Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1- mashq. Gaplarni ko‘chirib, omonim va polisemantik so‘zlarni toping, ularning ma’nolarini tushuntiring.
1. Paxtani begona o‘t bosmasligi kerak. 2. Abdulxay, o‘zing ham to‘rga o‘t, bolam. (U. Nosir.) 3. Qalbimga o‘t yoqma. 4. Shamol daraxt boshlarini sekin tebratdi. 5. U boshini sekin tebratdi. 6. Buloq boshida dam oldik.7. Yuz nomarddan yuz qaytar, bir mardni hamma maqtar. (Maqol.) 8. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar. (Maqol.) 9. Mehmonlarni to‘rga o‘tkazishdi. 10. Gapga bir yosh yigitcha aralashdi. 11. Ko‘ziga yosh oldi. 12. Yoshim o‘ttizga yetdi. 13. Laylak keldi, yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi. (Qo‘shiq.) 14. Ukangga tez-tez xat yoz. 15. Tovuqlarga don soch. 16. Sochi oppoq bo‘lib qolgan. 17. Bugun yaxshi tush ko‘rdim. 18. Otdan tush. 19. Chaqmoq chaqdi. 20. Yong‘oqni tish bilan chaqmoq sog‘liq uchun zarar keltiradi.
2-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.
Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara, bez, , oq, oshiq, osh.
1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
2- topshiriq. To‘g‘ri javoblarni aniqlang. Javoblar jadvaliga “ha” yoki “yo‘q” so‘zlarini yozing
“Maxsus leksik qatlamlar”
1. Neologizmlar
2. Kompyuterga oid so‘zlar
3. Bosh harflar bilan yoziladigan so‘zlar
4. Dialektizmlar
5. Onamastika
6. Jargon so‘zlar
7. Omonimlar
|
8. Ijtimoiy-siyosiyso‘zlar
9. Sinonimlar
10. Varvarizimlar
11.Teatr, kino, matbuotga oid so‘zlar
12. Antonimlar
13. Sud-huquqqa oid so‘zlar
14. Kasb-korga oid so‘zlar
|
Javob:
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
1
|
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |