Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


XI BO‘LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYATGA DOIR AXBOROT



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə54/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
AJ togrisidgi qonun

XI BO‘LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYATGA DOIR AXBOROT
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.
Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va to‘g‘ri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida bo‘ladi.
Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag‘idagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni matbuotda e’lon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.
(105-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qo‘yish
Jamiyat:
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni, jamiyatni tuzish to‘g‘risidagi qarorni, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani;
jamiyatning o‘z balansidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
yillik moliya hisobotini;
aksiyalar emissiyasi ma’lumotnomasini;
buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) majlislarining bayonnomalarini;
jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini;
(106-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;
jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qo‘yishi shart.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin