Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə57/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
AJ togrisidgi qonun

111-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi” (70-son AFMA) (ro‘yxat № 1016, 10.03.2001-y.).
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto‘g‘ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo‘ladi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko‘p bo‘lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
(111-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:
hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlar qay darajada to‘g‘riligiga baho beriladi;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.
(112-moddaning nomi va birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin