Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


XIII BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə58/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
AJ togrisidgi qonun

XIII BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
113-modda. Aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning xo‘jalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Aksiyadorlarning huquqlari:
ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ko‘ngilli birlashmalari;
(114-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
sug‘urta tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tashkilotlari;
(114-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa subyektlari o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
115-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
o‘zini o‘zi himoya qilish;
natura holida ijro etishga hukm qilish:
zararlarni qoplatish;
neustoyka undirish;
ma’naviy zarar uchun tovon undirish;
huquqiy munosabatlarni to‘xtatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
Jamoat birlashmalarini tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va ularning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin