Akademik yozuv 2 fanining



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə35/68
tarix25.12.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#194579
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Gumanitar fanlar va xorijiy tillar

3 - mashq. Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo'shimchalami to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.

«Fidokor» gazeta... bosh muharriri S. Safarov...


«Fidokor» gazetasi tahririyati tomoni... 2002- yil 3- martda yuborilgan 1-01-90 raqamli so‘rov xatingiz... javob.... Sizga shuni ma’lum qilamiz..., mahallamizda yashovchi bir guruh yoshlar... 14- turar joy dahasida ommaviy sport turlari bilan shug‘ullan... uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risida... shikoyat xatida ko‘rsat... kamchiliklar mahalla faollari yig'ili- shi... shu yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida ko‘rib chiq....


Xat... ko'rsatilgan kamchiliklar asos... ekan... tan olin... . Yunusobod tumani... 14- dahasidagi qarovsiz qoldirilgan maydonlami toza..., uylar hovlisidagi garajlar... oldirib, o‘yingoh... aylan..., mavjud sport inshootlarini ta’mir... vazifalari «Hashar» kommunal xo'jali... rahbari Q. Ochilov... topshirildi.
Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar... ijrosi haqida tahri- riyatingiz... qo'shimcha xabar qila... .
«Yunusobod» mahalla
qo‘mita... raisi S. Olimov.
(imzo)

4 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish
“O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing.
1) Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra;
2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;
3) Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar;
4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;
5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
4- topshiriq. Matnni o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib tahlil qiling.


Muso al- Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan.
Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U–algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.
Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan.

Tushunchalar


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin