
boshlaridan uning 90-yillarigacha yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli,
bir nuqtada saqlandi. XX asrning 90-yillaridan so‘ng islomiy leksikaning hajmi
ko‘paydi. Chunonchi nur, hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat,
12
ittifoq, millat, ma’rifat, maorif, doira, markaz, nisbat, isbot, san`at kabilar arab
tilidan; barg, dastgoh, ohang, rang, poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan
so‘zlardan hosil bo‘lgan terminlar sanaladi.
2.
Rus tilida qo‘llaniladigan so‘zlar. Rus tilida o‘zlashtirilgan
terminlarning ba’zilari etimologik jihatdan rus tiliga boshqa tillardan kirgan
baynalminal terminlardir. Masalan: parovoz, teploxod, samovar, samolyot,
minor, gamma, tsilindrlar, bruslar, basketbol korzinasi so‘zlari ruscha; omonim,
sinonim, metafora, vergul, metonimiya, sinekdoxa so‘zlari grek-lotincha asosda
shakllangan.
Xullas, o‘zbek terminologiyasi haqidagi prof. U.Tursunovning
fikrlari bugungi tilshunosligimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb tadi.
K.M.Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga
qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin
birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni
yaratishda har xil avlodga mansub bo‘lgan turli me`morlar, loyihachilar,
kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi
o‘rgangan holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos
murakkablik ham shu bilan belgilanadi
1
.
Shu bilan birga N.A.Baskakov
2
, N.K.Dmitriyev
3
, F.S.Faseyevlarning
4
,
keyinchalik turkiy tillar materiallari asosida terminlarni o‘rganish bo‘yicha
B.U.Oruzbayeva
5
, R.A.Urekenova
6
, M.Sh.Gasimovning
7
ishlarini ko‘rsatish
mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda barcha tillardagi sohaviy terminologiyalar uchun
umumiy bo‘lgan quyidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tilgan: terminlarning
ko‘p ma’noliligi; terminlar sinonimiyasi; ma’lum bir tushunchani ifodalashga
1
Qarang: Musaev K.M. Formirovanie, razvitie i sovremennыe problemы terminologii. – M.: 1986. -S.163.
2
Baskakov N.A. Sovremennoe sostoyanie terminologii v yazikax narodov SSSR. – M., 1959. – 27 s.
3
Dmitriev N. K. Grammaticheskaya terminologiya v uchebnikax rodnogo yazыka. – M.: APN RSFSR, 1955.
4
Faseev F.S. Tatar telende terminologiya. – Kazan, 1969.
5
Oruzbaeva B.U. Slovoobrazovanie v kirgizskom yazike. – Frunze, 1964.
6
Urekenova R.A. Obrazovanie terminov v kazaxskom yazike. – Alma-ata, 1980.
7
Gasimov M. Sh. Osnovi terminologii azerbaydjanskogo yazika: Avtoref. dis. ... d-ra filol. nauk. – Baku, 1972;
Azerbajchan dili terminolokijasinin asaslari. – Baku: elm, 1973.
13
xizmat qiluvchi terminning anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyatiga
uyg‘un bo‘lmasligi; terminning ko‘p komponentlardan iborat bo‘lishi va
natijada, uni qo‘llashdagi noqulaylik; termin talaffuzining noqulayligi
(bunday terminlar ikki sababga ko‘ra vujudga keladi: 1) asosiy terminni
yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari etarlicha inobatga olinmaydi; 2)
xorijiy terminni o‘zlashtirishda unga jiddiy e`tibor bilan qarab, tanqidiy
yondoshilmaydi); terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy terminlar
bilan to‘ldirib tashlanishi; termin yaratilishida u anglatishi lozim bo‘lgan
tushuncha mohiyati bilan o‘zaro batartiblik (sistemalilik)ning etishmasligi
kabilardir
1
.
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi
shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek,
tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir
2
. Chunki ilmiy
adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan
bo‘lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib
qolaveradi. Shu bois, V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning
taraqqiyot
ko‘rsatkichi
shu
soha
terminologiyasining
«qat`iy
ilmiy
terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu erda
«qat`iy ilmiy terminologiya» tushunchasini biron bir sohaviy terminologiyaning
mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning
ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va
muomalada bo‘lib turgan terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi
kabi holatlarni nazarda tutadi
3
.
Terminlarning «aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi,
madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi
fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq.
Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi,
tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta
1
Qarang: Lotte D.S. Osnovi postroeniya nauchno-texnicheskoy terminologii. – M.: Izd-vo AN, 1961. – S.7-8.
2
Qarang: Nurmonov A. va boshq. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. –T.: Sharq, 2002. –B. 62-63.
3
Qarang: Danilenko V.P. Russkaya terminologiya: Opit lingvisticheskogo opisaniya. -M.:Nauka, 1977. -S.157.
14
ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida
dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning
ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi»
1
.
O`zbek terimnologiyasida o`tgan asrning 50-yillaridan keyin qator salmoqli
ilmiy ishlar amalga oshirilganligi, ya`ni nomzodilik va doktorlik dissertatsiyalari
yoqlanganligi, monografiyalar va risolalar chop etilganligi, yuzlab maqolalar
e`lon qilinganligi ma`lum. Bu borada Nasim Mamatovning “O`zbek paxtachilik
terminologiyasi” (1955), Sobirjon Ibrohimovning “Farg`ona shevalarining
kasb-hunar leksikasi”(1959) kabi ishlarini atab o`tish o`rinli. Saidolim
Usmonovning “O`zbek terminologiyasining ba`zi masalalari” (1968) va boshqa
tadqiqotlar terminologiya sohasida olib borilgan samarali ishlar deyish mumkin.
O`zbek tili terminologiyasining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan olimlardan
biri professor Renat Doniyorov hisoblanadi. Uning “O`zbek tili texnik
terminologiyasining ayrim masalalari” (1977) kitobida o`zbek tili texnik
terminologiyasini tartibga solish, undagi qator chalkashliklarning oldini
olish kabi masalalar o`rin olgan. Mazkur ish texnik terminologiyani tadqiq
qilish ishiga katta hissa bo`lib qo`shildi deyish mumkin. N.Ikromova
o`zining “O`zbek taomlari leksikasi” ishida esa o`zbek taomlari
nomlarining lisoniy xususiyatlari haqida so`z yuritadi.
Shu bilan birga, o`zbek tili leksikasi masalalari “Hozirgi zamon o`zbek
tili”
2
, “Hozirgi o`zbek adabiy tili”
3
kabi tadqiqotlar va darsliklarda ham o`z
ifodasini topgan. 1981-yilda O`zFA Til va adabiyot institutining bir guruh
tilshunos olimlari tomonidan “O`zbek tili leksikologiyasi” nomli yirik ish
maydoniga keldi.
O`zbek tilshunosligida ona tili leksikasining o`rganishga bag`ishlangan
ayrim monografiyalar chop etildi. Bu o`rinda B.Bafoyev (Navoiy asarlari
1
Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti.-T.: O‘zbekiston, 2002.-B. 84-85.
2
Tursunov U. Muxtorov J, Rahmatullayev Sh. Hozirgi o`zbek tili (morfologiya, leksika). – Toshkent, 1971.
3
Shoabdurahmanov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyarov X. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –
Toshkent, 1980.
15
leksikasi, Toshkent, 1983.) va E.Begmatovlarning (Hozirgi o`zbek adabiy
tilining leksik qatlamlari. Toshkent, 1985.) monografiyalarni ko`zda tutamiz.
O`zbek tilshunosligida leksik qatlamlarni qiyosiy o`rganish masalalari
bo`yicha ham ancha ishlar qilinganini kuzatish mumkin. Bu borada
I.Ismoilovning 1966 yilda nashr ettirgan monografiyasi muhim ishlardan biri
sanaladi.
1
Muhimi shundaki, mazkur ishda o`zbek va uyg`ur tillardagi qon-
qorindoshlik terminlarilarining paydo bo`lishi va amalda qo`llanish me`yorlari
atroflicha tahlil etilgan. D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan “O`rta
Osiyo va Qozog`iston turkiy tillari leksikasining taraqqiyoti” deb nomlangan
yirik tadqiqot maydonga kelganligini ham ta`kidlash o`rinli. Unda Markaziy
Osiyo hududidagi turkiy tillarda qo`llanilgan zoologik terminlar tadqiqot obyekti
qilib olingan.
1990-yili I.Ismoilov, K.Meliyev, M.Saparovlar tomonidan “O`rta Osiyo va
Qozog`iston turkiy tillar leksikasidan tadqiqot” nomli ish maydonga keldi.
Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga
bag`ishlangan muhim ishdir. Unda “O`rta Osiyo va Qozog`iston hududidagi
turkiy tillar so`z boyligining maxsus atamalari - uy-ro`zg`or buyumlari, mevali
daraxt va poliz ekinlari nomlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan.
H.Dadaboyevning “XI-XI U asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi
ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiya”
2
mavzusida yaratilgan
tadqiotida o`zbek tilidagi, jumladan, turkiy tillardagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
iqtisodiy terminologiyaning paydo bo`lishi va tilda qo`llanish mummolari
atroflicha o`rganilgan. Unda ayniqsa, O`rta Osiyo hududidagi turkiy xalqlar
tillaridagi yurt, ulus, balыq (“shahar” ma`nosida), yasaq (“huquq, qonun”
ma`nosida), ordu, qazi, og`riliq, jaza, yug`rush (“vazir” ma`nosida) kabi yuzlab
ijtimoiy-siyosiy terminlar ishlatilganligi, Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu
lug`otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadug`u bilig”, Ahmad Yugnakiyning
“Hibat al-haqoyiq”, Zamaxshariyning “Muhaddimat al adab”, Sayfi Saroiyning
1
Ismoilov I. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari .-Toshkent, 1966.
2
H.Dadaboyev. XI-XI U asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
terminologiya . –Toshkent, 1991.
16
“Guliston bi-t-turkiy”, Qutbning “Xisrav va Shirin”, Rabg`uziyning “Qissasi
Rabg`uziy” kabi asarlaridan olingan terminlar misollar bilan isbotlab berilgan.
Shu bilan birga, terminlarning paydo bo`lish tarixiga, ularning yasalish
qonuniyatlariga hamda boshqa tillardan o`zlashtirilgan terminlar hisobiga
boyishi masalalariga ham alohida e`tibor berilgan.
Mustaqillik yillarida ham terminologiya masalalari tilshunos olimlarning
nazaridan chetda qolmada, albatta. Bu davrda terminlarga xos xususiyatlarni
yangi aspektda tadqiq qilish ko`zga tashlanadi. Jumladan, Pardayeva I. (O`zbek
tilining zargarlik terminologiyasi: nomzod diss.), N.Usmonov (O`zbek tilining
pedagogik
terminologiyasi:
nomzod.
diss.)
A.Plexanova
(Ma`naviy
qadriyatlarni ifodalovchi leksemalarning funksional semantik va lingvistik
xususiyatlari), F.Xalilov (Rus va o`zbek tillarida astronomik terminlarning
so`z yasash aspekti), L.Abdullaeva (Xalqaro aloqalar leksikasi sferasi
(o`zbek va rus tillari materiallari misolida), 3.Mirxoliqov (O`zbek tilida
baliq nomlarining lug`aviy-ma`noviy va grammatik xususiyatlari:
nomzod diss.), M.Saidova (Namangan shevalaridagi qarindoshlik
terminlarining leksik-semantik tahlili: nomzod. diss.), A.To`raxojayeva
(Mustaqillik
sharoitida
o`zbek
tili
ijtimoiy-siyosiy
leksikasining
taraqqiyoti) va boshqa tilshunoslarning nomzodlik ishlarida sohalar
terminologiyasining o`ziga xos lisoniy xususiyatlari o`z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |