1- topshiriq. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.
9. Annotatsiya, retsenziya, taqrizning o’ziga hos xususiyatlari Nazariy ma’lumot Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya namunasi Annotatsiya Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Oʻzbek adabiyotida T. 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.
Ilm [bilim; fan; nazariya] – O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot.
Fan [mahorat; ilm, bilim] - Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman – Я считаю…
Mening fikrimcha… - Помоему…
Mening nazarimda… - На мой взгляд…
… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…
… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня оказала…
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…