Homiladorlikning ikkinchi yarmida qon ketishining asosiy sabablari:
Yo’ldoshning past joylashishi;
Normal joylashgan yo’ldoshni barvaqt ko’chishi.
Yo’ldoshning past joylashishi
Yo’ldoshning noto’g’ri birikishida u bachadonning quyi segmentida joylashgan bo’lib, homilaning ko’ndalang yotgan qismiga nisbatan qisman yoki to’liq past joylashadi:
Yo’ldoshning to’liq past joylashuvida qon kelishi ko’pincha to’satdan, og’riqsiz paydo bo’ladi va juda kuchli bo’lishi mumkin. Qon ketishi o’z-o’zidan to’xtashi, ammo biroz vaqt o’tgach u yana qaytalanishi yoki zaifroq ravishda kelishda davom etishi mumkin.
Yo’ldoshning past joylashuvi to’liq bo’lmaganida, qon ketish homiladorlikning eng oxirgi muddatlarida kuzatilishi mumkin (ko’pincha bu tug’ruqning boshida). Qon ketishning shiddatligi past joylashgan qismining hajmiga bog’liq.
Shoshilinch yordam:
Akusherlik statsionariga gospitalizatsiya;
Og’ir qon ketishlarda, gospitalizatsiya plazma o’rnini bosuvchi eritmalarni (jelatinol, laktasol va boshqalar) tomir ichiga yuborish bilan birga olib boriladi.