Akusherlik qon ketishi



Yüklə 79,58 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü79,58 Kb.
#40062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
akusherlik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Jarohat

Menstrual qon kelishi


Menstrual (hayz) siklni boshqaruvchi gormonlar uning vaqti kelganda oz miqdorda qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi ayollarda bunday qon ketish homiladorlik paytida bir necha bor takrorlanadi, odatda hayz ko’rish davrlariga muvofiq ravishda.

Bachadon devoriga birikish


Embrion bachadon devoriga birikkanda biroz qon ketishi kuzatilishi mumkin, odatda bu 1-2 kundan ortiq davom etmaydi.

Jarohat


Qon kelishi jarohat natijasida yuzaga kelishi mumkin: yiqilish, avtohalokat yoki zo’ravonlik.

Ko’p homiladorliklar qon ketishiga qaramay xavfsiz tarzda davom etadi. Statistikaga ko’ra, homiladorlikning boshida qon ketish to’g’risida shifokorga murojaat qilgan ayollarning yarmida homiladorlik muvaffaqqiyatli tarzda yakun topadi.



Agar qon ketish quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga kelgan bo’lsa, homiladorlik davrida davolanish yoki ba’zi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur.

  • Bachadon ta’sirlanishi. Homiladorlik paytida gormonlar bachadon bo’yniga ta’sir qiladi, shunda u yanada himoyasiz bo’ladi. Masalan, jinsiy aloqa yoki surtma olish qonsimon ajralmalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

  • Qin yoki bachadon bo’yni infektsiyasi.

  • Bachadon bo’yni polipi.

  • Mioma tugunlari.

  • Irsiy kasalliklar — masalan, Villebrand kasalligi.

  • «G’oyib bo’lgan» egizak — ko’p homilali homiladorlik paytida bir yoki bir nechta embrionlar rad qilinib, faqat bittasigina bachadonda qoladi. Bu holat tabiiy urug’lantirish vaziyatida ham ro’y berishi mumkin, ammo aksariyat hollarda sun’iy urug’lantirish va bir nechta embrionlarni implantatsiya qilish natijasida uchraydi.

Yüklə 79,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin