Akademik yozuv 2 fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Akademik yozuv fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
Akademik yozuv fani avvalo til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo’lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.
Akademik yozuv 2 fanini o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Akademik yozuv fanini o’qitish va o’rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o’rganishda yaxshi samara beradi.
Ta’limning oliy bosqichida til fanini o’qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo’llash uchun yozma nutqni o’stirish ko’zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o’rganish va o’qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko’nikmalarini hosil qilish ko’zda tutiladi. Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o’qib o’rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to’g’ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o’rinli foydalanishni qanchalik puxta o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o’zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o’qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo’llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo’llaniladi:
Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o’yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.