ORALIQ, VULVA VA QINNING YIRTILISHI Homilaning tug‘ilish davrida qin, vulva va oraliq anchagina cho‘ziladi. Oraliqning yirtilishi akusherlik patologiyasining ko‘proq uchraydigan turlaridan bo‘lib, tug‘uvchi ayollarning o‘rta hisob bilan 10 % da kuzatiladi. Oraliq yirtilishi quyidagi holatlarda kelib chiqadi: 1) yoshi kattaroq birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda to‘qimalar elastikligining yo‘qolganligi, avvalgi tug‘ruqdan keyin chandiqlar qolganligi, oraliqning baland ekanligi; 2) homila boshining noqulay o‘lcham bilan yorib chiqishi – homila boshi yozilib oldinda yotganda, haddan tashqari katta bo‘lganda; 3) operatsiya qilib tug‘dirish – qisqich solish; 4) tor chanoq, ayniqsa yapaloq raxitik chanoq (boshning tez yorib chiqishi) va infantil chanoq – qov burchagining torligi; 5) tug‘ruqni noto‘g‘ri boshqarish, homila boshining barvaqt yozilishi va tez yorib chiqishi. Homila boshining tobora tazyiq ko‘rsatishi natijasida oraliq gumbazga o‘xshash do‘ppayib chiqadi, ko‘karadi va shishadi. Oraliq terisi keyinchalik oqaradi, yaltiraydi, mayda-mayda yoriladi. Bu o‘zgarishlar oraliqning yirtilishi xavfi borligini ko‘rsatadi. Oraliqning yirtilish xavfi paydo bo‘lganda, oraliq o‘rtasidan qirqiladi – perineotomiya deb aytiladi. Kesilgan jarohatning silliq chetlari choklangach yaxshiroq bitadi. Oraliq yiritilishi 3 darajaga bo‘linadi. Birinchi daraja yirtilish – orqa bitishma (oraliq bilan qin devori o‘rtasidagi kichkina teri parchasi) uziladi, oraliq muskullari shikastlanmaydi (140-rasm). 290 Ikkinchi darajali yirtilish – oraliq terisi qin devori va oraliq muskullari uziladi, to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteri butun qoladi (141-rasm). Uchinchi darajali yirtilish – yuqorida ko‘rsatilgan to‘qimalar va to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteri, ba’zan devori ham yirtiladi (142-rasm). Bu to‘la yirtilish deyiladi. Kamdan kam hollarda chot markazidan yirtiladi. Oraliq to‘qimalarning yirtilishi infeksiya kirish jihatidan xavfli. Oraliq uchinchi darajali yirtilganda gaz va axlat tutib bo‘lmaydi. Oraliq yirtilishning har biri choklanishi lozim.