Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/58
tarix20.11.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#166392
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

Taqsimlangan auditoriya modeli
. Bu model turli manzillarda yashovchi 
talabalardan tashkil topgan sinf, guruhga mo‘ljallangan kursning interaktiv 
telekommunikatsion texnologiyalar yordamida tarqatilishiga qaratilgan. Natijada, 
anʻanaviy taʻlim oluvchilar va MT oluvchilarni birlashtiruvchi aralash sinf hosil 
bo‘ladi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:
- mashg‘ulotlar sinxron kommunikatsiyani talab qiladi, yaʻni talaba va 
o‘qituvchilar maʻlum vaqtda, maʻlum joyda bo‘lishlari kerak (masalan, hech 
bo‘lmaganda haftada ikki marotaba);


205 
- ishtirokchilar soni bittadan beshtagacha va undan ko‘pga o‘zgarib turadi, 
ishtirokchilar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha texnik, mantiqiy va maʻrifiy 
murakkablik ortib boradi;
- taʻlim oluvchilarga o‘qish joylarini o‘quv dargohida emas, balki, uyi yoki ish 
joyida tashkil qilish mumkin;
- o‘quv muassasalari yaqin bo‘lmagan hududlarda yashovchi talabalarga xizmat 
qilishga moslashgan;
Mustaqil taʻlim olish modeli
. Bu modelda talabalarga aniq vaqtda, aniq joyda 
bo‘lish masʻuliyati yuklanmaydi. Talabalar kursning batafsil dasturi va mazmunini 
ifodalovchi materiallar to‘plami bilan taʻminlanadilar hamda rahbarlik qiluvchi 
savollariga javob berib, ishni baholovchi o‘qituvchiga murojaat qilish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. Talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot telefon, kompyuter 
konferensiyalari, elektron va oddiy pochtalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu 
modelning ko‘rsatkichlari:
- mashg‘ulotlar auditoriyada olib borilmaydi, fanlar (kurslar) ni talabalar 
dasturdagi batafsil yo‘riqlar asosida mustaqil o‘rganadilar; 
- talabalar o‘qituvchi bilan ayrim belgilangan paytlardagina, boshqa talabalar 
bilan esa istagan hamda belgilangan vaqtda muloqot qiladilar;
- kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki 
videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy 
joyda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;
- kurs materiallari bir necha yillar davomida foydalaniladi. Bu materiallar kurs 
tashkilotchilari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida yaratilgan bo‘ladi va ulardan 
barcha o‘qituvchilar uchun umumiy shaklda foydalanadi.
V. Ochiq taʻlim +Sinf modeli. Bu model kursning bosma matni va boshqa 
vositalari (masalan, videoyozuv yoki kompyuter disklari)ni qo‘llashga qaratilgan. Bu 
esa, talabaga, masofaviy guruh ichidagi talabalar muloqotlari tashkil etilishiga yordam 


206 
beruvchi interaktiv telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda, kursni 
o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:
- kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki 
videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda yakka 
tarzda yoki guruhda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;
- kurs materiallaridan bittadan ortiq semestrda foydalaniladi va har bir o‘qituvchi 
uchun farq qiladi, (masalan, uning video maʻruzasi);
- talabalar va o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun 
to‘planadilar. Bunda interaktiv texnologiyalar qo‘llaniladi (taqsimlangan sinf modeliga 
mos ravishda);
- sinflardagi mashg‘ulotlar, talabalarning asosiy tushunchalarini oydinlashtirish, 
masalalarni yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, guruhda ishlash va boshqa vazifalarni 
bajarishlari uchun, tashkil qilinadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika 
universitetining Termiz shahridagi bo‘linmalari, shuningdek Termiz davlat 
universitetining Denovdagi filiallarini bog‘laydigan, optik aloqa tarmoqlariga 
asoslangan videokonferentsaloqa tizimi ishga tushirildi.
"O‘zbektelekom" AK tomonidan tezkor va sifatli internetga asoslangan 
videokonferensaloqa tizimi uchun zarur dasturiy va tashkiliy taʻminotlar majmui ishlab 
chiqildi. Oltita obʻektni qamrab olgan bu tizim 24 ta maxsus kompyuter, 24 ta veb-
kamera va mikrofonlar va maxsus rusumdagi 48 ta dinamiklar, 48 ta keng formatli 
ekranlardan iborat.Natijada, bu hududda tahsil olayotgan yoshlar poytaxtda, qolaversa 
jahonning boshqa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan peshqadam professor-
o‘qituvchilar, ekspertlardan taʻlim olish imkoniga ega bo‘ldilar.Shuningdek, joriy tizim 
yangi bilim va tajribalarni tezkor yetkazish, boshqa universitetlar bilan ulanish va 
tajriba almashish, taʻlimning iqtisodiy samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonida 
audio-video, animatsiya, grafikalardan keng foydalanish, nazariyani amaliyot bilan 
taqqoslash hamda ixtisosliklar bo‘yicha qisqa kurslarni tashkil qilish imkonini beradi.


207 
Masofaviy taʻlim tizimi orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, tinglovchilar 
uchun masofaviy malaka oshirish imkoniyatini yaratish, taʻlimning turli interaktiv 
shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishga erishish mumkin

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin