Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


IX BO‘LIM. JAMIYATNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə46/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
AJ togrisidgi qonun

IX BO‘LIM. JAMIYATNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK
91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyatning o‘zga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, o‘zining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan ko‘proq foiziga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:
jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri bo‘lsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan bo‘lsa;
bitimning tomonlaridan biri bo‘lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham ko‘proq foiziga ega bo‘lsa;
bitimning tomonlaridan biri bo‘lgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi bo‘lsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.
92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik to‘g‘risidagi axborot
Ushbu Qonunning 91-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar:
yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki o‘zlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega bo‘lsalar, shu yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bo‘lsalar, shu yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bo‘lsa, o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ana shu bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) e’tiboriga yetkazishlari shart.
(92-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin