kabilarni
kiritish mumkin.
28
O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish borasida yangi
qadamlar qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek
tili leksikasiga oid
tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar
birin-
ketin maydonga keldi.
Alohida qayd etish lozimki, 1989- yil oktabrda o`zbek tili davlat tili
haqida qonunga ega bo`ldi. Shuningdek, yana bir olamshumul voqeani qayd
etib o`tish o`rinlidir. 1991-yili 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi sobiq
ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo`lib o`z mustaqilligini e`lon qildi.
Bu muhim dalillar tilda qadimdan qaror topib kelgan lisoniy informatsiya
almashish jarayonini yanada keng miqiyosda rivojlantirishdan iborat muhim
vazifani ko`ndalang qildi. Pirovardida, hayotning barcha jabhalarini qamrab
olgan sohalar bo`yicha yuzaga kelayotgan lisoniy materiallarni o`zbek tili
qonun-qoidalari va talablari doirasida qayta ko’rib chiqish lozimligini taqoza
qildi. Ayniqsa, bu jarayonda ijtimoiy-siyosiy hujjatlar va adabiyotlarni
mukammal yaratish masalalari muhim rolni o`ynaydi. Zero, O`zbekiston
Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining 7-moddasida “Davlat tili
rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy
qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta`minlaydi, shu
jumladan, uni hamma e`tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy
atamalarni joriy qilish hisobiga ta`minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va
Oliy Majlis tegishli qo`mitasinang roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi”
deyilgan.
1
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-
moddasida shunday yozilgan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek
tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat
va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi,
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
1
O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuni. 1989- yil 21-oktyabrda qabul qilinib, 1995- yil 21-
dekabrda Qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahriri. –Toshkent, 1995.
29
Avval Respublika muassasalararo terminologiya komissiyasi nomi bilan
tuzilgan komissiya musta
q
illikdan keyin O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Ma
h
kamasi
h
uzuridagi Terminologiya komiteti sifatida ish boshladi. Uning
40dan orti
q
so
h
alar bo`yicha ish olib boruvchi tarmo
q
lari ish boshladi. Natijada
so
h
alar terminlari tilshunos olimlar va soҳa mutaxassislari ko`magida
unifikatsiya
q
ilindi va tartibga keltirildi. Ammo shuni
h
am aytish mumkinki, bu
jarayonda ba`zi subyektiv sabablar tufayli terminbozlik illatlari ҳam namayon
bo`la boshladi. Ayrim “yangilikparvarlar” oldindan ishlatilib kelinayotgan
baynalminal terminlarni yoppasiga almashtirish, ya`ni yangi yasalmalar yoxud
arabcha, fors-tojikcha so`zlar bilan almashtirish payiga tushdilar. Masalan,
gazeta-ro`znoma; jurnal-oynoma, oybitik, majalla, jarida; samolyot-tayyora,
aeroport-tayyoragoҳ;
respublika-jumҳuriyat;
rayon-noҳiya;
avtobus-
ko`po`rindi
q
; radio-ovoznigor; institut-oliygoҳ; fakultet-kulliyot; kurs-bos
q
ich;
pensiya-nafa
q
a; posobiya-nafa
q
a; prezidium-rayosat; jyuri-ҳakam; arbitr-
hakam kabi.
30
Sohalar terminologiyasi
Reja
1. Soha terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi.
3. Pedagogik terminologiya.
4. Texnik terminologiya.
7. Boshqa sohalar terminologiyasi.
8. Terminologik lug’tlar.
Adabiyotlar
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.:
1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya –
M., 1977.
8. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
-T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o`tmishdan idirishimizga
to`g‘ri keladi. Bunga xalq o g‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan yuzlab
terminlarni keltirish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug’otit turk”
asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o`tishi
bilan ular son va sifat jihatdan o`zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay
boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo`y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa,
qissaxon, badiz, badizchi, terma, o`lan, lapar, yor-yor, she`r, shoir, ruboiy,
31
tuyuq, g‘azal, chiston, masnaviy, fard, murabba, muxammas, doston, roman,
drama, komediya, tragediya, poema, libretto, etyud, novella kabilar shular
jumlasidandir. Ularning ko`pchiligi o`zbekcha terminlar bo`lsa, bir qismi arab,
fors-tojik va rus tili orqali o`zlashgan.
Adabiyotshunoslik
terminologiyasi
N.T.Hotamovning
“Razvitie
uzbekskoy literoturovedcheskoy terminologii v sovetskoy period” nomli
nomzodlik ishida o’z aksini topgan (1971).
Adabiyotshunoslikka oid terminologik lug’atlari bir necha bor
adabiyotshunos olimlar tomonidan tuzilgan. H.Homidiy, Sh.Abdullayev,
S.Ibrohimovalarning “Adabiyotshunoslik terminlari” (1967), V.Rahmonovning
“She`r
san`atlari”
(1972),
N.Hotamov
va
B.Sarimsoqovlarning
“Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug’ati” (1983),
A.Hojiahmedovning “O`zbek aruzi lug’ati” (1998), T.Boboyev va
Z.Boboyevalarning “Badiiy san`atlar” (2001), Y.Is’hoqovning “So`z san`ati
so`zligi” (2006) kabi lug’atlar shular jumlasidandir.
Bugungi o`zbek tilshunoslik terminlari til ҳodisalari bilan bog’liq
tushunchalarni to`la ifodalay oladi deyish mumkin. Aytish mumkini, til
sathlarining barchasida qo`llaniluvchi tushunchalarni ifodalaydigan terminlar
lug’ati yaratilgan. Sinonimlar, antonimlar, omonimlar, paronimlar, iboralar,
o`zlashma so`zlar, etimologik lug’at, imlo lug’ati, bevosita tilshunoslik
terminlari lug’ati kabilar shular jumlasidandir.
O`zbek tili tilshunoslik terminlari ham uzoq tarixga ega. Mahmud Kosh-
g‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida tilshunoslikka oid juda ko`plab
terminlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tilni maxsus tadqiot obyekti
sifatida o`rgangan Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” asarida o`sha
davr filologiyasi tushunchalarini ifodalovchi terminlarni uchratish mumkin.
O`tgan asrning boshlarida panislomistlar, panturkislar kabi oqim vakillari turli
soha terminlariga munosabat bildirib tilda har xillikning kelib chiqishiga
sababchi bo`lganligi ma`lum. Panislomchi guruh tarafdorlari leksikamizdagi
ruscha terminlardan voz kechib, arabcha terminlarni tadbiq qilish tarafida
32
bo`lganlar. Panturkistik oqim tarafdorlari esa o`zbek tiliga baynalminal so`z va
terminlarni kiritishga tamomila qarshi edi. Ular tilda yangi paydo bo`lgan
tushunchalarni ifodalash uchun faqat o`z tildagi so`zlardan foydalanishni taklif
qilganlar. Eskirgan so`zlardan foydalanish, ularning ham imkoni bo`lmaganda
boshqa turkiy tillardan so`zlar olish, uning ham iloji qolmaganda arabcha va
forscha terminlardan foydalanishni taklif qilganlar. Bu holatlar esa termin va
terminologiya masalalarini xalqqa to`g‘ri etkazishning imkonini bermasdi
albatta. Shuning oqibatida XX asrning boshlarida tilshunoslik terminlarida har
xilliklar va chalkashliklar hukm surgani adabiyotlardan ma`lum. Masalan,
Kishining og‘zidan chiqibda yozilganda o`ziga tegishli apt (shakl) va tovushga
ega bo`lgan narsaga tovushliq (harf) deb aytiladir. O`z boshli (mustaqil) va
ko`makchi so`zlar. Kitobni esa ruscha tez va bosilimlarini (urg‘u) joyida qo`yib
o`qiy bilmaganlari uchun, Saidiy o`qishi kerak edi. Shuningdek fonetika o`rnida
savtiyot, morfologiya o`rnida sarf, sintaksis o`rnida nahv so`zlari qo`llangan.
Bugungi o`zbek tilshunoslik atamalari til hodisalari bilan bog‘liq
tushunchalarni to`la ifodalay oladi deyish mumkin. Aytish mumkini, til
sathlarining barchasida qo`llaniluvchi tushunchalarni ifodalaydigan terminlar
lug‘ati yaratilgan. Sinonimlar, antonimlar, omonimlar, paronimlar, iboralar,
o`zlashma so`zlar, etimologik lug‘at, imlo lug‘ati, bevosita tilshunoslik
terminlari lug‘ati kabilar shular jumlasidandir. Ammo ba`zi lug‘at, darslik va
qo`llanmalarda tilshunoslik terminlarini ishlatishda ham har xilliklarni ko`rish
mumkin. Ayniqsa, maktab darsliklari bilan oliy ta`lim darsliklarida bunday holat
ko`zga tashlanadi. Masalan, termin o`rnida atama, sinonim-ma`nodosh,
antonim-zid
ma`noli,
omonim-shakldosh,
fonetik-tovushshunoslik,
leksikologiya-so`zshunoslik
kabi
holatlarni
kuzatish
mumkin.
Ammo
unutmaslik kerakki, bir-ikki terminni tarjima qilish yoki almashtirish bilan ish
bitmaydi. O`sha o`zgartirilayotgan termin bilan bog‘liq yasalmalarning ham
taqdirini hisobga olish kerak, albatta. Deylik, omonim terminini shakldosh
terminiga almashtirsak, omonimiya, omofon, omograf, omoleksema kabi
terminlarni qanday ataymiz.
33
Pedagogik terminologiya ta`lim tizimining barcha jabhalarida faol
ishlatiladi desak, xatolashmagan bo`lamiz. Tarixga nazar tashlasak,
DLTda 70ga yaqin ta`lim-tarbiyaga oid leksema borligi qayd etiladi. Demak,
Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi..
O`tgan asrning boshlarida Turkiston xalqlarining milliy ongining o`sishi,
maktab va madrasalarning isloh qilinishi, ularda dunyoviy bilimlarning kengroq
o`qitilishi natijasida pedagogik terminlarga bo`lgan ehtiyoj kuchaya borgan.
Behbudiy, Shakuriy, Ayniy, Hamza, Munavar qori, Avloniy va boshalarning
Rusiya, Qirim, Orenburgda ochilgan yangi musulmon maktablari, ularning
o`qitish va o`qitish usuli bilan tanishib, maҳalliy shaproitlarga moslashtirib
maktablar ocha boshladilar. Natijada shu maktablarga mos darslik va
qo`llanmalar maydonga keldi va bu darsliklarda ilk bor ta`lm-tarbiyaga oid
maxsus terminlar shakllana boshladi.
Pedagogik terminologiya masalalari N.Usmonov tomonidan maxsus
tadqiq qilingan. U pedagogik terminlarni avvalo, ikki katta guruhga ajratib
ko`rsatadi.
1.
Ta`lim nazariyasi terminlari.
2.
Tarbiya nazariyasi terminlari.
Shuningdek, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi terminlarning ichki
bo`linishiga ham e`tibor qaratgan.
1. Ta`lim sistemasiga aloqador terminlariga o`quv rejasi, o`quv predmeti,
ta`limning tarbiyalovchilik xarakteri.
2. Tarbiya sistemasiga oid terminlar: tarbiyalash, tarbiyachi, axloqiy
tarbiya, mehnat tarbiyasi va h.
3. Faoliyati ta`lim-tarbiya bilan bog‘li shaxs nomlari: rektor, prorektor,
dekan, o`qituvchi, sinf rahbari kabi.
Bulardan tashqari, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi o`zlashma terminlar
ham talaygina. Institut, pedagogika, metod, praktika, abiturient, maktab, dars,
34
muallim, imtiҳon, kitob, maktab va h. Tadqiqotchining ko`rsatishicha, o`n
mingdan ortiq pedagogik terminlar mavjud.
Texnikaviy terminologiya o`zbek tili so`z boyligining salmoqli qismini
tashkil qiladi. U texnikaning doimiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tinimsiz
boyib, takomillashib boradi. Bugungi kunda turmushimizning turli-tuman
sohalarida ishlatiladigan texnikalar sonining o`zi nechta. Uning adog‘iga yetish
mushkul bo`lsa kerak. Kundalik maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy
utyug, muzlatgich, gaz plitkasidan tortib, murakkab agregatlar: katta
zavodlardagi texnikalar, harbiy arsenaldagi texnikalar, samolyot yoki kosmik
raketalar va ular bilan bog‘liq terminlarning sanab adog‘iga yetish
mumkinmikin. Ma`lumotlarga qaraganda, hozirgi samolyotlarda sakson
mingdan ortiq detal (qism) mavjud ekan. Bu degani sakson mingdan ortiq so`z.
Boshqa texnikalarda-chi. Demak, tilshunoslar va soha mutaxassislari oldida
texnik terminologiyaning har bir sohasiga jiddiy munosabatda bo`lish va omma
uchun tushunarli variantlarini taklif qilishdek murakkab vazifa turibdi. Texnik
terminologiyadagi nuqsonlardan biri dublet (sinonim) terminlarning ko`payib
ketishidir. Masalan, tirkama-tirkagich, tirsakli val-tirsaksimon val, pritsep-
tirkama-arava, ariq qazish mashinasi-ariq kovlash mashinasi, kartoshka kovlash
mashinasi-kartoshka qazish mashinasi, silliqlash stanogi-jilvirlash stanogi va h.
Bunday har xilliklar tilda meyorning buzilishiga olib keladi. Yoki teleuzatishlar
yoki katta sahnalar bilan bog‘liq jarayonda chiroq ustasi degan kasbiy terminga
duch kelamiz. Buni eshitgan odam dastavval u chiroqni yaxshi tuzatadigan usta
bo`lsa kerak deb o`ylaydi. Vaҳolanki, bu kasb egasi butunlay boshqa ish bilan
shug‘ullanadi, ya`ni u sahnani turli ranglarda yoritish ishi bilan shug‘ullanadi. U
ruschada master sveta deb yuritiladi.
Mazkur sohaning terminlari professor Renat Doniyorov tomonidan tadqiq
qilingan.
Ma’lumki, tillar leksikasini boyitish asosan ichki resurslardan
foydalangan holda so‘z yasash usulidan va boshqa tillardan leksemalar
o‘zlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. So‘z yasash mohiyati va uning hilma-
35
xil usullari (sintetik, analitik, leksik), o‘zlashtirmalarning ahamiyatiga etarli
baho bera olish va ulardan chiqadigan umumlashmalar bo‘yicha nazariy va
amaliy xulosalar chiqarishga imkon tug‘diradi.
Shu jihatdan qaraganda, ayrim tillar leksikasini o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Biroq nafaqat qardosh bo‘lmagan tillar, balki qardosh
tillar leksikasini ham tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirma rejada tadqiq qilish
o‘ziga xos ahamiyatga egadir.
I.Ismailovning 1966-yilda nashr ettirgan monografiyasi muhim ishlardan
biri sanaladi.
1
Muhimi shundaki, mazkur ishda, o‘zbek va uyg‘ur tillardagi
“qon-qorindoshlik terminlari” (ota, ona, aka,t og‘a, xola, bo‘la (bobo), buvi,
amma, nabira), “nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari” (er,
xotin, kuyov, kelin, pochcha, boja, ovsin, qaynota, qaynona, quda), nihoyat,
“tutingan so‘zi bilan ifodalangan yaqinlik nomlari” (tutingan ota, tutingan ona,
tutingan o‘g‘il, tutingan opa, tutingan aka-uka) ning bir-biridan farqi, o‘xshash
jihatlari, bunday terminlarning paydo bo‘lishi va amalda qo‘llanish me`yorlari
atroflicha tahlil etilgan. Muallifning o‘zi qayd etganidek, “o‘zbek va uyg‘ur
tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining bir-biridan farqi, shuningdek, ularning
tarixiy taraqqiyoti, shevalardagi ko‘rinishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu
tillardagi umumturkiy birlik va har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari, bir-
biridan farqlari tahlil etiladi”. Muhim dalil sifatida shuni alohida ta’kidlab
o‘tamizki, keyingi yillarda turkiy tillarning ayrim leksik qatlamlarini qiyosiy
yo‘sinda o‘rganishga bag‘ishlangan yana bir nechta monografiya yuzaga keldi.
Shulardan biri “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasining
taraqqiyoti
2
” deb nomlanadi. D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan
yozilgan monografiyada Markaziy Osiyo xududidagi turkiy tillar va ularning
ayrim shevalarda qo‘llanilgan zoologik terminlar, jumladan, otlar, tuyoqli
yovvoyi hayvonlar, ushoq mollar, qoramollar, cho‘chqalar va ular bilan aloqador
o‘nlab leksemalar tadqiqot obyekti qilib olingan. Muhimi shundaki, bunday
1
Ismoilov I.Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari.-Toshkent, 1966
2
Qarang: O‘TA.-Toshkent,1992.-№2.-B. 58-60.
36
terminlarning o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillarida qo‘llanish doirasi,
leksik- semantik xususiyatlari etarli dalillar asosida isbotlab berilgan. Ammo
mazkur ishda “termin”, “so‘z” (slovo), “nom” (nazvanie) kabi leksemalar
aralash holda ishlatilaverganini ham ko‘rsatib o‘tilgan. R.Doniyorov va
A.Qosimovlar mazkur ishning yutuq va kamchiliklari haqida o‘z fikrlarini
bildirishgan
1
.
1990-yili I.Ismoilov, K.Meliyev, M.Saparovlar tomonidan “O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston turkiy tillar leksikasidan tadqiqot
2
nomli monografiya maydonga
keldi. Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga
bag‘ishlangan muhim ishlar. Unda “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi
turkiy tillar so‘z boyligining maxsus atamalari-uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevali
daraxt va poliz ekinlari nomlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda
regiondagi turkiy tillarning so‘z boyligi, sohalar leksikasi, ularning shakllanishi,
taraqqiyoti va o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq hamda turkman
tillarining o‘zaro munosabati, ularning bir-biriga ijobiy ta’siri” kabi jihatlar
etarli dalillar orqali atroflicha yoritilgan.
Ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-huquqiy terminlarning shakllanishi
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka
erishganligimiz munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus
tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari
bilan almashtirila boshlandi. Masalan, o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan terminlar
qo‘yidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya
– moslashish, administratsiya – ma’muriyat, direktiva – ko‘rsatma, krizis –
tanglik va b.
1
. Ismoilov I. Melyiev K. Saparov M. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot.-T., 1990
2
Mirzayev M. Sovetsko – internatsional`nыe slova v uzbekskoy periodicheskoy pechati (1945-1950): Avto ref.
dis ………. kand. filol. nauk. – Tashkent, 1951; Jamolxonov.X.A. O‘zbek botanika terminologiyasining tarkib
topishi va rivojlanishi tarixidan: filol. fan. kand.dist......... –Daniyarov R. Texnicheskaya terminologiya
uzbekskogo yazыka na sovremennom etape: Avtoref. dis......... dok. filol.nauk . – Tashkent. 1988.
37
Ijtimoiy-siyosiy
terminlarning
paydo
bo‘lish
tarixini
qadimdan
boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo‘lmish O‘rxun-enisey va boshqa
yodnomalarda o‘z ifodasini topgan qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida),
sab (“kengash” ma’nosida), bitikchi (“kotib” ma’nosida), alp (“qahramon”
ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar, tabiiyki, o‘zining leksik
qatlamlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit turk” asaridagi qo‘yidagi ijtimoiy-siyosiy terminlar misolida
ham ko‘rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (“jamoa” ma’nosida), bachèg‘
(“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna”
ma’nosida), æer (“mamalakat” ma’nosida) va hokazo
1
. O‘sha davr ijtimoiy-
siyosiy terminologiyasing muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ularning
ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda
faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant).
H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar Dostları ilə paylaş: |