International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https:
econferencezone.org June 8
th
2022
211
ZAMONAVIY MUTAXASSISNING KASBIY FAOLIYATDAGI NUTQ
MADANIYATI KO'NIKMALARI
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani
10-maktabn ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi
Saydaliyev Dilshod Kaysarbekovich
Fransuz tili o'qituvchisi
Babakulov Bahodir Axmetovich
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Usmanova Dilfuza Yaxshiliqovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun zamonaviy mutaxassis nutq
madaniyati ko'nikmalarini mukammal egallashi va kasbiy muloqotda lingvistik, kommunikativ va xulq-atvor
qobiliyatlariga ega bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: Zamonaviy mutaxassis,
nutq madaniyati, ko'nikmalar, kasbiy muloqot, lingvistik,
kommunikativ, xulq-atvor,
qobiliyat, muloqot, tilshunoslik, kommunikativ portret.
Til xalqning eng qimmatli boyligi, uni rivojlantirishning birinchi vositasi va barcha ma 'naviy muvaffaqiyatlar
garovidir.
M. P. Pogodin.
Maktab ta'limi tizimida "Ona tili" fani alohida o'rin tutadi: u nafaqat o'rganish ob'ekti, balki o'qitish vositasi
hamdir. Ona tili insonning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi, mavhum fikrlash,
xotira va tasavvurni rivojlantiradi, mustaqil ta'lim faoliyati, shaxsning o'zini o'zi tarbiyalash va o'zini o'zi
anglash ko'nikmalarini shakllantiradi.
Nutq madaniyati kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlaridan biridir. Yosh mutaxassislar nutq faoliyatining
barcha turlarida ravon bo'lishi,
suhbatni malakali olib borishi, umuman, muloqotning kundalik va biznes
sohasida o'zini ishonchli his qilishi kerak.
Nutq madaniyati, nutq odobi -
1) og'zaki va yozma adabiy til me'yorlari (talaffuz, urg'u, so'z qo'llash,
grammatika, uslubshunoslik
qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy
vositalaridan nutqning
maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati;
2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me'yorlashtirish (tartibga
solish) muammolarini o'rganuvchi bo'limi. G'arb tilshunosligida umumiy ma'noda "til madaniyati" termini
ham qo'llanadi. 1-ma'nodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni o'zlashtirishdagi ikki bosqichni
qamrab oladi: a) nutqning to'g'riligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning to'g'riligi muayyan tilda so'zlovchilar
va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va an'anaviy
saqlanib kelayotgan
odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me'yorlarga amal qilishdir.
Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me'yorlarga amal qilish, balki o'zaro mavjud bo'lgan variantlardan
mazmunan eng to'g'ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng maqbuli
va ifodalisini tanlab olish
mahoratidir (Mas, aka - oka - ako; kelyapti - kevotti - kelopti variantlaridan birining adabiy me'yor sifatida
tanla-nishi). Yuksak nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga
nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi.
Zamonaviy Tutq madaniyati nazariy va amaliy fan bo'lib, u til amaliyotiga ta'sir etish maqsadida adabiy
til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bulimlarining
yutuqlari va xulosalarini
umumlashtiradi. Nutq madaniyati nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e'tirof etiladi; badiiy