Keywords: stock, valuation, multiples, income approach, cost approach, comparative
approach
.
Kirish
Mamlakatimizda fond bozorini rivojlantirish tobora dolzarblik kasb
etmoqda. Fond bozorini rivojlantirishni aksiyadorlik jamiyatlarining faolligisiz
amalga oshirib boʻlmaydi. Bunda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining qiymatini
baholash orqali investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi. Shu sababli “...
investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar
toʻlash va undirishni takomillashtirish zarur” [1].
Mulkning boshqa har qanday obyekti singari aksiyalarning qiymatini
aniqlash ham ma’lum bir bozorda muayyan vaqtda unga ta’sir etuvchi omillarni
inobatga olgan holda pul qiymatida obyekt qiymatini aniqlash uchun maqsadli va
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
2
tartib bilan amalga oshiriladigan jarayondir. Koʻpgina samarali boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun kompaniya egalari va rahbariyati uning qiymati
toʻg‘risida ma’lumotga ehtiyoj sezadilar. Aksiyalar qiymatini baholash muammosi
bugungi kunda eng muhim masalalardan biridir. Mazkur holatda aksiyalar
qiymatini
baholash
jarayonida
yagona
metodologiyani
yaratishdagi
qiyinchiliklarning mavjudligi, shuningdek, toʻg‘ridan-toʻg‘ri oʻrganish aniqligi va
yetarliligi bilan bog‘liq muammolar vaziyatni og‘irlashtiradi. Shu bilan birgalikda,
aksiyalar bozor qiymatini aniqlashda qoʻllaniladigan koʻpgina yondashuvlar uchun
ma’lumot toʻliq emas va undan foydalanish qiyin. Quyida aksiyalar qiymatini
baholash amaliyotining muhim jihatlariga toʻxtalib oʻtamiz.
Adabiyotlar sharhi
Aksiyalarni baholashning nazariy va amaliy jihatlari xalqaro miqyosda
koʻplab olimlar tomonidan oʻrganilgan. Xususan, Samaneh Sharafoddin va Elmira
Emsia
aksiyalarni baholashda ilmiy va amaliy usullar bilan bir qatorda ba'zi
omillarni ham hisobga olish zarurligini ta’kidlashgan. Ushbu omillarga
quyidagilarni kiritishgan: sanoat sharoitlari, kompaniya mahsulotlariga boʻlgan
talab va taklif, mahalliy va xalqaro bozor sharoitlari, texnologiyalar, kompaniya
hayoti, mahsulot narxlari va raqobatdoshlik holati. Ushbu omillar sifat jihatidan
boʻlishiga qaramay, ularni iqtisodiy modellar yordamida miqdoriy deb tushuntirish
mumkin [2].
Aksiyalarni baholash investorlar uchun qoʻshimcha foyda olishda past
baholangan aksiyalarni tanlash uchun juda muhimdir, biroq aksiyalarni baholash
natijalaridan foydalanish qiyin boʻlishi mumkin, chunki turli xil modellar bir xil
aksiyalar uchun har xil qiymatlarni chiqaradi. Bu shuni koʻrsatadiki, aksiyalarning
qiymati bitta yoʻl bilan emas, balki bir necha yoʻl bilan baholanishi kerak [3].
Aksiyalarni baholash moliyaviy tahlilda eng murakkab vazifalardan biri
hisoblanadi. Aksiya narxiga ta'sir qiluvchi koʻplab omillar mavjud va ularni toʻliq
aniqlash deyarli imkonsiz. Noaniqlikni keltirib chiqaradigan koʻplab omillarga
qarshi kurashishning eng yaxshi usullaridan biri fundamental tahlildir [4].
Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikricha, odatda, tahlilchilar aksiyalarni
baholash uchun diskontlangan usullardan koʻra bozor yondashuvidan koʻproq
foydalanadilar, biroq soʻnggi yillarda tahlilchilar tomonidan ikkalasini ham
qoʻllash holatlari koʻp kuzatilmoqda [5].
Ali Amiri, Hamid Ravanpaknodezh va Akbar Jelodarilarga koʻra,
aksiyalarni baholashda, odatda, ikkita yondashuv qoʻllaniladi. Birinchi
yondashuvga koʻra, kompaniyalar aksiyalarining narxi qarzlarni hisobdan
chiqargandan soʻng uning aktivlari tarkibiy qismlarining (yerlar, binolar, zavodlar
va mashinalar) umumiy narxidan olinadi. Ikkinchi yondashuvda esa
kompaniyalarning noaniq davr mobaynida faoliyat yuritishini hisobga olgan holda
kompaniyaning aksiyalari uning naqd pul tushumining diskontlangan qiymatiga
tengdir, bu esa risk va moliyalashtirish xarajatlari bilan bog'liq [6].
|