312
davomida mavjud bo’lgan kamchiliklar keltirib o’tiladi. Ma’lumotnomani korxona
rahbariyatiga berish majburiy emas, ammo bu hujjatni taqdim qilish orqali auditor
korxona rahbariyatiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi,
moliyaviy
hisobotlarda yuz beradigan o’zgarishlarni o’z vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotnomada
keltirib
o’tilgan
kamchilik
mamlakatning
amaldagi
qonunchiligiga to’g’ri kelmasligi hamda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish
yo’llari qayd etiladi. Tavsiyalarning berilishi auditorlik
hisoboti va auditorlik
xulosasining mundarijasini o’zgartirmaydi.
Rahbariyat uchun beriladigan ma’lumotnoma qisqa, aniq hamda tushunarli
bo’lishi lozim.
Agarda ma’lumotlar alohida bo’limlar yoki hisob ob’ektlari bo’-yicha ekspert
hisoboti ko’rinishida bo’lsa, unda auditorning imzosi qo’yilmaydi.
Agarda
aniqlangan ba’zi-bir kamchilik va nuqsonlar moliyaviy hisobot bo’yicha ijobiy
xulosa berishda
ikkilanish holati yuzaga kelsa, bunday vaziyatda auditor
ma’lumotnomaga imzo chekadi. Bu axborot maxfiy hisoblanib, faqatgina korxona
rahbariyatining muayyan guruhiga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: