Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
11.5. Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish 
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha kelishuvda auditor 
quyidagilar yuzasidan etarli bo’lgan tegishli moliyaviy dalillarni olishi lozim: 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tayyorlanishi uchun asos bo’lgan sub’ekt 
rahbariyatining eng aniq taxminlari oqilona emasligi, faraziy taxminlar holatida esa 
- bunday taxminlar ushbu ma’lumotga izchilligi; 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot taxminlar asosida tegishli ravishda 
tayyorlanganligi; 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda taqdim etilganligi va 
barcha muhim taxminlar, jumladan ular eng aniq va faraziy taxminlar deb 
hisoblanganligi mos yoritilganligi; 
- istiqbolli moliiyaviy ma’lumot, buxgalteriya hisobining tegishli 
tamoyillarini qo’llagan holda, o’tgan yillarning moliyaviy hisoboti bilan ketma-
ketlik asosida tayyorlanganligi. 
“Istiqbolli moliyaviy ma’lumot” deganda sub’ektning ehtimoliy harakatlari 
natijasida kelajakda sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar yuzasidan taxminga 
asoslangan moliyaviy ma’lumot tushuniladi. Ushbu ma’lumot favqulotda noxolis 
tavsifga ega va uni tayyorlashda mulohazalar chiqarish uchun ko’p ish talab 
qilinadi. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot bashorat qilish, istiqbolga baho berish yoki 
ularning birlik shaklida bo’lishi mumkin, masalan bir yilga bashorat qilish bilan 
besh yillik istiqbolga baho berish. 
“Bashorat” deganda sub’ekt rahbariyati kutishi bo’yicha sodir etilishi 
mumkin bo’lgan hodisalar hamda ma’lumot tayyorlanishi sanasiga sub’ekt 


320 
rahbariyatining taxmin qilingan harakatlari yuzasidan taxminlar asosida 
tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumot tushuniladi (eng aniq taxminlar). 
“Istiqbolli baholash” istiqbolli moliyaviy ma’lumot quyidagilar asosida 
tayyorlanganligini ifodalaydi: 
(a) kelajakda albatta mavjud bo’lmasligi taxmin qilinayotgan kelgusi 
hodisalar va sub’ekt rahbariyatining harakatlari yuzasidan faraziy taxminlar, 
masalan, ayrim sub’ektlar tashkil etilish bosqichidaligida yoki faoliyat tavsifiga 
muhim o’zgartirishlar kiritish ehtimolini ko’rib chiqayotganligida; yoki 
eng aniq va faraziy taxminlarning birligi. 
(b) Shunga o’xshash ma’lumot, agar hodisalar va harakatlar sodir etilishi 
mumkin bo’lganda, ma’lumotni tayyorlash sanasiga ehtimoliy oqibatlarni 
tasvirlaydi (agar...... nima bo’ladi degan stsenariy). 
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot moliyaviy hisobot yoki moliyaviy 
hisobotning bir yoki undan ko’proq elementlaridan iborat bo’lishi va quyidagi 
maqsadlar uchun tayyorlanishi mumkin: 
(a) ichki boshqaruv quroli sifatida, masalan kapitalning taxmin qilinayotgan 
investitsiyalariga baho berishda yordam berish; yoki 
(b) uchinchi tomonlarga tarqatish, masalan quyidagi shaklda: 
- bo’lg’usi ivestorlarga ma’lumot taqdim etish uchun bo’lg’usi kutishlar 
to’g’risida prospekt; 
- aktsiyadorlar, tartibga soluvchi idoralar va boshqa manfaatdor tomonlarga 
taqdim etish uchun yillik hisobot; 
- pul oqimlari siljishi to’g’risida bashoratlardan iborat kreditorlarga taqdim 
etish uchun ma’lumotga ega hujjat. 
Sub’ekt rahbariyati istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash va taqdim 
etish, jumladan solishtirish va u asoslanadigan taxminlarni yoritish bo’yicha 
mas’ulityaga ega. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot uchinchi tomonlar foydalanishi 
yoki ichki maqsadlar uchun mo’ljallanganidan qat’i nazar, unga nisbatan ishonchni 
oshirish uchun istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish va u bo’yicha auditorlik 
hisobotini tayyorlash haqidagi iltimos bilan auditorga murojat qilishlari mumkin. 


321 
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot hali sodir etilmagan va sodir etilmasligi 
mumkin bo’lgan hodisalar va harakatlarga taalluqli. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot 
asoslanadigan taxminlarni tasdiqlovchi dalillardan foydalanish imkoniyati bo’lgan 
bir vaqtda, bunday dalillar, asosan, kelajakka yo’naltirilgan va, binobarin, o’tgan 
davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotni audit o’tkazish paytida odatda olinadigan 
dalillardan farqli, taxminiy tavsifga ega. Shuning uchun, auditor istiqbolli 
moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalarga erishish yuzasidan fikr bildira 
olmaydi. 
Keyinchalik, istiqbolli moliyaviy ma’lumot asoslanadigan taxminlarga baho 
berishda foydalaniladigan dalillar turi mavjud bo’lgan taqdirda, auditor tomonidan 
taxminlar muhim noto’g’riliklarga ega emasligi yuzasidan ijobiy fikr bildirish 
uchun etarli bo’lgan ishonchlilik darajasiga erishish qiyin bo’lishi mumkin. 
Binobarin, xalqaro standartga muvofiq, sub’ekt rahbariyatining taxminlari oqilona 
ekanligi to’g’risida hisobot taqdim etishda, auditor faqat ishonchlilikning o’rtacha 
darajasini taqdim etadi. Biroq, agar auditor o’z mulohazalarida ishonchlilikning 
tegishli darajasini olgan taqdirda, taxminlar yuzasidan ijobiy ishonchlilik bildirish 
uchun unga hech narsa halaqit bera olmaydi. 
Istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tekshirish bo’yicha kelishuvni qabul 
qilishdan oldin, auditor boshqalardan tashqari quyidagilarni ko’rib chiqadi: 
- ma’lumotdan foydalanish taxmini; 
- ma’lumot keng yoki chegaralangan tarqatish uchun mo’ljallanganligi; 
- taxminlar tavsifi, ya’ni ular eng aniq yoki faraziy taxminlar ekanligi; 
- ma’lumotga kiritilishi lozim bo’lgan elementlar; 
- ma’lumot qamrab oladigan davr. 
Taxminlar haqqoniy emasligi ayon bo’lganda yoki auditor istiqbolli 
moliyaviy ma’lumot undan ehtimoliy foydalanish maqsadlarida o’rinli emas degan 
xulosaga kelgan taqdirda, auditor kelishuvni qabul qilmasligi yoki kelishuv 
bajarilishini to’xtatishi lozim. 
Auditor va mijoz kelishuv shartlari bo’yicha kelishib olishlari lozim. 
Sub’ektning manfaatlari bilan bir qatorda, o’zinining shaxsiy manfaatlarini ham 


322 
ko’zlab, kelishuv yuzasidan kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida, auditor 
xat-kelishuv yo’llashi lozim.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash uchun kerakli bo’lgan 
barcha ahamiyatli taxminlar solishtirilganligiga baho berishga imkoniyat 
yaratuvchi etarli darajadagi biznesni bilishlikni olishi lozim. Shuningdek, auditor, 
masalan quyidagilarni ko’rib chiqish yo’li bilan, sub’ektning istiqbolli moliyaviy 
ma’lumotini tayyorlash jarayoni bilan tanishishi lozim: 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash tizimi bo’yicha ichki nazoratni 
hamda istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlaydigan shaxslarning malakasi va 
tajribasini; 
- rahbariyat taxminlarini tasdiqlovchi sub’ekt tomonidan tayyorlangan 
hujjatlar tavsifini; 
- statistik, matematik va kompyuterlashtirilgan usullardan foydalanishning 
darajasini; 
- taxminlar shakllanishida va foydalanishida qo’llaniladigan usullarni; 
- o’tgan davrlarda tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumotning aniqligi
hamda ahamiyatli farqlanishlar sabablarini. 
Auditor sub’ektning o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot 
ishonchlilik darajasi qanchalik asoslanganligini ko’rib chiqishi lozim. Auditor 
istiqbolli moliyaviy ma’lumot o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot bilan 
muvofiq tayyorlanganligiga baho berish uchun sub’ektning o’tgan davrlari 
bo’yicha ma’lumotini bilishi hamda sub’ekt rahbariyatining taxminlarini ko’rib 
chiqish uchun tarixiy mezon belgilashi lozim. Masalan, auditordan o’tgan yillar 
bo’yicha relevant ma’lumotning auditi yoki sharhi o’tkazilganligini va uni 
tayyorlashda buxgalteriya hisobining maqbul bo’lgan tamoyillari qo’llanilganligini 
aniqlash talab qilinadi. 
Agar o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotning auditi yoki sharhi 
modifikatsiyalashtirilmagandan farqli bo’lgan yoki sub’ekt tashkil etilish 
bosqichida bo’lgan taqdirda, auditor doir holatlarga va ularning istiqbolli 
moliyaviy ma’lumotni tekshirishga ta’sirini o’z e’tiboriga oladi. 


323 
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot bilan qamrab olinadigan vaqt davrini 
o’z e’tiboriga olishi lozim. Masalan, qamrab olinadigan davr muddati uzayib 
borishi bilan farazlar yanada ham taxminiy bo’laveradi, chunki ushbu davrning 
muddati uzayib borishi bilan sub’ekt rahbariyatining aniq farazlar qilish qobiliyati 
pasayib boradi. Davr sub’ekt rahbariyati tomonidan taxminlar uchun oqilona 
asosga ega bo’lishga imkoniyat beradigan vaqt doirasidan chiqmasligi lozim. 
Quyida auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot qamrab oladigan vaqt davrini ko’rib 
chiqishda o’z e’tiboriga oladigan ayrim omillar namunalari keltirilgan: 
- operatsion tsikl. Masalan, yirik qurilish loyihasi holatida loyihani 
yakunlash uchun kerakli bo’lgan vaqt qamrab olinadigan vaqtni belgilashi 
mumkin; 
- taxminlar ishonchligining darajasi. Masalan, agar sub’ekt yangi mahsulot 
ishlab chiqarilishini tadbiq qilsa, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davrlarga, 
haftalar yoki oylar kabi qisqa va kichik segmentlarga ajratilgan bo’lishi mumkin. 
Boshqa holatda, uzoq muddatli ijara sharti bilan mulkka egalik qilish sub’ektning 
yagona faoliyati hisoblangan taqdirda, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davr 
nisbatan uzoq bo’lishini taxmin qilish oqilona bo’ladi. 
- foydalanuvchilar ehtiyoji. Masalan, istiqbolli moliyaviy ma’lumot olingan 
qarzni qoplash uchun etarli bo’lgan mablag’larni topish uchun kerakli davrga qarz 
olishga talabnoma berish munosabati bilan tayyorlanishi mumkin. 
Boshqa holatda, ma’lumot kelgusi davrlarda pul mablag’laridan maqsadli 
foydalanishni namoyon etish uchun qarz majburiyatlarini sotish munosabati bilan 
investorlar uchun tayyorlanishi mumkin. 
Tekshirishning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda auditor quyidagilarni 
o’z e’tiboriga oladi: 
- muhim noto’g’rilik ehtimolini; 
- har qanday oldingi kelishuvlar bajarilishida olingan bilimlarni; 

istiqbolli 
moliyaviy 
ma’lumotni tayyorlash yuzasidan sub’ekt 
rahbariyatining kasbiy xabardorligini; 


324 
- sub’ekt rahbariyati mulorhazasining istiqbolli moliyaviy ma’lumotga ta’sir 
etish darajasini; 
- eng muhim ko’rsatkichlarning etarliligi va ishonchliligini. 
Auditor sub’ekt rahbariyatining eng aniqroq taxminlarini tasdiqlovchi 
dalillarni manbai va ishonchligiga baho beradi. Bunday taxminlarni tasdiqlovchi 
etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillar ichki va tashqi manbaalardan olinadi, 
taxminlarni oldingi yillar bo’yicha ma’lumotlarga asolanib qarab chiqish hamda 
ular sub’ektning imkoniyatlar doirasiga kiruvchi rejalarga asoslanganligiga baho 
berish shular jumlasidan. 
Auditor faraziy taxminlar qachon foydalanishi, bunday taxminlarning barcha 
muhim oqibatlari e’tiborga olinganligini ko’rib chiqadi. Masalan, agar sotish hajmi 
sub’ektning hozirgi paytdagi ishlab chiqarish quvvatlaridan ko’proq oshirish 
taxmin qilingan taqdirda, istiqbolli moliyaviy ma’lumot qo’shimcha ishlab 
chiqarish quvvatlariga sub’ektning kerakli investitsiyalarini yoki ishlab 
chiqarish/ishlarni asosiy pudratchidan pudratga olish yo’li bilan ishlarni bajarish 
kabi sotish hajmiga erishishga oid muqobil usullar bo’yicha xarajatlarni hisobga 
olish lozim. 
Faraziy taxminlarni tasdiqlash uchun dalillar talab qilinmagani bilan, auditor 
ular istiqbolli moliyaviy ma’lumot maqsadlariga izchilligi va ular, so’zsiz 
haqqoniy emas deb hisoblashga sabablar yo’ligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot sub’ekt rahbariyatining taxminlari 
asosida tegishli ravishda tayyorlanganligiga, masalan, qaytadan hisoblash va ichki 
izchillikni tekshirish tekshirish yo’li bilan, ya’ni, sub’ekt rahbariyati amalga 
oshirishni mo’ljallagan harakatlari bir-biriga mosligiga, va umumiy o’zgaruvchan 
ko’rsatkichlarga, masalan, foiz stavkalariga asoslangan summalarni aniqlashda 
noizchillik mavjud emasligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Auditor o’zgarishlarga eng sezgir bo’lgan bo’limlarning istiqbolli moliyaviy 
ma’lumotda aks etilgan natijalarga muhim ta’sir ko’rsatayotgan darajasiga o’z 
e’tiborini qaratadi. Bu auditor qanday darajada tegishli dalillarni izlashiga ta’sir 


325 
ko’rsatadi. Bundan tashqari, auditor tomonidan yoritishlarning muvofiqligi va 
mosligiga baho berishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Isiqbolliy moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq, masalan alohida 
moliyaviy hisobot kabi elementlarini tekshirish uchun kelishuv tuzilganda, auditor 
moliyaviy hisobotdagi boshqa tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligini ko’rib 
chiqishi muhimdir. 
Agar istiqbolli moliyaviy hisobotga joriy davrning o’tgan vaqt mobaynida 
qandaydir ko’rsatkichlar kiritilgan taqdirda, auditor ushbu vaqt mobayni bo’yicha 
ma’lumot yuzasidan muolajalarni qo’llash darajasini ko’rib chiqadi. Muolajalar 
vaziyatlarga, masalan istiqbolli davrning qanday vaqt mobayni tugaganiga qarab 
o’zgarib boradi. 
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotdan foydalanish taxmini, sub’ekt 
rahbariyatining muhim taxminlarining to’liqligi va istiqbolli moliyaviy ma’lumot 
bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ulityani o’z zimmasiga olganligi yuzasidan 
sub’ekt rahbariyatining yozma taqdimotlarini olishi lozim. 
Istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishiga baho 
berishda, har qanday tegishli qonunchilikka oid hujjatlar, me’yoriy hujjatlar va 
kasbiy standartlardan tashqari, auditor quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning taqdim etilishi axboriy tavsifga egaligi 
va u chalg’itishga olib kelishligi; 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida hisob siyosati ravshan 
yoritilganligi; 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida taxminlar mos yoritilganligi. 
Sub’ekt rahbariyatining taxminlari eng aniq yoki faraziy ekanligi oydin aniqlanishi 
lozim, agar ular noaniqlikning yuqori darajasiga moil bo’lgan taqdirda, ushbu 
noaniqlik va buning natijasida vujudga kelgan natijalarga sezgirlikni mos ravishda 
yoritish lozim. 
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash sanasi yoritilganligi. Asos 
bo’lgan ma’lumotning jamlanishi vaqtning qandaydir davri mobaynida amalga 


326 
oshirilganiga qaramasdan, ushbu sanaga taxminlar muvofiqligi sub’ekt rahbariyati 
tomonidan tasdiqlanishi lozim; 
- agar istiqbolli moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalar doira shartlarida 
ifodalangan taqdirda, doirada quyi bandlarni aniqlash asosi aniq belgilanganligi va 
doirani tanlab olish adolatsiz yoki chalg’itadigan emasligi; 
- oldingi davr bo’yicha eng oxirgi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan 
keyin hisob siyosatida sodir etilgan har qanday o’zgarishlar ushbu o’zgarishlar 
sababalari bilan yoritilganligi hamda ular istiqbolli moliyaviy ma’lumotga 
ko’rsatgan ta’siri. 
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorning hisoboti 
quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: 
(a) sarlavha; 
(b) oluvchi; 
(v) istiqbolli moliyaviy hisobotni solishtirish; 
(g) istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirishga qo’llaniladigan Auditning 
xalqaro standartlari yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish; 
(d) istiqbolli moliyaviy ma’lumot, ushbu ma’lumot asoslanadigan taxminlar 
shuning jumlasidan, bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ul ekanligi to’g’risida 
ta’kidlanishi; 
(e) istiqbolli moliyaviy hisobotdan foydalanish maqsadiga va/yoki uni 
tarqatishni cheklashga, agar bu maqbul bo’lsa, izohlanish; 
(j) taxminlar istiqbolli moliyaviy hisobot uchun oqilona asos ta’minlashi 
yuzasidan salbiy ishonchning ta’kidlanishi; 
(z) taxminlar asosida istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda 
tayyorlanganligi va u moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha relevant asosga 
muvofiq taqdim etilganligi yuzasidan fikr; 
(i) istiqbolli moliyaviy ma’lumotda qayd etilgan natijalarga erishish 
yuzasidan tegishli ogohlantirishlar; 
(k) muolajalarning yakunlash sanasi bo’ladigan hisobotning sanasi; 
(l) auditorning manzili; 


327 
(m) imzo. 
Auditor istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishi mos 
emas deb hisoblagan taqdirda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish 
bo’yicha hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish yoki salbiy fikr bildirishi yoki, 
o’rinli bo’lsa, kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. Bunga misol tariqasida 
moliyaviy hisobot juda sezgir bo’lishi mumkin har qanday taxminlar oqibatlarini 
mos ravishda yoritmaganligi keltirish mumkin. 
Auditor bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar eng aniq taxminlar asosida 
tayyorlangan istiqbolli moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun oqilona asos 
bermaydi yoki bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar aynan ushbu faraziy 
taxminlarning istiqbolli moliyaviy ma’lumoti uchun oqilona asos bermaydi deb 
hisoblaganda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha hisobotda 
salbiy fikr bildirish yoki kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. 
Ushbu vaziyatlarda kerakli deb hisoblangan bir yoki undan ko’proq 
muolajalarni qo’llashga to’sqinlik qiladigan vaziyatlar tekshirishga ta’sir 
ko’rsatgan taqdirda, auditor kelishuv bajarilishi to’xtatishi yoki fikr bildirishni rad 
etishi va istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorlik hisobotida 
audit ko’lami cheklanganligi bayon etishi lozim. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin