Akademik yozuv 2 fanining



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə25/68
tarix25.12.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#194579
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Gumanitar fanlar va xorijiy tillar

Sitata va havolalar
Foydalangan ma’lumotlaringiz manbalarini to‘g‘ri ko‘rsatilishi muhim hisoblanadi. Siz buni ikki xil usulda amalga oshirishingiz mumkin. Ikki usulda ham kurs ishi oxirida foydalanilgan havola va sitatalatni qaytadan keltirib o‘tilishi lozim.
Smit (2009) fikriga ko‘ra foydali sport vositalari(transportlari) mantiqsizdir. Ular qimmat bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda deyarli haydalmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda bu transportlar yo‘l xavfsizligi uchun keraksizdirlar (Smit, 2009:37). (Bu yerda gap qimmat sport avtomobillari haqida ketmoqda)
Sitatalarni keltirish
Havola fe’llari. Odatda havola va sitatalar ma’lum bir fe’llar vositasida keltiriladi:
Bu fe’llar hozirgi zamonda ham, o‘tgan zamonda ham bo‘lishi mumkin. Odatda, hozirgi zamonning ishlatilishi ma’lumotning yangi va hali o‘z kuchini saqlab turganligiga ishora qiladi. O‘tgan zamonning ishlatilishi esa buning aksi, ya’ni ma’lumot eski va o‘z kuchini yo‘qotgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkinligiga ishoradir. Ba’zi bir hollarda eski ma’lumotlar ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
Havola shakllari. Kurs ishi mavzusiga qarab, havolaning turli shakllaridan foydalanish mumkin. O‘qituvchi sizga yo‘nalish beradi, siz esa o‘qituvchi aytgan ma’lumotlarni kutubxona vebsaytidan topishingiz mumkin. Har qanday holatda me’yorga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Quyida havolaning asosiy shakllari keltirib o‘tilgan:
a) Garvardcha shakl, bu havola shakli odatda fan va biznesga doir mavzularda ko‘p qo‘llaniladi.
b)Vankuvercha shakl, ilm-fan va tibbiyot mavzulari doirasida keng qo‘llaniladi. Sitatadan so‘ng biror son yozib qo‘yilgan holda, ish so‘ngida unga havola yozib qo‘yiladi.
Jasanoff zaharlanish (infeksiyalanish) xavfi ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytmoqda.
c) Kolontitul usuli, eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, bu usulda olingan manba bet so‘ngida keltirib o‘tiladi.
Fransiya revolutsiyasi ta’siri butun Yevropa bo‘ylab sezildi.
Karl Vildavsky, Eraning yakunlanishi : Ispaniya 1785-1815 (Dublin: Dublin Universititeti nashriyoti, 2006), 69-bet.
Havola murakkab jarayon hisoblanib, bunda talaba yo‘riqnomaga ehtiyoj sezishi mumkin. Bunda sizga universitetingiz sayti ko‘makchi bo‘lishi mumkin.
Sitatalardan foydalanish. Sitatalardan foydalanish deganda, biror bir shaxsning ma’lum mavzu doirasidagi fikrlarini aynan keltirish tushuniladi. Sitatalardan me’yorida foydalanish ishingiz qadrini oshiradi. Sitatalardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir:
• Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa;
• Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda bo‘lsa;
• Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa.
Barcha sitatalar manbaga ishora qiluvchi qisqa frazachalar bilan berilishi va sizning fikringizga mos bo‘lishi kerak.
Bu fikr ko‘pchilikka ayondir. Fridman aytganidek “Inflatsiya - bu soliq solishni qonuniylashtirish talab qilinmaydigan shakli hisoblanadi” (1994:93)
(a) Qisqa sitatalar bittalik qo‘shtirnoq ichiga, sitata ichidagi sitatalar esa ikkitalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi:
Jeyms aytib o‘tganidek: ‘Martinning “ichki makon” to‘g‘risidagi konsepsiyasi chuqur tahlilni talab qiladi.”
b) Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi yoki kichikroq qilib yoziladi. Bu holatda, hech qanday qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi.
c) Sanadan so‘ng, bet raqamining berilishi zarurdir.
d) Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar ma’lum bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda (...) belgisidan foydalanishingiz mumkin:
“Tarixda juda kam ixtirolar ... mobil telefoniday ahamiyatga ega bo‘lgan”
e) Ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda to‘rtburchak qavslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
‘Yangi g‘oyalar [ozodlik haqidagi] qadimgi dunyo g‘oyalaridan butunlay farq qiladi’.
bo‘limlarga bo‘lib, mavzuni tushunishni osonlashtiradi. Bu qism asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratadi:
Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:
Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil;
1)1-misol - Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%;
2)2-misol - AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;
3)Sabab - bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor;
4)Xulosa - bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
Bu misollar quyidagini ko ‘rsatadi:
a)Abzats bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan. Abzaslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul bo‘lishi uchun yordam beradi;
b)Abzatsning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh gapdan iborat bo‘ladi.
c)Odatda(har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi. Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va xulosalar;
d)Abzats qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi.
Yangi mavzuni boshlashingiz uchun quyidagi iboralarni ishlatishingiz mumkin:
Bu muammoga (savolga) o‘ta turib...
Infeksiyaning tarqalish sur'ati ham ...
kabi qaralishi lozim...
bu qarab chiqish uchun уana bir joy ...
Abzatslarga kirish va ularni bir-biriga bog‘lash.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin