Akmeologik yondashuvlar asosida o’qituvchi kasbiy
mahoratini oshirish
Tolib Tavakkalovich Shikarov
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Akmeologik yondashuvlar o’qituvchi
kasbiy mahoratini
rivojlantirishda yuqori natija beradi agarda: akmeologik rivojlanish usullari
muammosining o’rganilganlik darajasi tahlil etilsa; bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari o’rganilsa; bo’lajak o’qituvchilarni
akmeologik rivojlanishi samaradorligini ta’minlovchi
pedagogik shart-sharoitlar
aniqlansa; tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
modeli ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etish.
Kalit so’zlar: falsafiy, pedagogik kuzatish,
pedagogik, metodik hamda kasbiy
ta’lim modellashtirish; psixologik; pedagogik tajriba; shaxs; o’z-o’zini anglash.
To improve the professional skills of the teacher on the basis
of acmeological approaches
Tolib Tavakkalovich Shikarov
Bukhara State University
Abstract: Akmeological approaches give a high result in the development of the
professional skills of the teacher if: the degree of study of the problem of methods of
akmeological development is analyzed; the pedagogical and psychological aspects of
professional adaptation of future teachers are studied; the pedagogical conditions that
ensure the effectiveness of akmeological development
of future teachers are
determined; the model of professional adaptation
Keywords: philosophical, pedagogical observation, pedagogical, methodological
and vocational education modeling; psychological; pedagogical experience;
personality; self-awareness.
Har qanday sohada yoki kasbda shaxs o’z potensialini rivojlantirishi jamiyatda va
undagi turli tuman vaziyatlarda o’z o’rniga ega bo’lishi muhim sanaladi.
Shaxs
nazariyasida pedagogika va psixologiya tarmoqlarida shaxsning o’ziga hos kasbiy
malakalari shakllanishiga doir qarashlar mavjud.
Lekin hozirgi paytda bo‘layotgan zamonaviy texnika va texnologiyalashgan
davrda kishi ongiga bo’lgan ta’sir vositalarining kuchayishi yuqoridagi masalani kun
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1081
tartibiga qo’ymoqda. Har bir ishning samaradorligini va yuqori natijalarini egallash
uchun kuchli, o‘tkir bilimga, yuqori iqtidorga, zamon talabiga
moslashishga, tashkiliy
madaniyatga, xulqqa, motivatsiyaga va bilim olish uchun moyillikka ega kadrlar o‘ta
zarurligini hayot taqozo etmoqda. Har qancha yangi imkoniyatlarga ega bo’lgan
texnologiyalardan ko’ra zamonaviy bilimga ega mohir va aql bilan ish tuta
biladigan,o’z kasbining yetuk mutaxassislari, mahorat egalari kabi aniq maqsadga to’la
erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham inson idroki, aql-zakovatiga,
inson kasbiy
mahoratini shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli tajriba orttitish, ko’nikma va
malakalarni hosil qilish har qanday tashkilotning uzoq muddatli ustivor faoliyatining
asosiy omili bo’lib kelmoqda.
Bugungi kunning eng ilg‘or korporatsiyalar o‘z personallarini zamonaviy bilimlar
asosida o‘qitishga qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga, mehnatlariga sharoitlar
yaratishga va bir butun jamoa bo‘lib ishlashiga alohida ahamiyat bermoqdalar.
Bugungi kunda yoshlar o’z mutaxassisliklari asosida ishga kirib kelmoqdalar lekin
ularning malaka ko’rsatkichlari, bilimlari, iqtidori mos ravishda yuksalishi uchun uzoq
muddatli amaliy jarayonlarni talab etadi.
Malakali mutaxassis: berilgan mehnat turiga ijtimoiy mas’uliyat darajasiga, uning
jarayoni va natijalariga qarab kasbga yaroqliligi, psihologik
tayyorgarligini aniqlash
orqali mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi imkoniyat va natijalarini belgilash
dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Refleksli — innovatsion potensialni mahorat
darajasigacha takomillashtirish va innovatsiyalarni ijtimoiy ahamiyatini baholashni,
sarf etilgan intilishlarni hamda uni amalga oshirish yutuqlari asosida belgilash orqali
o‘rganilmoqda. Reflektiv tomoniga ko‘ra: (rivojlanayotgan «Men» sifatidagi shaxsni
o‘zligini anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo‘yicha
hamkorlarini tushuna bilishi bilan bog‘liq) tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni
kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o‘zaro
harakatini
ta’minlaydi.