11. Darslik va o’quv qo’llanmalari tuzilishi, xususiyatlari 12. Ilmiy tadqiqotda bibliografik ishlar va faktlardan foydalanish 13. Mutaxassislik nutqi va uning o’ziga hosligi. 14. Mutaxassislik leksikasi haqida. 15.Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi Leksikologiyada so‘zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari), turg‘un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo‘shqa shu kabi masalalar o‘rganiladi.
Tilning leksik qatlami
Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug‘aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar quyidagilar: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.
So‘zlar bir ma’noli (monosemantik) va ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘ladi. Atoqli otlar va terminlar odatda bir ma’noli bo‘ladi. Masalan: termometr, affiks, prefiks, Andijon, Samarqand, Toshkent. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi kontekstda aniqlanadi. Demak, polisemantik so‘zda so‘z bitta, ma’no ko‘p bo‘ladi.
So‘zning o‘z ma’no va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi.
So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ, bosh, atash ma’no)si sanaladi.
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qilinadigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulog‘i o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i ko‘chma ma’noda.
Tasviriy ifodalar. Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft
Iboralar (turg‘un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan yaxlitlangan bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi- “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalagudek iborasi – “toza” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda ifodalaydi.
Termin (atama). Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan chegara belgisi, chek ma’nosini anglatadi).
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi. Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi.
Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin sifatida:
1) meditsina sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;
2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosida;
3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan, bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-siyosiy leksika
Bizga ma’lum-ki, ommabop uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladi-ki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so'z va birikmalar terminlar deyiladi.
Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o 'rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so 'zidan olingan bo 'lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
So 'zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo 'llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi.
Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo 'ladi. So 'zning ma'nosi murakkab bo'lib, unda tushuncha qo'shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo ‘ladi.
Terminlar rasmiylashgan so 'zlar bo'lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi.
Termin soha terminlari tizimining bir elementi bo 'lib, har doim bir tizim doirasida qo 'llaniladi.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so ‘z yoki so‘z birikmadir.
Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab- baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib- sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
O ‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug ‘atlar tuzish kabi qator chora- tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
1984-yilda O ‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning Atamashunoslik qo mitasi tashkil etilgan.
Atamashunoslik qo‘mitasi ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug ‘atlar seriyasini chiqara boshladi.
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi.
Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo ‘llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‘z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha- savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‘; bay’ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda- daromad; boj-xiroj; dastmoya-farmoya-naqd- pul-naqdina; narx-baho; nafaqa-maosh-xarajat va boshqalar.
Asrlar mobaynida arab, fors, tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o ‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o ‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildanfaqat so‘zlar olishdangina iborat bo ‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko ‘rsatdi.