328
Sharhlash bo’yicha hisobotda salbiy ishonchlilikni bildirish maqsadida
xulosalarni shakllantirishga imkoniyat yaratish uchun, auditor asosan so’rovnoma
o’tkazish va tahliliy muolajalar yo’li bilan etarli bo’lgan tegishli dalillarni olishi
lozim.
“Sharhlash ko’lami” atamasi sharhlash maqsadiga
erishish uchun mazkur
vaziyatlarda bajarilishi lozim bo’lgan sharhlash muolajalariga taalluqli. Moliyaviy
hisobotni sharhlashnio’tkazish paytida lozim bo’lgan muolajalar, auditor
tomonidan xalqaro standart talablari, tegishli kasbiy idoralar, qonunchilik va
tartibga soluvchi idoralar va, kerakli joylarda, sharhlash bo’yicha kelishuv shartlari
va hisobot bo’yicha talablarni hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Sharhlashni o’tkazish bo’yicha kelishuv sharhlanadigan ma’lumot
muhim
noto’g’riliklarga ega emasligi to’g’risida ishonchlilikning o’rtacha darajasini
taqdim etadi. Bu salbiy ishonchlilik shaklida ifodalanadi.
Auditor va mijoz kelishuv shartlari bo’yicha kelishib olishlari lozim.
Kelishilgan shartlar xat-kelishuvda yoki boshqa maqbul bo’lgan, masalan
shartnoma shaklida aks etiladi. Xat-kelishuv sharhlashni o’tkazish bo’yicha ishni
rejalashtirishda yordam beradi.
Auditor, o’zining manfaati bilan bir qatorda, mijoz manfaatlarini hisobga
olgan holda, tayinlanishning tayanch shartlarini hujjatlashtiradigan
xat-kelishuvni
yo’llashi maqsadga muvofiqdir. Xat-kelishuv auditor o’zining tayinlanganligini
qabul qilganligini tasdiqlaydi va kelishuv vazifalari va ko’lami, auditor
mas’uliyatining darajasi va chop etiladigan hisobotlar shakli kabi masalalar
yuzasidan tushunmovchiliklarni oldini olishga yordam beradi.
Xat-kelishuvga quyidagilar kiritiladi:
- taqdim etilayotgan xizmatning maqsadi;
- moliyaviy hisobot bo’yicha sub’ekt rahbariyatining mas’uliyati;
- sharhlash ko’lami, jumladan auditning xalqaro standartlariga izohlanish
(yoki tegishli milliy standartlarga yoki amaliyotga izohlanishlar);
- sharh o’tkazish munosabati bilan so’rab olinadigan barcha hisob yozuvlari,
hujjatlar va boshqa ma’lumotdan cheklanmagan holda foydalanish;
329
- sharhlash natijalari bo’yicha xatolar, g’ayriqonuniy harakatlar yoki boshqa
kamchiliklar, masalan sodir etilgan tovlamachilik yoki o’zlashtirishlar holatlarini
aniqlanishiga umid qilmaslik holati;
- audit o’tkazilmasligi va auditorlik xulosasi
shakllantirilmasligi haqida
ta’kidlash. Ushbu jabhaga urg’u berish va kelishmovchiliklarni oldini olish uchun,
auditor, shuningdek, sharhlash bo’yicha kelishuv qandaydir qonunchilik bilan
belgilangan talablarga yoki uchinchi tomondan audit yuzasidan belgilangan
talablariga muvofiq bo’lmasligini ta’kidlashi mumkin.
Auditor ishni kelishuv samaradorlik bilan bajariladigan qilib rejalashtirishi
lozim. Moliyaviy hisobot sharhlashini rejalashtirishda,
auditor oxirgi bilimlarni
olishi yoki biznes to’g’risidagi bilimlarini oxirgi, jumladan sub’ekt tashkil etilishi,
buxgalteriya hisobining tizimi, asosiy faoliyat tavsiflari va uning aktivlar,
majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar turi to’g’risidagi ma’lumot bilan to’ldirishi
lozim.
Auditor moliyaviy hisobotga taalluqli bo’lgan, masalan sub’ektning ishlab
chiqarish usullari va mahsulotni sotishi, uning navlari, ishlab chiqarish ob’ektlari
va o’zaro bog’liq tomonlarning joylashgan joylarini
bilish kabi masalalar va
boshqa masalalar bo’yicha tushunishlar olishi lozim. Auditorga bunday tushunish,
u o’rinli so’rovnomalarni o’tkazishi va tegishli muolajalarni ishlab chiqishi hamda
olingan javoblarga va boshqa ma’lumotga baho berishi uchun talab qilinadi.
Boshqa auditor yoki ekspert tomonidan bajarilgan ishdan foydalanishda,
auditor bunday ish sharh o’tkazish maqsadlariga mos ravishda ekanligiga ishonch
hosil qilishi lozim.
Auditor sharhlash bo’yicha hisobotni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishda
muhim bo’lgan jabhalarni va sharh xalqaro standartga muvofiq o’tkazilganligini
tasdiqlovchi dalillarni hujjatlashtirishi lozim.
Auditor sharhning aniq tavsifi, muddati va hajmini belgilashda mulohazani
qo’llashi lozim. Auditor quyidagi jabhalarga rioya qiladi va foydalanadi:
330
Auditor muhimlikni huddi moliyaviy hisobotining auditi bo’yicha fikr
bildirilganidek kabi ko’rib chiqishi lozim. Sharh o’tkazishda auditga nisbatan
aniqlab bo’lmaslik tavakalchiligining darajasi katta bo’lishiga
qaramasdan, nima
muhim degan mulohaza taqdim etilgan ishonchlilik darajasiga mutanosib holda
emas, balki auditor taqdim etadigan hisobotga asos bo’lgan ma’lumotga va ushbu
ma’lumotga asoslanadigan shaxslar ehtiyojlariga mutanosib holda chiqariladi.
Moliyaviy hisobotni sharhlash bo’yicha muolajalar odatda quyidagilardan
iborat bo’ladi:
- sub’ekt biznesi va u faoliyatni amalga oshirayotgan tarmoq to’g’risida
tushunishlarni olish;
Dostları ilə paylaş: