Akusherlik qon ketishi



Yüklə 79,58 Kb.
səhifə5/10
tarix02.01.2022
ölçüsü79,58 Kb.
#40062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
akusherlik

Servikal homiladorlik


Ektopik homiladorlikning noyob shakli, unda homila tuxumining rivojlanishi va birikishi bachadon bo’yni kanalida sodir bo’ladi. Servikal homiladorlik paytida qon ketish har doim juda kuchli bo’ladi, chunki bachadonning tomir chigallari tuzilishi buziladi (bachadon arteriyasining pastki qismi, pudendal arteriya). Bachadon bo’yni qalinligi tana sohasidagi bachadon qalinligidan kamroq, shuning uchun qon tomirlar yaxlitligi buzilganda qon ketishini operatsiyasiz to’xtatish imkonsiz sanaladi.

Bachadon bo’yni saratoni


Homilador ayolda bachadon bo’yni saratoni juda kam uchraydi, chunki ko’pincha bu patologiya 40 yoshdan oshgan, anamnezida ko’plab tug’ruq va abortlar bo’lgan, jinsiy hamrohlarni tez-tez o’zgartiradigan ayollarda rivojlanadi.

Bachadon bo’yni saratoni aniqlangan taqdirda, homiladorlikning muddatiga qarab operativ tug’ruq amalga oshiriladi. Kechki muddatlarda tug’ruqdan keyin bachadon ekstirpatsiyasi, erta muddatlarda ayolning roziligi bilan bachadonni olib tashlash amaliyoti o’tkaziladi. Bachadon bo’yni saratonida qon kelishini to’xtatish uchun hech bir konservativ usullardan foydalanilmaydi.



Yüklə 79,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin