Termin va so‘z, nom, kasb-hunar so‘zlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqliklar
Reja
1. Termin, so`z va nom.
2. Kasb-hunar so`zlari va leksemalar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik.
3. Terminlarning nominativ vazifa bajarishi.
4. Terminlashish va determinlashish.
Adabiyotlar
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T., 2002.
6. Dadaboyev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.:
1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya –
M., 1977.
8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
-T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq
xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida
qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning
boshlang‘ich davrlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum
predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z
va terminlardir.
18
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi
bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga
nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish
maqsadga muvofiqdir. Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini
ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik,
ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu
xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini
aniq va to‘la qayd qilganlar. Bu belgilardan termin uchun nihoyatda xarakterli
belgilar terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim
(sistema) ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o‘zi qo‘llanilayotgan
sohadagina sistema elementi sifatida ko‘zga tashlanishida ko‘rinadi), termin
funktsiya bajarishi kabilardir. Terminlar shu belgilari bilan oddiy so‘zlardan
farqlanishi mumkin. Terminlarning maxsus termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan
sohada yaqqol ko‘zga tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o‘tsa oddiy
so‘zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov “bo‘g‘in” so‘zi
tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, “yosh bo‘g‘in”, “qo‘l bo‘g‘inlari”
birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida ekanligini ta’kidlaydi.
V.G.Gak yuqorida ko‘rsatilgan maqolasida termin bilan so‘zning farqli
munosabatini ifoda planiga ko‘ra uch tipga bo‘lib o‘rganish mumkinligini
ko‘rsatadi:
1) bir planli leksik birlik – oddiy so‘z;
2) bir planli leksik birlik – termin;
3) ikki planli leksik birlik – bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda
termindir.
19
V.G.Gakning fikricha, birinchi tip leksik birliklar doimo o‘zining oddiy
so‘zligini saqlaydi. Ular ilmiy adabiyotlar tilida ham termin sifatida
qo‘llanmaydi. Bu so‘zlarga atoqli otlar, olmosh va yordamchi so‘zlar kiradi.
Ikkinchi tip birliklar haqiqiy terminlardir. Ular kontekstda ham,
kontekstdan tashqarida ham o‘zlarining terminologik xususiyatini saqlay oladi.
Ular oddiy so‘z bilan yonma-yon qo‘yilganda ham o‘zlarining oddiy
so‘zdan uzoqlashganligini, begonalashganligini namoyon qilib turadi.
Bunday so‘zlar tangens, sinus, affiks, prefiks, oqsil, oltingugurt, umurtqasizlar
tipidagi so‘zlardir.
Uchinchi tipda so‘zlar bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda
termin ma’nosida qo‘llanishi mumkin. Bunday terminlar ko‘pincha o‘z til
imkoniyatlari zaminida hosil qilinadi: Masalan: so‘z, gap, kuch, bo‘g‘in,
maydon, uchburchak, ildiz, to‘qima kabi.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos
olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida
terminologiya o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika
progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy
qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi»
1
. Texnik malakaning
endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi
va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika
yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab bilan
uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki
hayotda fan va texnika taraqqiyoti qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uni
egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shunchalik muhim
ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va
ijtimoiy ahamiyatga egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar
terminlashishi
mumkinligi
haqida
gapirib:
“...texnikada
quyidagi
1
Bojno L.I. Nauchno-texnicheskaya terminologiya kak odin iz ob`ektov izucheniya zakonomernostey razvitiya
yazыka // Filologicheskie nauki. 1971. № 5. – S. 103.
20
tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar
(hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va
h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va
h.k.); o‘lchov birliklari”
1
, A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining
bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu
muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy
bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir,
nomidir, kasb-hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha
jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega
bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”
2
.
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham
oydinlik kiritib “Mahalliy ishlab chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari
jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka oid leksika deb ataymiz”
3
deb
ta’kidlaydi.
Ko‘rinadiki, olimlar termin bilan kasb-hunarga oid so‘zlar o‘rtasida
ma’lum farqlar borligini, termin esa muayyan fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi,
texnikada va boshqa sohalarda rasmiy qo‘llanila oladigan, qonunlashtirilgan
so‘zlarni terminlar hisoblab, kasb-kor, hunarga, ma’lum bir doiraga
(dehqonchilik poliz mahsulotlari va shuningdek, taom nomlarini ham) oid
so‘zlarni terminlar jumlasiga kiritmaydilar.
Fan-texnikaning tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-
yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning
paydo bo‘lishi bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda.
Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa,
shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Ana shunday
sohalardan biri bugungi kitobatchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi poligrafiya-
nashriyotchilik sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e`tibor bersak, bu sohaga
1
Lotte D.S. Osnovi postroeniya nauchno - texnicheskoy terminologii // Voprosi teorii i metodiki. –
M.:1961. – S. 29.
2
Kalinin A. V. Leksika russkogo yazika. – M.: Izd. MGU, 1971. – S. 141.
3
Kogotkova T.S. K voprosu o proizvodstvenno-professionalnoy leksike govora i sootnoshenie ee s
terminologicheskoy leksikoy literaturnogo yazika // Dialektnaya leksika 1969. – Leningrad:
Nauka,
1971. – S. 4.
21
texnik vositalarning kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to‘g‘ri
keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. Hozirgi
zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarmog‘i hujjatlarni tayyorlash va
ularning nusxalarini ko‘paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o‘zida
mujassamlashtirgan texnik vositalar qo‘llanadigan etakchi sohalardan biriga
aylandi. Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar
va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda.
Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib,
uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi.
Ko‘pchilik hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki
kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz.
Terminologiyadagi mavjud kamchilik hamda tartibsizliklarning asosiy
sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflama
mukammal bo‘lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilmiy-texnikaviy termin oddiy
so‘zning yoki so‘z birikmasining terminologiyadagi aksi bo‘lib, u aniq
chegaralangan hamda belgilangan mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan
qat`iy nazar, faqat shu terminga oid bo‘lishi lozim.
To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga
terminologiyasini qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki,
dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas. Har doim boshqa tillardan
termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan chekinish
mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlarni
sun`iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi. Bunday
holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin
ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi
mutanosiblikni saqlashga e`tiborni qaratish lozim. Ko‘p hollarda ba’zi
tushunchalarni ifodalovchi terminlar iste`molda mavjud bo‘lmaydi. Natijada
bunday tushunchalar o‘ta muhim va ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan, keng
tarqalish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
22
Ko‘rsatilgan bu kamchiliklarning ayrimlari o‘zbek terminologiyasida ham
mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir terminni birdan ortiq tushuncha uchun
qo‘llash, bir tushunchani turli terminlar bilan atash, variantlilikning mavjudligi,
rus tili va u orqali evropa tillaridan o‘zlashtirilgan terminlarning tushuncha
mohiyatini to‘g‘ri aks ettira olmasligi, bir tushunchani ifodalovchi terminlarning
noqulayligiga sabab bo‘luvchi ko‘p komponentlilik holatining mavjudligi,
xorijiy terminlarning keragidan ortiq darajada qo‘llanishi, ayrim terminlarning
yozilishidagi har xillik kabi terminologiyaning etakchi tendentsiyasiga zid
keluvchi holatlar ko‘plab uchraydi. O‘zbek terminologiyasidagi bunday salbiy
holatlarning mavjudligi sohaviy terminologiyalarni tartibga solish borasida hali
ko‘p ishlar qilinishi lozimligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb-
hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli
so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning
moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq
qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan,
kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
D.S.Lotte
qanday
kategoriyadagi
so‘zlar
terminlashishi
mumkinligi haqida gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi
asosiy
kategoriyalar
terminlashadi:
jarayonlar
(hodisalar);
texnika
predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy
tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”
1
,
A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining bir-biridan farqli
ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu muayyan fan,
sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul
qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb-
hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda
tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan
1
Lotte D.S. Osnovi postroeniya nauchno - texnicheskoy terminologii // Voprosi teorii i metodiki. –
M.: 1961. – S. 29.
23
yarim rasmiy so‘zdir”
1
.
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib
“Mahalliy ishlab chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab
chiqarish – kasbkorlikka oid leksika deb ataymiz”
2
deb ta’kidlaydi.
Ko‘rinadiki, olimlar termin bilan kasb-hunarga oid so‘zlar o‘rtasida
ma’lum farqlar borligini, termin esa muayyan fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi,
texnikada va boshqa sohalarda rasmiy qo‘llanila oladigan, qonunlashtirilgan
so‘zlarni terminlar hisoblab, kasb-kor, hunarga, ma’lum bir doiraga
(dehqonchilik poliz mahsulotlari va shuningdek, taom nomlarini ham) oid
so‘zlarni terminlar jumlasiga kiritmaydilar.
1
Kalinin A. V. Leksika russkogo yazika. – M.: Izd. MGU, 1971. – S. 141.
2
Kogotkova T.S. K voprosu o proizvodstvenno-professionalnoy leksike govora i sootnoshenie ee s
terminologicheskoy leksikoy literaturnogo yazika // Dialektnaya leksika 1969. – Leningrad:
Nauka,
1971. – S. 4.
24
O‘zbek terminologiyasi va uning taraqqiyot bosqichlari
Reja
1. O`zbek terminologiyasi va uning taraqqiyot bosqichlari.
2. Davlat tili haqidagi Qonun va terminologiya masalalari.
3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Terminologiya
qo`mitasining tashkil qilinishi.
4. Sohalar terminologiyasining shakllanishi.
Adabiyotlar
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.:
1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya –
M., 1977.
8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.
-T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi
lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga
etkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda
25
etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”
1
da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni,
atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy
tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasb-
hunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli
so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning
moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq
qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan,
kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbek tilshunosligida tarmoq terminlaril birmuncha o‘rganilgan
sohalardan biri hisoblanadi. Bu sohada ko‘pgina nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalari himoya qilingan
2
. Taom nomlari ham ba’zi ishlarning
o‘rganish obyekti bo‘lgan.
Lekin o‘rganilgan ishda Qoraqalpog‘iston o‘zbek
shevalaridagi
taom
nomlari
nazardan
chetda
qolgan.
Vaholanki,
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida hozirgi o‘zbek adabiy tilida
uchramaydigan yoki ma’no jihatdan farqlanadigan juda ko‘p so‘z-terminlar
mavjud. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbeklar etnik jihatdan ikkita katta guruhga
– qipchoq va o‘g‘uzlarga mansubdir. O‘zbeklarning bu xildagi bo‘linishi,
ularning til jihatdan farqlanishiga – o‘zbek tilining qipchoq va o‘g‘uz
shevalari mavjud bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Mazkur shevalar ayrim lingvistik
belgilariga ko‘ra, bir-biridan bir qadar farqlanadi. Shu sababli ham
o‘rganilayotgan hudud shevasidagi leksik xususiyatlarni o‘rganish o‘zbek
tili leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.
Ma’lumki, tilshunoslikda soha atamalarining turli jihatlarini yoritishga
doir anchagina izlanishlar olib borilgan. Ushbu muammolarni tadqiq etishga
1
Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – B. 19.
2222
Mamatov N. Uzbekskaya xlopkovodcheskaya terminologiya: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. –
Tashkent, 1955. – 16 s; Ibragimov S. Professionalnaya leksika uzbekskogo yazыka (na materialax
ferganskix govorov): Avtoref. dis. … d-ra filol. nauk. – Tashkent, 1961. – 163 s; Abdiyev M.
Sohaviy leksikaning sistem tahlili (Samarqand viloyati kasb-hunarlari materiallari asosida): Filol.
fanlari doktori … dis. – Toshkent, 2004. – 262 b.
26
tilshunoslardan N.Dmitriev, N.Baskakov, A.Reformatskiy, V.Danilenko,
N.Mamatov, S.Ibrohimov, M.Abdiev va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar.
Turkiy tillar materiallari asosida uning terminologik tizimini o‘rganish
o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. Bu davrgacha qator turkiy tillarda
har xil sohalar bo‘yicha terminlar yuzaga keldi, darsliklar nashr qilindi, rus
tilidan ilmiy-texnik adabiyotlarning, turli-tuman o‘quv qo‘llanmalarning
tarjima qilinishi sohalar terminologiyasining shakllanishiga ijobiy ta’sirini
o‘tkazdi va 50-yillargacha shakllanib ulgurgan, katta lisoniy materiallarni
o‘zida jamlagan tarmoqlar terminlarini o‘rganish, ularni tartibga solish
tilshunoslik fani oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Shu tariqa milliy turkiy
tillarda terminologiya masalalarini tadqiq qiluvchi dastlabki ilmiy ishlar
maydonga keldi. Bunday ilmiy ishlarning ilk namunalariga A.Ishayevning
Qoraqalpog‘istondagi
o‘zbek
shevalari”
(1977),
N.A.Baskakovning
“Sovremennoe sostoyanie terminologii v yazikax narodov SSSR” (1959),
N.K.Dmitrievning “Grammaticheskaya terminologiya v uchebnikax rodnogo
yazika” (1955), F.S.Faseyevning “Tatar telende terminologiya” (1969),
B.U.Oruzbaevaning “Slovoobrazovanie v kirgizskom yazыke” (1964),
R.A.Urekenovaning “Obrazovanie terminov v kazaxskom yazыke” (1980),
M.SH.Gasimovning “Osnovы terminologii azerbaydjanskogo yazыka”
(1972), “Azerbajchan dili terminolokijasinin asaslari” (1973).
O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki
tadqiqot 1955- yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik
terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar
taraqqiyoti, ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan farqli
jihatlari, atamaning ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u
bilan bog‘liq holda yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi
atamashunosligining boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi
mavqei atroflicha tahlil etilgan.
27
Keyinchalik
H.Jamolxonovning
“O‘zbek
botanika
terminologiyasining tarkib topishi va rivojlanish tarixidan” (nomzodi …
diss. 1968), M.Asomuddinovaning “O‘zbek tilida kiyim-kechak va uning
qismlarining nomlari” (nomzodi … diss. 1970), T.Nugmanovning “O’zbek
tilida polizchilik terminlari” (nom. diss. 1971), M.Bo’ranovning “Terminы
jivotnovodstva v uzbekskix govorax Karakalpakii: Avtoref. dis…. kand.
filol. nauk. (1972), M.Ramazanovning “Iz istorii formirovaniya i
razvitiya uzbekskie matematicheskoy terminologii: Avtoref. dis. ... kand.
filol. nauk. (1973), T.Xodjamberdievning “Jivotnovodcheskaya leksika
uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1975),
S.Azizovning
“Leksiko-grammaticheskoe
issledovanie
muzikalnoy
terminologii uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … kand. filol. nauk.
(1981),
A.Qosimovning
“Farmatsevticheskaya
terminologiya
v
sovremennom uzbekskom yazike: Avtoref. dis. … kand. fil. nauk. (1982),
Z.Xusainovaning “Nazvaniya svadebnix obryadov i tseremoniy v
uzbekskom yazike: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. (1983),
N.Ikramovaning “Uzbekskaya kulinarnaya leksika: Avtoref. dis. ... kand.
filol. nauk. (1983), A.Madvaliyevning “Uzbekskaya ximicheskaya
terminologiya i voprosi eyo normalizatsii: Avtoref. dis. … kand. filol.
nauk.
(1986),
R.Doniyorovning
“Texnicheskaya
terminologiya
uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … dokt. filol. nauk. (1988),
1
I.Pardayevaning “O‘zbek tilining zargarlik terminologiyasi: Filol. fanlari
nomzodi … dis.(1994), Z.Mirxoliqovning “O‘zbek tilida baliq
nomlarining lug‘aviy-ma’noviy va grammatik xususiyatlari: Filol. fanlari
nomzodi … dis. (1991), M.Saidovaning “Namangan shevalaridagi
qarindoshlik terminlarining leksik-semantik tahlili: Filol. fanlari nomzodi
... dis. (1995), A.To`raxojaevaning “Mustaqillik sharoitida o`zbek tili
ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti” (nom. diss. 2012) Dostları ilə paylaş: |