To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda
taktlarning takrorlanishi
Silindrlar
Tirsakli valning
aylanishi
Tirsakli valning
burilish burchagi
1
2
3
4
0-180°
Ish yo‘li
Chiqarish
Siqish
Kiritish
Birinchi aylana
180-360°
Chiqarish
Kiritish
Ish yo‘li
Siqish
360-540°
Kiritish
Siqish
Chiqarish
Ish yo‘li
Ikkinchi aylana
540-720°
Siqish
Ish yo‘li
Kiritish Chiqarish
Porshen PCHN dan YUCHNga
harakatlana boshlaganda birinchi
takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos
yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo
kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga
chiqarib
yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga
24
harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish
darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab
siqish takti boshlanadi va
porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami
bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki
yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda),
natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.
15-rasm. NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi.
1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish
quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar
blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-taqsim-
lash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini to‘g‘rilov-
chi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi; 18,19-klapan-
ning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar
blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa;
26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-tirsakli val; 30-shatun
qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich.