19
qarishgacha yangi avtomobil va agregatning 80% resursini ta’minlashi
lozim.
Agregatni mukammal ta’mirlash uni to‘liq qismlarga ajratish,
nuqsonlarni aniqlash, tiklash yoki detallarni almashtirib yig‘ish,
sozlash
va sinashni ko‘zda tutadi. Agregatning bazaviy va asosiy detallari ta’mir-
talab bo‘lganda, uni to‘liq qismlarga ajratish va ish qobiliyatini joriy
ta’mir yo‘li bilan tiklash mumkin bo‘lmagan holda, mukammal ta’mirga
yuboriladi.
Mukammal ta’mir asosan avtotransport korxona (ATK) larga va
boshqa avtotransport egalariga xizmat ko‘rsatadigan ixtisoslashgan
avtota’mir korxonalarida bajariladi.
Joriy ta’mir (JT) paydo bo‘lgan buzilish va nosozliklarni bartaraf
etish hamda avtomobil va agregatlarni mukammal ta’mirgacha resurs
me’yorlarini ta’minlash uchun belgilangan. Uning
xarakterli ishlari
quyidagilar: ajratish, yig‘ish, chilangarlik,
nuqsonlarni aniqlash, pay-
vandlash, bo‘yash, detal va agregatlarni almashtirish. JT da bazaviy-
lardan tashqari, chegaraviy holatga yetgan detallarni almashtirishga yo‘l
qo‘yiladi. Avtomobil joriy ta’mirlashda mukammal yoki joriy ta’mir
talab
qiladigan ayrim agregatlar, mexanizmlar va detallar almashtirilishi
mumkin.
JTda ta’mirlangan agregat va mexanizmlar navbatdagi TXK-2 dan
kam bo‘lmagan yo‘lni bosguncha buzilmasdan ishlashini ta’minlashi
lozim.
20
2-bob. ICHKI YONUV DVIGATELI
Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki
yonuv dvigatellari
keng tarqalgan. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatellari
Dostları ilə paylaş: